Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet37/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Ayiruv bog‘lovchilari. Ayiruv bog‘lovchilari gap(sodda, qo‘shma, murakkab)lardagi uyushiq bo‘laklarni, qo‘shma gaplardagi gaplarni bog‘lab, ular ish-harakat, holat, voqea-hodisa, jarayonlardagi takroriylik, davomiylik, almashinish kabi mazmunlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Ba’zan ular kelishadi, ba’zan biz ularnikiga boramiz.
Ayiruv bog‘lovchilari: ba’zan, yo, yoki, yoyinki, yoxud, goh, bir...
Ayiruv bog‘lovchilari yakka holda va takroriy (ba’zi o‘rinlarda juft) holda ishlatiladi: ba’zan...ba’zan, yo... yo, yoki ... yoki, goh ... goh, dam ... dam...
Quyosh dam yalt etib ko‘rinib qoladi, dam bulutlar orasiga yashirinib oladi.
Inkor bog‘lovchilari. Inkor bog‘lovchilari sodda gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklarida va qo‘shma gap qismlarida mavjud bo‘lishi mumkin narsa, voqea-hodisaning, sodir bo‘lishi mumkin ish-harakat, holat, jarayonning inkorini ifodalaydi. Na o‘qiydi, na ishlaydi.
Inkor bog‘lovchilari takror qo‘llaniladi.
Men-ku yolg‘iz edim,
Na otam, na onam, na oilam bor,
Yolg‘iz ekan dunyoda u ham... (E.V.)
Inkor bog‘lovchilari mazmunan ish-harakat, holat ifodasida fe’lning bo‘lishsiz shakllari –ma, - mas (emas), ot (so‘z turkumi) ifodasida modal yo‘q ma’nosiga to‘g‘ri keladi.
Inkor bog‘lovchisi na uslubiy shakllarda ne tarzida qo‘llanishi mumkin. Ne iloj, kech bo‘lsa ham ko‘rishdik, shukr (E.V.)


Ergashtiruvchi bog‘lovchilar

Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi gaplarni bog‘lash uchun xizmat qiladi. Hayot maroqli, hayot go‘zal, shuning uchun erka ko‘ngil shod. Xushnoza yiqilmadi, chunki onasi chaqqonlik bilan tutib qoldi.


Ergashtiruvchi bog‘lovchilar: chunki, agar, garchi, basharti, go‘yo, go‘yoki, ya’ni, shuning uchun...
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar qo‘shma gap tarkibidagi gaplarning mazmuniy munosabatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) aniqlov bog‘lovchilari: ya’ni(-ki, -kim);
b) sabab bog‘lovchilari: chunki, shuning uchun;
v) shart bog‘lovchilari: agar, agarda, basharti, agarchi;
g) chog‘ishtiruv bog‘lovchilari: go‘yo, go‘yoki.



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling