Alijonova guljahon ilhomjon qizi
Yordamchi so‘zlar turkumi
Download 293.1 Kb.
|
TUGALLANGAN MDI
Yordamchi so‘zlar turkumi
Mustaqil so‘zlarga qo‘shilib, ularga turli grammatik-semantik ma’no yuklovchi, o‘zlari mustaqil ma’noga ega emas, mustaqil so‘roqqa javob bo‘la olmaydigan, mustaqil gap bo‘lagi vazifasida kela olmaydigan so‘zlar yordamchi so‘zlar turkumi deyiladi. Yordamchi so‘zlarning material strukturasi grammatik jihatdan o‘zgarmaydi. Ular so‘z yasovchi qo‘shimchalarni olmaydi, so‘z o‘zgartiruvchi, so‘z shakl yasovchi qo‘shimchalarni olishi mumkin, yordamchi so‘zlar asosi o‘zgarmas, yaxlitligicha qoladi. Uchungina, so‘nggina, tufayliligidan, keyinchalik... Biz uchun bu kabi g‘amxo‘rlik qilishini undan kutmagan edik(A.Sog‘uniy, Turk. qayg‘usi) , Dunyoda g‘aribdek yoki bir yo‘lovchidek bo‘lgin! (A.Navoiyning muhridagi yozuv), O‘tgan bir oningni qaytara olmas Na ko‘z yosh, n afsus, va na bahona (A.O.)gaplaridagi uchun, kabi, yoki, na, va so‘zlari alohida holda mustaqil ma’noga ham, mustaqil so‘roqqa ham, mustaqil ravishda gap bo‘lagi vazifasiga ham ega emas, uchun, kabi, so‘zlari o‘zidan oldingi mustaqil so‘zlarga qo‘shilib, ularga ham grammatik, ham semantik ma’no yuklayapti. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar uchga - ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamaga - bo‘linadi : 1) ko‘makchi – ot yoki otlashgan so‘zlarga qo‘shilib ularning boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasini ta’minlaydi, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol (uslubiy xoslanib yurish – otdan, otdan yurish – ega, kesim)vazifasida o‘zi qo‘shilgan so‘zda grammatik ma’no ifodalaydi va atalganlik, maqsad, sabab, vosita, o‘xshatish, chog‘ishtirish, yo‘nalish, to‘siqsizlik kabi ma’nolarni yuklaydi; sayin, singari, qadar, tomon,uchun, so‘ng, kabi, qaraganda, bo‘ylab... 2) bog‘lovchilar sodda gap tarkibidagi bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarni, ajratilgan bo‘laklarni, uyushiq bo‘laklarni, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni sintaktik-semantik teng va tobe , matn tarkibidagi gap yoki murakkablashagan gaplarni assotsiativ bog‘lash uchun xizmat qiladi. Bog‘lovchilar gapda biror bir sintaktik vazifani bajarmaydi, gapning tarkibiy qismlarini o‘zaro sintaktik-semantik jihatdan tenglaydi, tobelantiradi, logik-semantik belgisiga ko‘ra umumlashtiradi. Va, lekin, chunki, go‘yo, agar, holbuki, vaholanki... Download 293.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling