Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet35/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Asl ko‘makchilar – asliy leksik ma’nosini butunlay yo‘qotib, ko‘makchiga aylangan so‘zlar hisoblanadi: singari, sari, uchun, bilan, uchun, kabi, tomon, kabi...
Nisbiy ko‘makchilar – mustaqil ma’nosini yo‘qotib,ot,ravish va boshqa so‘z turkumlaridan ko‘makchiga siljiyotgan so‘zlardir: keyin, avval, ilari, ilgari, boshqa, tashqari...
Ot ko‘makchilar – tarixan ot yoki ravishlarga oid bo‘lib, keyinchalik ko‘makchilarga ko‘chgan, mustaqil ma’nosini butunlay yo‘qotmagan ko‘makchilar hisoblanadi: old(i), orqa(si), tag(i), yon(i), ost(i), ust(i)... otdan ko‘chgan, burun, keyin, ilgari... ravishdan ko‘chgan.
Fe’l ko‘makchilar – tarixan fe’l so‘z turkumiga oid bo‘lib, keyinchalik ko‘makchiga ko‘chgan so‘zlar hisoblanadi: bo‘ylab, qarab, qaraganda, ko‘ra, tortib, yarasha, yoqalab...
Ko‘makchilar grammatik funksiyasiga ko‘ra kelishiklarga yaqin turadi, ular bajargan funksiyani bajaradi, ular bilan o‘zaro almashina oladi.
Maktabga ketdi – maktab tamon ketdi, ukasiga oldi – ukasi uchun oldi, akasini aytdi – akasi haqida aytdi, qalamda yozdi – qalam bilan yozdi...


Bog‘lovchi

Sodda gap bo‘laklarini, qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchilar deyiladi. Mehnatsevarlik va kamtarlik insonning ziynatidir. Va, ham, hamda, ammo, lekin, shuning uchun, toki, chunki, ba’zan, yoki... Bog‘lovchilar o‘zlari bog‘layotgan bo‘laklar bilan sintaktik munosabatga kirishmaydi, gap bo‘laklarinio‘zaro tenglab yoki ketma-ket bog‘laydi, shuning uchun ular ikkiga – teng bog‘lovchilarga va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi.




Teng bog‘lovchilar

Teng bog‘lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli bo‘lgan sodda gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklarni, qo‘shma gap va matn tarkibidagi sodda gaplarni grammatik – semantik jihatdan bog‘laydi.


Sen paxtasan, olma, anor va nursan,
O‘zbek uchun surursan ham g‘urursan,
O‘zni yerga tomchi-tomchi berursan,
Daryo emas, xalq timsoli erursan (E.V.)
Teng bog‘lovchilar o‘zlari bog‘lalayotgan bo‘laklarning o‘zaro solishtirma ma’nosiga ko‘ra biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog‘lovchilariga bo‘linadi.

Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling