Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet15/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

O‘zlashgan qatlam

Dunyo tilshunosligi tajribasidan shu hodisa ma’lumki, muayyan bir tilda (rivojlangan tilda, qaloq tilda emas) mavjud so‘zlarning yig‘indisi yuz foiz (100 %)deb olinsa, shu til mansub tub so‘zlarning mansublik darajasi yigirma besh foiz(25%)dan oshmaydi, bu shu tilning qaloqlik darajasini emas, balki rivojlanganlik darajasini ko‘rsatadi.


Davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, ma’naviy va boshqa aloqalar natijasida davlatlar o‘zaro aloqaga kirishar ekan, tillar ham o‘zaro aloqaga kirishadi va natijada tillar bir birlaridan so‘z o‘zlashtira boshlaydi.Tillarning o‘zaro so‘z o‘zlashtirishi ikki xil bo‘ladi. Ikki til o‘zaro teng huquqli bo‘lishi mumkin yoki bir til hukmron, ikkinchi til tobe bo‘lishi mumkin. Masalan, Grek – Rim imperiyasining boshqa davlatlarni bosib olishi natijasida grek va yunon tillari shu davlat tillariga nisbatan hukmron tilga aylandi, Islom davlati arab tilini musulmon mamlakatlar tillariga nisbatan, Forsiylar davlati fors tilini turkiy tillarga nisbatan, Oltin O‘rda xonligi turk tilini rus tiliga nisbatan, Buyuk Britaniya ingliz tilini o‘zi mustamlaka qilgan davlat tillariga nisbatan, Sovet hukumatining rus tilini sobiq SSSRda yashagan millat tillariga nisbatan hukmron tilga - davlat tiliga aylantirgan, natijada davlat tartib qoidalari, rasmiy ish qog‘ozlari davlat tilida – hukmron tilda yuritildi, natijada hukmron til so‘zlari tobe tilga kirib kela boshlaydi. Dastlab, harbiy va rasmiy so‘zlar kirib keladi va rasmiy uslub ishg‘ol qilinadi. Armiya, rota, general, karabin, avtomat, tyurma, nota, prikaz, gimn, konstitutsiya, rasmiy ish qog‘ozlari hukmron tilda yozila boshlanadi, raport, akt, protokol, otchet, spravka, ritual, sovet, keyin ilmiy uslub – gipoteza, teoriya, forma, motiv, oborot, funksiya,affiks... , so‘ngra adabiy uslub, badiiy asarlar hukmron tilda yozila boshlanadi, provard natija og‘zaki-so‘zlashuv uslubi ishg‘ol qilinadi.
Ikki til o‘zaro teng huquqli bo‘ladi, bunda u yoki bu mamlakatda qilingan kashfiyot, yangilik, ixtiro, yangilanish shu mamlakat, millat vakili tilida ataladi, o‘zlashtirayotgan til o‘zida shu so‘zning muqobili bo‘lsa, muqobili bilan qabul qiladi, agar bo‘lmasa, o‘sha millat so‘zini qabul qiladi, poyezd, velosiped, televizor, kompyuter, tuyuter, kompozitor, stakan, banka, svetafor, yoki uchinchi millat tili so‘zini dublet(student (nemischa) – talaba (arabcha), universitet (yunoncha) – dorulfunun (arabcha), respublika (grekcha) – jumhuriyat (arabcha), stonok (ruscha) – dastgoh(forscha), ateist (yunoncha) – dahriy (arabcha). Bir millat so‘zlari ikkinchi millatga o‘tib, ikkinchi millatdan uchinchi millatga o‘zlashtirilishi mumkin. Alkogol (al kuxl - arabcha), algebra (al jabr - arabcha), algoritm kabi arabcha so‘zlar, yanvar, fevral kabi lotincha, oy nomlari yoki boshqa-boshqa ilmiy grekcha, lotincha va yana boshqa til atamalar o‘zbek tiliga ikkinchi til – rus tilidan o‘zlashtirilgan.

Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling