Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet33/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Zamon kategoriyasi
Harakat va holatning nutqiy muloqot sodir bo‘layotgan payt(zamon, vaqt)ga munosabati zamon kategoriyasi deyiladi. Harakat va holat nutq so‘zlanib turgan oldin, nutq so‘zlanib turgan paytda, nutq so‘zlanib turgan paytdan keyin sodir bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi mumkin. Shunga ko‘ra harakat-holat nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin bo‘lsa, o‘tgan zamon, nutq so‘zlanib turgan paytda bo‘lsa, hozirgi zamon, nutq so‘zlanib turgan paytdan keyin bo‘lsa, kelasi zamon hisoblanadi30. O‘qiganman – o‘tgan zamon, o‘qiyapman hozirgi zamon, o‘qiyman – kelasi zamon.


O‘tgan zamon va uning turlari
O‘tgan zamon harakat-holatning nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin sodir bo‘lish bo‘lmasligini ifodalaydi. O‘tgan zamon zamon kategorilari ichida o‘zining turlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. O‘tgan zamon turlari: 1)uzoq o‘tgan zamon fe’li; 2)yaqin o‘tgan zamon fe’li; 3)o‘tgan zamon hikoya fe’li; 4)o‘tgan zamon davom fe’li; 5)O‘tgan zamon maqsad fe’li.
Hozirgi zamon fe’li va uning turlari
Hozirgi zamon fe’li harakat-holatning nutqiy muloqot paytida sodir bo‘ayotganini yoki sodir bo‘lmayotganini ifodalaydi.Hozirgi zamon fe’li : 1)hozirgi-kelasi zamon fe’li; 2)hozirgi zamon davom fe’liga bo‘linadi.
Kelasi zamon fe’li va uning turlari
Kelasi zamon fe’li harakat-holatning nutq so‘zlanib turgan paytdan keyin sodir bo‘lish yoki bo‘lmasligining gumonini va maqsadini bildiradi. Shunga asosan kelasi zamon fe’li : 1) kelasi zamon gumon fe’li; 2)kelasi zamon maqsad fe’li turlariga bo‘linadi.
Nisbat kategoriyasi

Nisbat kategoriyasi harakat-holatning sub’yekti, bajaruvchisi va haraka-holatning bajarilish ob’yekti(grammatika va mantiq) o‘rtasidagi munosabatni bildiradi. Bizga ma’lumki, har qanday harakat yoki holat o‘zining bajaruvchisi tomonidan sodir etiladi, harakat-holatning bajaruvchisi inson, jonzot, tabiat hodisalari yoki qonuniyatlari bo‘lishi mumkin. Humoyun keldi – fizik harakat Humoyun tomonidan bajarilyapti, Gul ochildi, gulning ochilish harakatini gul bajaryapti, biologik hodisa, yomg‘ir yog‘di, chaqmoq chaldi – harakat yoki holatning sub’yekti tabiat hisoblanadi. Humoyun keldi, Humoyun eshitdi har ikki harakatning bajaruvchisi Humoyun, birinchi harakatda yurish harakati, ikkinchisida qabul qilish, ovoz-shovqinni qabul qilish. Xushnoza ukasini uxlatdi – haqiqatda uxlagan Xushnozaning ukasi, gapning grammatik egasi Xushnoza, bunday grammatik va mantiqiy kategoriyalarning o‘zaro nisbiy munosabatini tilda nisbat kategoriyasi o‘rganadi.


O‘zbek tilida beshta – aniq, o‘zlik, majhullik, orttirma, birgalik – nisbat mavjud.
Nutqimizda mantiqan harakat-holatni bir necha shaxslar tomonidan bajarilishini ifodalaydigan fe’lar mavjud. Masalan, suhbatlashmoq, xayrlashmoq, ko‘rishmoq, salomlashmoq, yuzlashmoq, bellashmoq,to‘dalashmoq, bemazalashmoq, boqishmoq, birlashmoq va boshqalar. Bu fe’llarning negizida harakatni bajarvchi shaxs(sub’yekt ) va harakatni qabul qiluvchi ikkinchi ikkinchi shaxs (ob’yekt) taqazo qilinadi. Bunday fe’larning tarkibidagi –lash va –(i)sh qo‘shimchalari ikkita funksiyani bajaradi, birinchisi fe’l yasovchi qo‘shimcha, ikkinchisi orttirma nisbat hosil qiluvchi qo‘shimcha hisoblanadi.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan suhbatlashdi gapida harakatning birinchi bajaruvchisi(sub’yekt) o‘qituvchi, lekin harakat amalga oshishi uchun o‘quvchilar ikkinchi shaxs (ob’yekt-sub’yekt) bo‘lishi kerak.
Holidaxon Husnidaning bolasini boqishdi gapida boqishmoq fe’li Holidani ham Husnidani ham taqazo qiladi. Bunday fe’llarning birinchi o‘zak ma’no bilan ikkinchi (negiz) ma’nosi boshqa boshqa bo‘ladi. Boqmoq fe’lining o‘zagi b o q, boqishmoq fe’lining o‘zagi b o q i sh, boqmoq fe’lining harakat nomi shakli boqish boqishmoq fe’lining o‘zagi bilan omonimik shakldosh bo‘ladi.



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling