Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet32/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Asliy va nisbiy sifatlar

Ob’yektiv borliqdagi mavjud, nomavjud narsa, voqea-hodisalar asliy va nisbiy jihatlarning dialetik birligidan iborat bo‘ladi. Asliy jihatlar o‘zgarmas, abadiy jihatlar, nisbiy jihatlar o‘zgaruvchan, muvaqqat jihatlar sanaladi. Masalan, insonning asliy jihatlari deyilganda, uning tana tuzilishi – ikki qo‘l, ikki oyoq, ikki quloq, ikki ko‘z..., ongli, aqlli, “eng sharafli mavjudot”, uning bo‘yi(balog‘atda), ko‘zining rangi, tanasining rangi, barmog‘ining izi, ko‘zning shakli va boshqalar tushuniladi, nisbiy jihatlar deyilganda, uning kayfiyati, salomatligi, sochining rangi, to‘kilishi, vazni kabi jihatlar tushuniladi. Bo‘riga xos vahshiylik, quyonga xos qo‘rqoqlik, qo‘yga xos yuvoshlik, ilonga xos zahar solish, chayonga xos chaqish asliy(zotiy) sifatlardir.


Asliy sifatlar deyilganda, narsa-buyumning asliy jihatlarini ifodalaydi. Ko‘k, qora, qalin, suyuq, qattiq...(Ko‘k ko‘z, qora tanli, bodom qavoq, qirra burun, uzun barmoq...)
Asliy sifatlar rang-tus, xususiyat-xossa, maza-ta’m, hid, hajm-o‘lchov, shakl-ko‘rinish kabi belgilarni ifodalaydi29.
Asliy sifatlar belgini darajalab ko‘rsatadi. Go‘zal, juda go‘zal, eng go‘zal, nihoyatda go‘zal, go‘zalroq...
Nisbiy sifatlar aslan sifat emas, belgini bevosita ifodalay olmaydigan, muayyan so‘z turkumlaridan(aksariyat ot) maxsus sifat yasovchi affiks va affiksoidlar yordamida yasaladi. Darveshnoma, darveshsimon, tuxumsimon, ko‘rpalik(mato), farg‘onalik (o‘quvchi), beshta bolalik(yigitcha), ming qo‘ylik(boy), tomdagi (gul), yerdagi (yulduz), tarixiy (voqea), oilaviy (tadbir), sirtqi (o‘qish), g‘oyaviy(qarash)...
Nisbiy sifatlar belgini darajalab ko‘rsata olmaydi. Juda farg‘onalik, eng farg‘onalik, farg‘onalikroq...


FE’L


Harakat va holatning umumiy ma’nosini ifodalovchi so‘zlar fe’l deyiladi. Fe’llar nima qilyapti?, nima qilmoqchi?, nima qildi? kabi savollardan biriga javob bo‘adi.
Fanda harakat va holat tushunchasi juda keng tushuncha hisoblanadi, shuning uchun fanning barcha sohalarida harakat va holat tushunchasi o‘zlarining talab va ehtiyoj lozimligi darajalarida o‘rganiladi, tilda harakat va holat tushunchasi leksik- grammatik va semantik jihatdan o‘rganiladi.
Harakat va holatni ifodalovchi fe’llar harakat-holatning bajaruvchisiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) harakat va holatning bajaruvchisi inson; 2) harakat va holatning bajaruvchisi hayvon va o‘simlik; 3)harakat va holatning bajaruvchisi tabiat va koinot.
Harakat va holatnin bajaruvchisi inson bo‘lgan fe’llar yugurmoq, ko‘tarmoq, chopmoq, pachaqlamoq kabi fizik, (aktiv), o‘ylanmoq, rejalamoq, chizmoq, o‘qimoq kabi aqliy(intelektal), o‘smoq, rivojlanmoq, so‘lmoq, kasallanmoq kabi tabiiy, uxlamoq, xolsizlanmoq, cho‘zilmoq, xushidan ketmoq kabi biologik jarayon va boshqa-boshqa harakat va holat ma’nosini ifodalovchi sub’yektiv turlarga bo‘linadi.
Harakat va holatning bajaruvchisi hayvon va o‘simlik bo‘lgan fe’llar sub’yektiv fe’llarga va ob’yektiv fe’llarga bo‘linadi: 1) sub’yektiv fe’llar, muayyan hayvon yoki o‘simlikka xos fe’llar, xo‘rozga xos xususiyat chaqirmoq, chayanga xos xususiyat chaqmoq, itga xos xususiyat tishlamoq, ilonga xos xususiyat zahar solmoq, sigirga xos xususiyat sut bermoq, buzoqqa xos xususiyat o‘ynoqlamoq, uruqqa xos xususiyat unmoq, gulga xos xususiyat ochilmoq, rayhonga xos xususiyat hid taratmoq... 2) ob’yektiv(amaliy)fe’llar, biologik xossa emas , ijtimoiy-amaliy fe’llar sanaladi. Sigir sut berishidan tashqari o‘tlaydi, suv ichadi, yuguradi, egasiga foyda keltiradi, bola katta qiladi va h.k.
Harakat va holatningbajaruvchisi tabiat- koinot fe’llarida tabiat yoki koinot hodisalari bilan bog‘liq harakat-holatlar tushuniladi. Mamaguldurak gulduradi, shamol esdi, qor yog‘di, yomg‘ir tindi, yulduz uchdi, quyosh chiqdi, tong otdi, kech kirdi, bahor keldi, qish tugadi...
O‘zbek tilida fe’llar grammatik-semantik xususiyatlarig ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’lar.
Mustaqil fe’llar anglashiladigan harakat-holatning asosiy ma’nosini ifodalaydi. Yozmoq fe’li sof yozish harakatini ifodalaydi, yoza boshladi, yozib chiqdi, yozib turdi , uxlamoq sof holat, uxlay boshladi, uxlay berdi, uxlab turdi...
Mustaqil fe’llar fe’lning barcha grammatik (zamon, nisbat, mayl, shaxs-son, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, o‘timli-o‘timsizlik) va nogrammatik(fe’lning funksional shakllari – harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh ) kategoriya qonunlariga bo‘yinsunadi.
Mustaqil fe’llar so‘zlarni boshqarib keladi, hokim(bosh) so‘z bo‘lib keladi. Vazifani bajarmoq, gapni aytmoq, maktabni tamomlamoq...
Yordamchi fe’llar harakat-holatni ifodalovchi mustaqil(o‘z) ma’noga ega bo‘lmaydi. (Uxlab) qoldi, (yozib) bo‘ldi, (tasdiq) etdi...
Yordamchi fe’llar yangi so‘z hosil qilish uchun xizat qiladi, gapda bog‘lama vazifasida keadi. Ota bo‘ldi, turmush qildi, uy soldi...
Yordamchi fe’llarga edi,ekan, emish kabi to‘liqsiz fe’llar qo‘shiladi. Tarbiya ko‘rgan edi(ekan, emish)
Yordamchi fe’llar birikmali bo‘lishi mumkin. Yozib berib tura qol, olib berib qo‘ya qol, aytib berib tura qol...
Yordamchi fe’llar mustaqil fe’llarga grammatik vositalarsiz, juftlashib birikishi mumkin. Aytdi-qo‘ydi, ketdi-qo‘ydi, soldi-qo‘ydi...
O‘zbek tilida yordamchi fe’lar o‘ttizga yaqin sanaladi: yet, boshla, yubor, yoz, boq, sol, o‘l, tush, o‘t, qara, yet, ko‘r, ket, kel, chiq, kir, bor, qo‘y, yot, tur, yur, o‘tir, bit(ir), ber, ol, qol, bo‘l...
Fe’lning grammatik kategoriyalari

Fe’lning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri boshqa so‘z turkumlariga qaraganda grammatik kategoriyalarga boyligidir. Fe’lning grammatik kategoriyalari quyidagilardan iborat: 1) zamon; 2) nisbat(daraja); 3)bo‘lishli – bo‘lishsizlik; 4) shaxs-son; 5) mayl.





Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling