Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi


Download 293.1 Kb.
bet34/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi

Harakat-holatning ro‘yobga chiqishi yoki chiqmasligi, harakat-holatning sodir bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi fe’lga xos asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi sanaladi. Yozdi – yozmadi, yozdi – yozgani yo‘q, yozdi – yozgan emas, yozdi – na yozdi (na gapirdi) kabi shakllar fe’lning bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi shakllari sanaladi. Fe’lning bo‘ishli-bo‘lishsizligini, ya’ni tasdiq va inkorini darajalab ko‘rsatish uchun rosa(yozdi), juda(yozdi), nihoyatda (yozdi), zo‘r(yozdi) va sira(yozmadi), hech(yozmadi), hech ham, sira ham (yozmadi), umuman(yozmadi), nomiga ham, atiga ham, ko‘ngil uchun ham(yozmadi) kabi shakllar qo‘llaniladi. Fe’lning bo‘lishli kategoriyasi maxsus shakl ko‘rsatkichiga ega emas, “nol” shakl deb yuritiladi, fe’lning barcha nisbat shakllarida(aniq, o‘zlik, majhul, birgalik, orttirma) kela oladi, bo‘lishsizlik kategoriyasi - -ma , yo‘q, emas, na birliklar bilan hosil qilinadi. Yozmadi, yozgani yo‘q, yozgan emas, na yozdi... Fe’lning bo‘lishsizlik kategoriyasi shakllari qo‘shma fe’llarning ko‘makchi fe’l qismiga qo‘shiladi. Yozib qo‘ymadi, aytib qo‘ymadi... Bo‘lishsizli kategoriyasining grammatik shakli qo‘shma fe’lning har ikki qismiga qo‘shilsa, bo‘lishli fe’lni hosil qiladi. Yozmay qo‘ymadi, aytmay qo‘ymadi, yozmay qo‘yma, aytmay qo‘yma...


O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar uchta:1)ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama.


Ko‘makchi
Ot yoki otlashgan so‘zlarga qo‘shilib ularning boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasini ta’minlovchi so‘zlar ko‘makchi deyiladi. Qalam bilan yozdim, ukam uchun oldim, onam singari o‘qituvchi bo‘laman...
Ko‘makchilar tarixan mustaqil ma’noli so‘zlar bo‘lib, muayyan bir so‘z turkumiga xos bo‘lgan. Ular o‘zlarining asliy mustaqil leksik ma’nosini yo‘qotib, yordamchilar so‘zlarga (“yordamchilashish” – grammakalizatsiya) ko‘chgan so‘zlar hisoblanadi. Ko‘makchilar tarixan qaysi so‘z turkumiga oidligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Asl ko‘makchilar.

  2. Nisbiy ko‘makchilar.

  3. Ot ko‘makchilar.

  4. Fe’l ko‘makchilar.




Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling