Alijonova guljahon ilhomjon qizi
Download 293.1 Kb.
|
TUGALLANGAN MDI
Son kategoriyasi
Son kategoriyasi ikkita tushunchani – birlik va ko‘plik tushunchasini ifodalaydi. Tilda son kategoriyasi ikkiga – logik (mantiqiy) son kategoriyasiga va grammatik son kategoriyasiga bo‘linadi. Logik son kategoriyasi ham, hech shubhasiz, ikkita – birlik(“yakkalik”) va ko‘plik(“birdan ortiqlik”) ma’nosini ifodalaydi. Logik birlik son tabiatan(mantiqan) bitta, yakka, birdan ortiq bo‘lmaydi, yoki bo‘lishi mumkin emas. Osmon, yer, quyosh, oy, ota, ona... Logik ko‘plik bitta emas, “birdan ortiqlik” tushunchasini ifodalaydi, mantiqiy ko‘plik birdan ortiq teng qimmatli elementlarning birikuvidan hosil bo‘ladi. Logik ko‘plik grammatik sonda birlikda turadi, -lar qo‘shimchasiz mantiqiy ko‘plikni ifodalaydi. Xalq, armiya, qo‘shin, mahalla, lashkar, sinf, kabi so‘zlar teng qimmatli birliklarning birikuvidan hosil bo‘lgan: xalq – fuqarolardan, armiya – askarlardan, mahalla – oilalardan, sinf – o‘quvchilardan va boshq. Mantiqiy ko‘plikni ifodalovchilar ikkiga – to‘p, to‘da, uyushmani ifodalovchlarga va tur, turkumni ifodalovchilarga bo‘linadi. Xalq, partiya, armiya, ittifoq, guruh – to‘p-to‘dani bildiradi, Un, guruch, suv, yog‘, don, qum, ohak – tur-turkumni bildiradi. Mantiqiy birlik grammatik son qo‘shimchasi –larni semantik-grammatik jihatdan talab qilmaydi, agar nutqiy vaziyat taqazosi bilan –lar qo‘shimchasini olsa, grammatik son tushunchasini emas, uslubiy-funksional ma’nolarni – kichraytirish, hurmat, xoslik, mintalitet, e’tiqod –kabi ma’nolarni ifodalaydi. -lar - ifodalovchi ko‘plik - ifodalanuvchi Atoqli otlar mantiqiy va funksional yakkalikni talab qiladi. Mars, Venera, Anvar, Ra’no, Toshkent, Buxoro, “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, “O‘tgan kunlar” Andijon Davlat unversiteti, Samsung televizori kabi atoqli otlarga -lar ko‘plik qo‘shmchasi qo‘shilganda, ko‘plik ma’nosini emas, otlarning uslubiy-funksional ma’nolarini – hurmat(Anvarlar keldi), kinoya-kesatiq(Anvarjonning dadalarining o‘zlarimi?),maqtanish(bizlar),kamsitish(bular) va boshqalar... Mantiqan birlikni ifodalovchi Vatan (Vatanlarim), ota(otalarim), xalq(xalqlarim), din(dinlarim) kabi so‘zlarga -lar ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilmaydi. Sifat Inson, hayvon, jonli-jonsiz narsa-predmet, voqea-hodisalarning belgisini (sifatini) bildiruvchi so‘zlar sifat deyiladi. Qora, ko‘k, oq, achchiq, shirin, sovuq, issiq (choy), aqlli, bilimli, epchil, tirishqoq, mehnatsevar (qiz), yuvosh, suzog‘ich, yotoq (qo‘y), bahorgi, yozgi, kuzgi yomg‘ir va boshqalar. Sifatlar qanday?, qanaqa?, qaysi?, nechanchi? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘lib, gapda , aksariyat, aniqlovchi vazifasida keladi. Sifatlar otlashganda ot bajargan barcha sintaktik vazifalarni bajaradi. Sifat ma’no va funksional jihatdan ravish so‘z turkumiga o‘xshaydi. Sifat jonli va jonsiz narsalarning belgisini bildiradi, ravish harakat va holatning belgisini bildiradi. Sifat o‘zining kuchli pozitsiyasida ravish bilan neytrallashmaydi, o‘z navbatida, ravish ham kuchli pozitsiyada sifat bilan neytrallashmaydi. Yaxshi gap – yaxshi sifat, aniqlovchi, sifatning kuchli pozitsiyasi, gap (ot)ning belgisini bildiryapti, yaxshi gapirdi – yaxshi ravish, hol, sifatning kuchsiz pozitsiyasi. Sifat otga bog‘lanib, otning belgisini bildirsa, ot hokim(bosh), sifat tobe(ergash) so‘z bo‘lsa, sifat kuchli pozitsiyada turadi, o‘z o‘rnin ravishga bermaydi. Yangi ko‘ylak, sifat kuchli pozitsiyada, ko‘ylak eski emas, eskirmagan, buyumlik belgisi, sifati ustivor, yangi sut, sifat kuchsiz pozitsiyada, sutning sog‘ilish payti yoki keltirilish payti, payt(vaqt) ma’nosi ustivor, ravish. Yolg‘on gap – yolg‘on gapirdi. Download 293.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling