Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet25/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Mustaqil so‘zlar turkumi
Mustaqil so‘zlar deganda, bizni qurshab turgan olamning o‘z ongimizda bevosita in’ikos etishi tushuniladi. Lola so‘zini eshitishimiz bilan o‘simlik, gul, qovun so‘zini eshitishimiz bilan poliz ekini, qaldirg‘och so‘zini eshitishiiz bilan qush, zangori so‘zini eshitishimiz bilan rang, yetti so‘zini eshitishimish bilan son, miqdor, U so‘zini eshitishimiz bilan men va sendan boshqa shaxs, yugurmoq so‘zini eshitishimiz bilan fizik harakat, uxlamoq so‘zini eshitishimiz bilan tabiiy holat, o‘ylamoq so‘zini eshitishimiz bilan aqliy faoliyat, o‘smoq so‘zii eshitishimiz bilan biologik jarayon, ertalab so‘zini eshitishimiz bilan payt haqidagi tushunchalar ongimizda to‘g‘ridan to‘g‘ri in’ikos etadi, chunki bunday so‘zlarning asliy va mustaqil ma’nosi bo‘lib, grammatik xoslanish va funksiyalanish xususiyatiga ega bo‘ladi26.
Mustaqil ma’nosi bor, mustaqil so‘roqqa javob bo‘ladigan, gapda biror gap bo‘lagi vazifasida keladigan so‘zlar mustaqil so‘zlar turkumi deyiladi.
Bahorda qaldirg‘ochlar keladi, qaldirg‘ochlarni ko‘rishimiz bilan qalbimizda bahoriy kayfiyat uyg‘onadi gapida bilan so‘zidan boshqa barcha so‘zlarning mustaqil ma’nosi bor, mustaqil so‘roqqa (nima? qachon? qanday? kabi ) javob bo‘ladi va, albatta, gapda biror sintaktik vazifani (ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol) bajaryapti.
O‘zbek tilida mustaqil so‘zlar turkumi oltita: 1) ot – narsa – buyum, voqea – hodisa, odam – hayvon, yer – osmon jismlari, o‘rin – makon kabi tushunchalarni ifodalab, kim?, nima?, qayer? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘lib, asosan, ega va gapning barcha gap bo‘lagi vazifalarida kela oladi; 2) sifat – ot yoki otlashgan so‘zlarning belgi, xossa, xususiyati haqidagi tushunchani ifodalab, qanday?, qanaqa?, qaysi? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘lib, asosan, aniqlovchi, otlashganda gapning barcha gap bo‘lagi vazifalarida kela oladi; 3) son – ot yoki otlashgan so‘zlarning sonini, miqdorini, adadini bildirib, nechta?, qancha?, nechanchi? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘lib, gapda, asosan, aniqlochi, otlashganda gapning barcha gap bo‘lagi vazifasida kela oladi. 4) olmosh – barcha so‘z turkumlari o‘rniga almasha oladi(fe’l va ravishlar otlashganda ularning o‘rniga ham), ularning so‘rog‘iga javob bo‘ladi va ular bajargan barcha sintaktik vazifalarni bajara oladi; 5) fe’l – harakat – holat, biologik jarayon, aqliy va ruhiy faoliyat bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalab, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘lib, gapda, asosan, kesim va gapning barcha gap bo‘lagi vazifalarida kela oladi.

  1. ravish – fe’l ifodalagan barcha tushunchalarning belgi xususiyatlarini ifodalab, qachon?, qaysi, qanday?, qayerda?, qancha? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘lib, gapda, asosan, hol va otlashganda ot bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi.




Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling