Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet39/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Taqlid so‘zlar

Inson, hayvon, paranda, narsa-predmetlarnig turli harakat-holatidan chiqayotgan tovushlarga taqlid taqlid so‘zlar deyiladi. Bular taq, qasr, paq, turs, taqir, shaqir, qusur, gumbur-gumbur, chiy-chiy va boshqalar. Taqlid so‘zlar fonetik birliklarga asslanadi, til birligi hisoblanadi, til birliklari millat tomonidan qabul qilinadi va shu millat ongida shakllanadi. Bir millat tilining taqlid so‘zlari boshqa millat tilida boshqacharoq qabul qilingan bo‘lishi tabiiy. Masalan, o‘zbek tilidagi taq-taq taqlid tovushi boshqa tilda tuk-tuktarzida, o‘zbek itining hov-hovi boshqa tilda gov-gov, xo‘rozning qu-qu-quusi boshqa tilda ku-ku-ri-ku tarzda qabul qilinishi muayyan bir tilning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqadi, stolning taqqillashini (taq-taq) rus millati vakili tukkilash (tuk-tuk) tarzida eshitadi, chunki rus millati vakillari ongida “Q” fonemasining “psixik izi” shakllanmagan. Shuning uchun rus millatining xo‘rozini o‘zbek “qu-qu-quu” deb eshitganday, o‘zbek millatining xo‘rozini rus “ku-ku-ri-ku” deb eshitadi.


Taqlid so‘zlar tovushga (ovozga) taqlid so‘zlarga va obrazga (shu’laga) taqlid so‘zlarga bo‘linadi.
Tovushga taqlid so‘zlar: taq, qasr, paq, turs, taqir, shaqir, qusur, gumbur-gumbur, chiy-chiy...
Obrazga taqlid so‘zlar: yalt, yult, yaltir, yarq,milt-milt, jimir-jimir, lip-lip...
Taqlidiy so‘zlar qo‘llanishiga ko‘ra yakka taqlidiy so‘zlarga va juft taqlidiy so‘zlarga bo‘linadi.
Taqlidiy so‘zlar otlashganda mustaqil so‘z turkumlari bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi.32
R.Sayfullayeva o’z ilmiy qarashlarida taqlid so’zlarni mustaqil so’’z deb talqin qiladi va uni bir necha ilmiy asoslar bilan sanab o’tadi.
1.Turkiy tillarda taqlid miqdoran ko’p va ma’no jihatidan rang barang.
2. Ulardagi tovushkar tizmasi ma’lum obyektiv vodelikdan xabar berib turadi.
3. Taqlid gap tarkibida ma’lum bir sintaktik pozitsiya egallaydi.
Taqlid so’z o’zbek tilining muhim ifoda vositasi. Ularning ifoda tomoni mazmun tomoni bilan tabiiy bog’lanishga ega.

Izomorfizm (lotincha izo a, - o‘xshash, morfo-shakl) tilning turli sathlari birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlikni bildiradi. Ushbu atama ilk bor Ye.Kurilovich tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning fikricha, tovush komplekslari (masalan, bo‘g‘in) va semantik komplekslar (masalan, gap) funksional, vazifaviy munosabatlaridan qat‘iy nazar, chuqur struktur parallelizmga ega. Aynan shu holat, ya‘ni ular o‘rtasidagi o‘xshashlik izomorfizm deb nomlanadi.


Tilshunoslik tarixida tilning fonologik, morvemik, leksik, grammatik sath birliklari ko‘p hollarda avtonom holda, ularning aloqadorligi va o‘xshash nuqtalarining mavjudligi, ya‘ni izomorflik e‘tiborga olinmagan holda o‘rganildi.
Sistemaviy tilshunoslikning maydonga kelishi, uning tilni o‘rganishda aniq metodlarga tayanishga intilishi til sathlari o‘rtasidagi izomorfizmga jiddiy e‘tibor qaratilishiga sababchi bo‘ldi. Izomorfizm tilning turli xil sathlararo munosabatlarda kuzatiladi. Jumladan, bo‘g‘in va gap o‘rtasidagi izomorfizm quyidagilarda ko‘rinadi:
- bo‘g‘in asosida unli tursa, gap asosida fe‘l turadi;
- bo‘g‘inning markaziy birligi unli bo‘lib, u undoshlar bilan kengayishi mumkin, gapning markaziy birligi fe‘l kesim ham unga tobe so‘zlar bilan kengayishi mumkin bo‘lgan kengaytiruvchi bo‘lakdir;
- bo‘g‘in ayrim holatlarda unlisiz hosil bo‘lishi mumkin, fe‘l qatnashmagan gaplar ham mavjud va ular chegara holatlar sanaladi.
Sathlararo izomorfizmni aniqlash yuqori sath birliklarini o‘rganishda quyi sathlarda qo‘llanilgan tekshirish metodlarini qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bu quyi
bosqichda qo‘llanilgan sodda metodlar yordamida murakkab birliklarni ham o‘rganishga rdam beradi. Shuningdek, hozirgi kunda bir-biri bilan aralashtirib yuborilayotgan transformatsiya va derivatsiya hodisalarini tekshirishda morfologik o‘zgarish bilan sintaktik o‘zgarish o‘rtasidagi hamda leksik yasalish bilan sintaktik yasalish o‘rtasidagi izomorflikka tayanish lingvistik birliklar o‘zgarishi (transformatsiyasi) va yasalishi (derivatsiyasi) o‘rtasidagi o‘xshash va farqli belgilarni yoritishda muhim ahamiyatga ega.

II.bob bo’yicha xulosa


Tilning sathlarga ajaratishning pog’onaviylik tamoyili tilshunos olimlar tomonidan ko’plab muzokaralarga sabab bo’lgan. Eng kichik boshqa mayda bo’lakka ajramaydigan fonema yoki tovush tilshunoslikning eng quyi sathida joylashgan. Fonetik sathninfg birligi bo’lgan tovush yoki fonema yuqori sathalar uchun poydevor vazifasini bajaradi.


Til sathlaridagi birliklar bir – biriga zanjir lo’rinishda bog’langan. Ular bir birni to’ldirib va bir birini taqazo qiladi.
Ziddiyatning ifodalanishi bu til sathlaridagi birliklarni o’zaro hosil bo’lishi, joylashinishi, o’xshash va farqli jihatlari bilan farqlanishini ko’rib chiqildi.
Ular o’rtasida ziddiyatning ifodalanishi fonetik sath birligi fonemalarning ichki bo’linishidan ya’ni unli va undoshalrdan.
So’z va qo’shimchalarning ma’no jihatida ham ziddiyatli tomonlarini, so’z turkumlari va ular ham o’z navbatida qarama-qarshi jihatlari borligini ko’rib chiqdim.
Qo’shimchalar ham o’z navabtida zid ma’noli tomonlari ham borliginni o’rgandim. Mustaqil so’z turkumlarining ichida ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh so’z turkumlari ichidan har bittasini alohida guruhlarga bo’lib, ular ham o’z navatida boshqa kichik guruhga bo’lganimda albatta, ijobiy va salbiy tomoni aniq ko’rindi.
Yordamchi so’zlar undov, taqlid, modol so’zlar ham zid ma’no tomonlariga e’tirborimni qaratdim.
Bir so’z bilan aytilganda inson o’zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida uning ong osti sohasiga ikki hil fikr albatta keladi. Bu esa bir narsani ikkinchi tomoni ham bor degani ko’rinmay turgan tomon birinchi tomonning aksi bo’lishi aniq. Shuning uchun yaxshilik va yomonlik doimo yonma yon turadi.



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling