Alijonova guljahon ilhomjon qizi


O‘zbek tilining o‘z va o‘zlashgan qatlami


Download 293.1 Kb.
bet14/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

O‘zbek tilining o‘z va o‘zlashgan qatlami

Har qanday tilning eng markaziy, eng qadimiy, eng navqiron va eng ratsional birligi so‘z hisoblanadi. Muayyan bir tildagi mavjud so‘zlarning yig‘indisi shu tilning lug‘at fondini yoki shu tilning leksikasini tashkil etadi. Dunyoda hech bir til yo‘qki, u o‘zi mustaqil, “avtonom” yashasa va rivojlansa, bugungi kunda dunyoda yetti mingga yaqin til mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bir birlari bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Bunday aloqa, birinchi navbatda, tillarning lug‘at fondida, leksikonida ko‘rinadi. Dunyoning qay bir nuqtasida ilm-fan, san’at, texnika va boshqa sohalarda kashfiyot, yangilik sodir bo‘lsa, u shu millat tilida o‘z aksini topadi. Boshqa tillarda shu tushunchaning muqobil varianti topiladi, agar muqobil varianti bo‘lmasa, kashfiyot yaratilgan tildagi variant, so‘z, nom qabul qilinadi. Kashfiyot-yangilikning muqobil varianti bir tilda bo‘lishi mumkin, boshqa tilda bo‘lmasligi mumkin. Muqobil varianti bor tillar o‘z variantini, muqobil varianti yo‘q tillar o‘zga, asl variantni qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Aljabr, Alkuxl(alkogol), makruh, kompyuter, poyezd, velosiped, agronom, fermer, klaster...


Shu asnoga ko‘ra tildagi mavjud so‘zlar ikkiga – o‘z(tub) so‘zlarga va o‘zlashma(olinma) so‘zlarga bo‘linadi.
O‘z so‘zlar

O‘z so‘zlar muayyan millat ijtimoiy kelib chiqish tarixi, ijtimoiy turmush tarzi, ijtimoiy ma’naviy madaniyati, geografik joylashuvi bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar hisoblanadi. Har bir tilda bir bo‘g‘indan yoki bir o‘zakdan tashkil topgan so‘zlar shu tilning tub so‘zlari hisoblanadi. ettirishi ham fikrimizning isboti bo‘la oladi.


Har qanday tilning o‘z qatlam so‘zlari deyilganda, shu tilning qadimiy tovushlari o‘z qatlam so‘zlari tarkibidagi ishtiroki qat’iy ta’minlangan bo‘ladi, bu tovushlarning ishtiroki shu tilning bo‘g‘in tizimi bilan qat’iylashadi. O‘zbek tilining qadimiy tovushlari22 deyilganda, undosh tovushlarningjarangli jarangsizlik belgisi nazarda tutiladi va dialektal(sheva) variantlari bilan isbotlanadi. Bo‘g‘in tizimi unli va unli-undosh munosabati asosiga quriladi. O‘zbek tilining bo‘g‘in tizimi 1) unli(V - vokalizm), 2)undosh(C - konsonant)-unli(V), 3)unli(V)-undosh(C), 4) undosh(C)-unli(V)-undosh(C) tarzda namoyon bo‘ladi.

  1. o–na, o–ta, o–la, a–na, a–ka, u–ka, u–ni (V – CV)

  2. ma–na, sa–na, qa–ni, shu–mi, qa-ra (CV - CV)

  3. ol-ma, ush-la, in-da, o‘z-ga, er-ta (CV - CV)

  4. bor, ber, bur, tur, qoch, ket (CVC)



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling