Alijonova guljahon ilhomjon qizi
Biriktiruv bog‘lovchilari
Download 293.1 Kb.
|
TUGALLANGAN MDI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zidlov bog‘lovchilari.
Biriktiruv bog‘lovchilari. Ikki va undan ortiq inson, hayvon, narsa, voqea-hodisa, harakat-holat, jarayon va boshqalarni o‘zaro tenglab, qiyoslab, zidlab bog‘laydi. Kecha va kunduz, o‘qiydi hamda ishlaydi, akam bilan opam...
Birikiruv bog‘lovchilari: va, ham, hamda, ila, bilan (bilan tenglash, birgalik ma’nosida bog‘lovchi, vosita ma’nosida ko‘makchi bo‘ladi.). Mehmonlar ham, mezbonlar ham go‘yo ko‘pdan tanish, qadrdon odamlarday, bir-biriga yaqin his qilishardi o‘zlarini. ...Farhod ila Majnunga o‘xshatmang meni... Biriktiruv bog‘lovchilari: a) sodda gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklarni bog‘laydi (Qor va shamol kuchaya bordi); b) bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘laydi (Bahor keldi va tabiat uyg‘ona boshladi). Birktiruv bog‘lovchilaridan oldin ham, keyin ham hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi. Zidlov bog‘lovchilari. Zidlov bog‘lovchilari, asosan, bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni, ularda ifodalanayotgan ish-harakat, holat, jarayon mazmunini o‘zaro zidlab, qiyoslab bog‘lash uchun qo‘llaniladi31. Bu ikki insonning ko‘ngli bir-biriga juda yaqin, ammo yosh jihatdan farqlari katta. Zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq, garchi, garchand, zotan, holbuki, faqat, balki. Zidlov bog‘lovchilari o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin, bir-birining o‘rnida almashinib kelishi mumkin. Yo‘q, janoblar, sizni sevolmam, Zotan davrangizga intildim mag‘rur (I. To‘lak). Yo‘q, janoblar, sizni sevolmam, Zotan(ammo, lekin, biroq, garchi, garchand) davrangizga intildim mag‘rur. Balki so‘zi kuchli pozitsiyada bog‘lovchi, kuchsiz pozitsiyada yuklama, modal so‘z bo‘lishi mumkin. Bu qilich, balki, butun umrida birinchi marta zulmga qarshi ishlatilar. Zidlov bog‘lovchilaridan oldin “vergul” qo‘yiladi, ba’zi o‘rinlarda ijodkorning talabiga ko‘ra “nuqta” qo‘yiladi. Bu so‘z Oftob oyimga yoqmaganlikdan yuzini chetka burdi. Ammo Kumush otasidan rozi qolib,onasiga qaradi (A.Qod.). Zidlov bog‘lovchilari juft holda ishlatilishi mumkin. Ammo lekin ko‘p gapirdingiz. Download 293.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling