Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet24/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Ot so’z turkumi deyilganda, inson tasavvuridagi olam, tabiat, osmon jismlari – Koinot, Quyosh sistemasi, Mars planetasi, Samon yo‘li, Yulduz turkumlari, suv osti, suv usti, yer osti, yer ustidagi nabotot va hayvonot olami, kimyoviy unsurlar davriy sistemasidagi moddalarning nomlari, insoniyatning tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy olamida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning nomlari – otlari tushuniladi. YEr, osmon, o‘rmon, suv, baliq, oltin, yomg‘ir, bo‘ron, kitob, to‘y, bayram...
Fe’l turkumi deyilganda, bizni qurshab turgan olamda sodir bo‘layotgan voqea – hodisalar – yomg‘irning yog‘ishi, mamoqaldiroqning gumburlashi, quyoshning nur sochishi, gulning ochilishi, daraxlarning o‘sishi, inson va jonzotlar bilan bog‘liq harakatlar, o‘qimoq, yugurmoq, o‘ylanmoq, sevmoq, qo‘rqmoq, sakramoq, so‘zmoq,tishlamoq kabi harakat – holat nomlari(fe’llar) tushuniladi.
Ot turkumi a’zolarining barchasi o‘zaro bir biri bilan bir xil, birdek teng emas, ular o‘zaro bir birlaridan muayyan belgilari, sifatlari bilan farq qiladi, ikkita kitobning biri ikkinchisidan katta-kichikligi bilan, qizil-ko‘kligi bilan, rasmli-rasmsizligi bilan, ya’ni, sifati bilan farqlanadi, ot turkumidan sifat guruhi ajrab chiqadi, ikkita narsa (predmet, jonli-jonsiz, voqea-hodisa...) o‘zaro bir biridan soni, miqdori bilan farqlanadi, tokchadagi kitob beshta, javondagi kitob o‘ttizta, ot turkumidan son guruhi ajrab chiqadi, moddiy asosga ega bo‘lmay, ot (sifat va son otlashganda) larning o‘rnida vaqtinchalik, muvaqqat olmashinib kelishi mumkin bo‘lgan so‘zlar – olmoshlar ajrab chiqadi. Anvar – u, kitob – bu, Abdulla – men, Anvar va Abdulla – biz, maktab – mana, ro‘mollilar – ana, to‘qqizinchilar – o‘shalar...
Fe’l turkumi harakat – holatni ifodalash uchun xizmat qiladigan so‘z turkumi hisoblanadi. Fel so‘z turkumi a’zolarining barchasi o‘zaro bir iri bilan bir xil, birdek teng emas, ular o‘zaro bir birlaridan muayyan belgilari, tarzlari bilan farq qiladi. Bir harakat ikkinchi harakatdan bajarilish yoki bajarilmaslik tarzi( ravishi)ning qandayligi bilan farq qiladi, ya’ni, qanday ravishda bajariladi, yoki qanday ravishda bajarilmaydi, fe’l turkumidan ravish guruhi ajralib chiqadi. O‘qimoq – tez o‘qimoq, sekin o‘qimoq, gapirmoq – o‘zbekcha gapirmoq, inglizcha gapirmoq, qisqa gapirmoq, uzoq gapirmoq, to‘satdan gapirmoq...
Mustaqil so‘z turkumlari ichida ot va fe’l so‘z turkumi birinchi darajali mustaqil so‘z turkumi hisoblanadi, birinchi darajali mustaqil so‘z turkumi bo‘lishi uchun mazkur so‘zning mustaqil ma’nosi, boshqa so‘zlardan farqlab turadigan ma’nosi va moddiy asosi bo‘lishi kerak, maktab so‘zining mustaqil ma’nosi ta’lim muassasasi ekanligi, tadbirkorlikidorasi emas, moddiy asosi uning bino ekanligi, dala yoki xovuz emasligi, yugurmoq so‘zining mustaqil ma’nosi fizik harakat ekanligi va moddiy asosi biron sub’yekt (inson, hayvon) tomonidan bajarilishini ifodalaydi.
Sifat, son, ravish mustaqil so‘z turkumlari mustaqil so‘z turkumlari ichida ikkinchi darajali so‘z turkumlari hisoblanadi, sifat, son, ravish mustaqil so‘z turkumi hisoblansa-da, o‘zlari mustaqil, alohida holda ma’no ifodalay olmaydi, ot yoki fe’l bilan birga, ot yoki fe’lning bir ma’nosini ifodalaydi. Qizil ko‘ylak, ko‘ylakdan qizilni ajratib bo‘lmaydi, shirin choy, choydan shirinni ajratish mumkin emas, shirin choyning tarkibida turadi, shirin so‘zi achchiq emasligi bilan mustaqil so‘z, alohida holda nimaning shirin ekanligini ko‘rsatib bera olmaydi, shuning uchun ikkinchi darajali mustaqil so‘z hisoblanadi. Beshta kitob, mana kitob, mana besh deb ajratish mumkin emas, tez gapirdi – gapirishi mana, tezligi bu deb ajratib bo‘lmaydi.
Olmosh so‘z turkumi uchinchi darajali mustaqil so‘z turkumi hisoblanadi. Sifat, son, so‘z turkumlari otga nisbatan uning sifatini, otdan otni farqlovchi belgisini, yoki otning otdan farqli belgisi, miqdorini, ravish harakat-holatning belgisini(tez – sekin, o‘zbekcha – inglizcha, ataylab – tasodifan) farqlab ko‘rsatadi.
Men so‘zi birinchi shaxs birlikni atoqli ot Anvarga ishora qiladi, men so‘zining moddiy asosi yo‘q, sen so‘zi ikkinchi shaxs birlikni atoqli ot Ra’noga ishora qiladi, u uchinchi shaxs birlikni atoqli ot Solih mahdumga ishora qiladi. Stol so‘zini eshitishimiz bilan to‘rtta oyoqchani birlashtirgan, bir yuzadan iborat, moddiy asosli predmet tushuniladi, men, sen, biz, bu, mana, kim, o‘zi kabi so‘zlar mustaqil holda moddiy asosga ega emas.
Ot va fe’l so‘z turkumlari mustaqil ma’no ifodalaydi, sifat, son, ravish so‘z turkumlari nisbiy mustaqil ma’no ifodalaydi, narsa-harakatning belgisini ko‘rsatadi, olmosh so‘z turkumi mustaqil ma’no ifodalamaydi, mustaqil ma’noga ishora qiladi..
Tildagi mavjud so‘zlar muayyan belgilari bilan ma’lum guruh va turkumlarga ajratiladi. Tildagi so‘zning birlamchi ma’nosi uning leksik-semantik ma’nosidir, ikkilamchi ma’nosi grammatik-sintaktik ma’nosi, uchlamchi ma’nosi pragmatik-funksional ma’nosi hisoblanadi. Tildagi so‘zlar quyidagi belgilariga asosan so‘z turkumlariga ajratiladi.
1.Semantik belgisiga ko‘ra.(Leksik ma’noga ega)
2.Morfologik belgisiga ko‘ra.(Grammatik kategoriya belgisini oladi)
3.Sintaktik belgisiga ko‘ra.(Gapda biror gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.)
4.Yasalish-yasalmaslik belgisiga ko‘ra.(Yangi so‘z yasaladi,yangi so‘z yasalmaydi.)
Semantik belgisiga ko‘ra kitob so‘zini eshitishimiz bilan ongimizda o‘quv quroli, qandaydir kitob haqidagi mavhum tushuncha uyg‘onadi(daryo, tosh, osmon, qizil, sariq, yigirma, siz emasligi), bu kitob so‘zining semantik belgisi hisoblanadi, morfologik belgisiga ko‘ra K itob so‘zi ot so‘z turkumiga oid ekanligi, sodda, tub, konkret(qo‘shma, yasama, abstrakt emasligi) ot ekanligi, birlik sonda, bosh kelishikda ekanligi, ya’ni, otning grammatik kategoriya elementlarini - kelishik, egalik, son qo‘shimchalarini olishi, kitob so‘zining morfologik belgisi hisoblanadi, sintaktik belgisiga ko‘ra K I T O B so‘zi qanday so‘z birikmasi(kitob o‘qidi, qiziqarli kitob, bilim manbai – kitob ) turlarini hosil qiladi, qanday gap bo‘lagi(ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi) vazifalarida kela olishi kitob so‘ziningmorfologik belgisi hisoblanadi, yasalish-yasalmaslik belgisiga ko‘ra K I T O B so‘zidan qanday so‘zlar hosil bo‘lishi (kitobxon, kitobsevar, kitobfurush, kitobdor) kitob so‘zining yasalish-yasalmaslik belgisi hisoblanadi.
Yuqoridagi belgilar asosida so‘z turkumlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Mustqil so‘zlar turkumi.

  2. Yordamchi so‘zlar turkumi.

  3. Modal so‘zlar turkumi.

  4. Undov so‘zlar turkumi.

  5. Taqlid so‘zlar turkumi.




Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling