Ishning o‘rganilganlik darajasi. O’zbek tilida ziddiyatlar turli yondashuvlar asosida tadqiq etiladi. O’zbek tilshunosligida til sathlari birliklari alohida – alohida holda o’rganilgan. Jahon tilshunosligida fonetik sathdagi ziddiyatlar ustida o’z fikr mulohazalarini imiy asoslagan tilshunos olimlar: L.L.Bulanin, A.M. Shcherbak, N. S.Turbeskiy, G.Gilson, F.M.Berzin. F.de Sossyur va boshqalar. O’zbek tilshunos olimlaridan: A. Nurmonov. Sh. Rahmatullayeva, N.Mahmudov, A. Xadjayev, A. Abdullayev, G’. Abdurahmonov, Q. Mo’minov va boshqalar izdoshlari tomonida bir qator til sathlari va sathlararo ziddiyatlar (oppozitsiya) ustida ilmiy ishlar qilingan.
Tadqiqot maqsadi. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi o’zbek tilshunosligidagi til sathlaridan fonetik, morfemik, leksik, morfologik sathlaridagi birliklarning o’zaro ziddiyatli tomonlarini ilmiy tomondan o’rganishlik.
Tadqiqot vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasida nazarda tutilgan vazifalar quyidagilar:
Ziddiyat o’zi nima ekanligi, uning asl kelib chiqishini o’rganish;
Falsafada olam va odam tushunchalaridan ziddiyatni ajratib olishlik;
Ziddiyatning ichki qanday turlari borligini ilmiy tomondan tahlil qilish;
Tilshunoslik bilan bog’liqligini o’rganishlik;
Til sathlaridagi ziddiyatli vaziyatni tahlil qilish;
Tadqiqot obyekti va predmeti. Magistrlik dissertatsiyasining obyekti sifatida til sathidagi birliklarning o’zaro ziddiyatlari olingan. Asosiy manba sifatida esa tilshunos olimlarni nazariy ma’lumotlari olingan, ularni tahlil qilishlik shu mavzuni yanada ochib berishlikka xizmat qildi.
Tadqiqotdan kutilayotgan natijalar . Tilshunoslikda til sathlaridagi turli qarashlarni bir biriga solishtirib ular o’rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni yanada ochiqroq qilib yoritishlik. Falsafadagi ziddiaytning tub mohiyatni to’g’ri tushinishlik va buni tilshunoslikka tadbiq qilish.
Tadqiqotmi metadologik asoslari va metodlari. Dissertatsiyaning metadologik asoslari bugungi kun jamiyatning doimiy taraqqiyotda ekanligini nazarda tutgan holda ijyimoiy- siyosiy ziddiyatli vaziyatlarni ham tahlil qila olishlik.Ushbu tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, , qiyoslash, zidlash, tavsiflash tahlil metodlaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |