Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet18/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Morfologiya

Morfologiya (grek.morphe – forma, shakl, logos - ta’limot) turli fanlarga oid bo‘lib, fanning o‘rganish ob’yektining strukturasini, tuzilishini o‘rganadi. Botanikada morfologiya o‘simliklarning tuzilishini, zoologiyada morfologiya hayvonlarning tuzilishini, meditsinada va boshqa fanlar tekshirish ob’yektining tuzilishini o‘rgansa, tilshunoslikda morfologiya tilning markaziy birligi bo‘lgan so‘zning grammatik strukturasi, tarkibiy tuzilishini o‘rganadi, so‘z qanday material qurilishga ega(o‘zak, negiz, affikslar, affiksoid, rudiment, fleksiya...) , ular qanday morfologik qonuniyatlarga asoslanganligini tekshiradi23.


Morfologiya so‘zning material qurilishi bilan bog‘liq morfemika, o‘zaklar strukturasi, affikslar strukturasi, so‘z yasalishi va uning tasnifi, so‘zning material strukturasining o‘zgarishi, grammatik va nogrammatik kategoriyalar, so‘z turkumlari va ularning tasnifi kabi masalalarni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Morfologiya o‘rganish ob’yektiga ko‘ra nazariy morfologiyaga va amaliy morfologiyaga bo‘linadi. Nazariy morfologiya barcha til morfologiyalari uchun umumiy bo‘lgan nazariyalarga asoslanadi. Masalan, grammatik kategoriya, kelishik kategoriyasi, son kategoriyasi, zamon kategoriyasi... Barcha tillar umumiy morfologik qonuniyatga bo‘ysinadi. Ish-harakat, voqea-hodisaning nutq so‘zlanib turgan paytga munosabati zamon kategoriyasi hisoblanadi, barcha tillar uchun, lekin har bir tilning umumiy qonuniyatdan chiqmagan o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishi mumkin. O‘zbek tilida oltita kelishik bor, nemis tilida to‘rtta, venger tilida o‘n to‘rtta, yapon tilida o‘nta, Kavkaz tillari oilasiga mansub tillarda ellik-oltmishtagacha qaysi tilda nechta kelishik elementi bo‘lishidan qat’iy nazar ot yoki otlashgan so‘zlarga qo‘shilib ularning boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasini ta’minlovchi vositalar qonuniyatiga bo‘ysinadi.
Amaliy morfologiya nazariy morfologiya qonuniyatlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi muayyan bir tilning morfologiyasi hisoblanadi.O‘zbek tili morfologiyasi ikkiga – o‘zbek tilining nazariy morfologiyasiga amaliy morfologiyasiga bo‘linadi. O‘zbek tilida son kategoriyasi ikkiga – birlik va ko‘plik songa bo‘linadi, birlik sonning ko‘rsatkichi “0” ,“nol” formada, ko‘plik sonning ko‘rsatkichi –lar.
Ba’zi tillarda ko‘plik son uchga – birlik, ikkilik, ko‘plikka bo‘linadi, ba’zi tillarda “mutlaq birlik”, ba’zi tillarda grammatik jins kategoriyasi mavjud, bu hodisalar o‘zbek tili uchun yot, bunday holatlar har bir tilning xususiy morfologik jihatidan kelib chiqib amaliy morfologiyada o‘xshash va farqli tamonlari izohlanadi.
Amaliy morfologiya uchga – tarixiy morfologiyaga, qiyosiy morfologiyaga va hozirgi morfologiyaga bo‘linadi.
Tarixiy morfologiya muayyan bir til morfologik qonuniyatlarining tarixiy taraqqiyotini o‘rganadi. Masalan, o‘zbek tili tarixiy morfologiyasi, ingliz til tarixiy morfologiyasi... O‘zbek tili tarixida kelishiklar soni nechta bo‘lgan, ular qanday nomlangan, tarixda o‘zbek tili son turkumlari qanday bo‘lgan, sakson – sakkiz –o‘n, to‘qson – to‘qqiz o‘n, yigirma – (y)iki(r)ma – (y -lashish)iki (r- rotatsizm)- -ma – o‘n.
Qiyosiy morfologiyada ikki til morfologiyasi qiyoslanadi. Bir oilaga mansub ikki til morfologiyasi, o‘zbek va qirg‘iz tili qiyosiy morfologiyasi, ikki oilaga mansub ikki til qiyosiy morfologiyasi, o‘zbek va ingliz tili qiyosiy morfologiyasi
Nazariy morfologiya amaliydan material oladi, unga nazariya beradi, amaliy morfologiya nazariy morfologiyaga material beradi va undan nazariya, qoida oladi.
O‘zbek tili nazariy morfologiyasi joriydagi o‘zbek amaliy morfologiyasi me’yorlarini asoslab beradi. Masalan, o‘zbek tilida nima uchun “ikkilik”(juftlik) kategoriyasining yo‘q, uning qoldiqlari(rudument) bor, ko‘plikni ifodalovchi “-lar”dan boshqa qoldiqlarning mavjud, so‘z turkumlarining tasniflash prinsiplari, so‘z turkumlarining o‘zaro almashinishi, otlashish, olmoshlashish, ravishlashish, yordamchilashish, olmosh so‘z turkumining mavqei, belgi bildiruvchi sifat, ravishlarning o‘zaro integratsiyasi, yordamchi so‘zlarning o‘zaro integratsiyasi va shu kabi boshqa masalalar



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling