Alijonova guljahon ilhomjon qizi
Download 293.1 Kb.
|
TUGALLANGAN MDI
Imkoniyat~voqelik. Mazkur kategoriya narsalar va hodisalarning vujudga kelishi va rivojlanishini aks ettiradi. Narsalar va hodisalar abadiy yoki o‘zgarmas emas. Tegishli shart-sharoit mavjud bo‘lgan taqdirdagina, biror narsa, voqelik paydo bo‘lib, reallikka aylanadi. Bu shart-sharoitlarning yig‘indisi narsa yoki voqelikning vujudga kelish imkoniyatidir. Odatda taraqqiyot jarayonida birgina imkoniyat emas, balki bir qancha imkoniyatlar maydonga keladi. Ammo bu imkoniyatlar doirasi cheksiz emas. Masalan, maktabni, litsey yoki kollejni tamomlab chiqayotgan yigit-qiz oldida istalgan oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday sharoitda bitiruvchi o‘z imkoniyati, ya’ni tayyorgarlik saviyasi, qobiliyati, zehniga qarab imkoniyatlardan birinigina voqelantira oladi. Ba’zan voqelantirilayotgan imkoniyat noto‘g‘ri tanlangan bo‘lishi ham mumkin. Til, uning birliklari imkoniyat sifatida mavjud bo‘lib, nutq ana shu imkoniyatning voqelanishidir. Hech qachon imkoniyat (til) bir paytning o‘zida (nutqda) to‘laligicha voqelanmaydi. Masalan, [idish] leksemasini eslaganimizda u bilan bog‘lana oladigan [chinni], [sirli], [billur], [shisha], [plastmassa], [sopol], [katta], [kichik], [toza], [yog‘li], [teshik], [siniq], [yapaloq]…; [yasamoq], [sindirmoq], [olib kelmoq], [olib ketmoq], [sotmoq], [sotib olmoq], [yuvmoq], [ko‘rmoq], [keltirmoq], [yangilamoq], [chegalamoq]…. kabi o‘nlab leksemalar, [-ga], [-ni], [-ning], [-dan], [-da], [-lar] kabi morfemalar [idish] leksemasi bilan birga voqelana oladigan til imkoniyatlari sifatida Umumiylik va xususiylik kategoriyalari borliqning, undagi narsa, voqea-hodisalarning, shuningdek, til hodisalarining birligini va xilma-xilligini anglashga ko‘maklashadi.
Til so‘z, morfema va fonemalarning oddiy yig‘indisi emas. U bir butun sistemadir. Tilning sistemaliligi uning ichki tuzilishida namoyon bo‘ladi. Chunki u ham ichki tuzilishga ega bo‘lib, bu ichki tuzilishi pog‘onaviylik xususiyatiga ega. Har bir pog‘onaga xos birlik ikki va undan ortiq uzvlarining o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlikdir.Tilning sistemaviylik tabiatini yoritishga ilk bor F. de Sossyur e’tirbor qaratgan. 16 Ayniyat qonuni — formal mantiqning to‘rt asosiy qonunlaridan biri. Bu qonun birinchi marta, Arastu tomonidan ta’riflab berilgan. Arastu (Metafizikaz asarida aynan bir predmetga nisbatan, ayni bir vaqt davomida, ayni bir xil mazmunda fikr yuritish to‘g‘ri, chin fikrlashning asosiy shartidir, deb ta’kidlaydi.Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr, muayyan muhokama doirasida, ayni bir vaqtda, o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun, muayyan vaqt, munosabat doirasida, biror predmet haqida bayon qilingan fikr aniq, qat’iy mazmunga ega bo‘lishini talab qiladi va fikrlar o‘rtasidagi zaruriy, man- tiqiy aloqadorlikning o‘rnatilishini ta’minlaydi. Predmet haqidagi fikr, necha marta va qanday holatlarda Formal mantiqda Ayniyat qonuni A=A(A teng Aga) formulasi b-n ifodalanadi Ayniyat qonuni: predmet va hodisalarning nisbiy barqarorligini ifoda etgani holda, tafakkurning rivojlanishini, tushunchalar va bilimimizning o‘zgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Bu qonun fikrning mazmuni, predmet va hodisalarni to‘liqroq bilib borishimiz b-n, o‘zgarishini e’tirof etadi. Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakllariga hos bo‘lgan, umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakkurning har bir shakliga xos bo‘lgan, aniq qoidalarda o‘z ifodasini topgan. Tafakkurning tushuncha, hukm (mulohaza) yoki xulosa chiqarish shakllarining har birida fikrlar o‘rtasidagi munosabat bog‘lanishi, shu qonunga asoslangan holda amalga oshadi. 1 Bob bo’yich xulosa Barcha fanlarning kelib chiqishi falsa fani bialn uzviy bog’liqdir. Borliqdagi jonli va jonsiz tabiat, olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosining o‘zaro va ayni paytda bilan insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir-birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin. Butun koinot, тabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunidir. Ziddiyat, qarama-qarshilik, ixtilof va tafovut bo‘lmas ekan, rivojlanish va taraqqiyot, harakat va o‘sish ham bo‘lmaydi. Hatto oyoqlarimiz bir-biriga qarama-qarshi harakatlanmasa, ilgarilay olmaymiz. Zid jinslar bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham, hayvonot va o‘simlik olami – tiriklik davom etmaydi. Butun borliq qarama-qarshiliklar mahsuli bo‘lganligi kabi, bilim olish ham, borliq haqida ma’rifat hosil qilish ham ixtilof va tafovutlar evazigadi Har qanday sistema ichki bo‘linuvchanlik xususiyatiga, muayyan ichki tuzilishga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat bo‘lib, ayni paytda o‘zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lsa, struktura ushbu qismlar, bo‘laklar o‘rtasidagi ichki munosabatdir. Ya‘ni, sistema - butunlik, struktura - xususiylik hisoblanadi. Ular o‘zaro uzviy bog‘liq, bir-birini taqozo qiladi, ayni paytda har biri o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo‘ladi. Sistema strukturaga nisbatan murakkab, ko‘p tarmoqli hodisa, u bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan pog‘onaviylik munosabatida turuvchi uzvlardan tashkil topadi. Bu munosabatlar jins va tur, butun va bo‘lak munosabatlaridan iborat bo‘lib, ushbu pog‘onaviy munosabat tufayli ma‘lum turlarga nisbatan jins, bo‘laklarga nisbatan butun bo‘lgan qism boshqa butun yoki jins tarkibiga bo‘lak yoki tur bo‘lib kirishi mumkin. Masalan, olma bir qator navlar (masalan, jonoqi, razmarin, semerinka va h.z.) ga nisbatan jins, ushbu navlar o‘z navbatida tur bo‘lib kelsa, mevali daraxtlarga va umuman o‘simlikka nisbatan tur, chunki daraxt ham o‘simliklarning muayyan turi hisoblanadi va ayni paytda, avvalo, mevali, mevasiz, dekorativ daraxtlar turlariga bo‘linadi. Til sistemasi uni tashkil etuvchi qismlari, strukturasiga ko‘ra juda murakkabligi, ko‘p yarusliligi bilan ajralib turadi. Tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo‘lib, ular bir butunlikni tashkil etadi va o‘zaro dialektik aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta‘minlaydi II BOB TIL SATHLARNING O’ZARO ICHKI BO’LINISHI 2.1 Til sathlariaro ziddiyatning ifodalanish Tilning o’zaro bog’liqligi va bir- birini taqazo etuvchi bir necha qatlamlardan iborat ekanligi qarash uzoq tarixga egadir.Aslida, til tuzilishining an’anaviy tilshunoslikda uch qisimga leksik va grammatik qismlarni o’rganadiga tilshunoslikning uchta bo’limga ajratilishi tilni ana shunday qatlamlar butunligi sifatida tushunishning yorqin na’munasidir.17 Tilshunoslikda lingvistik sath tushunchasini paydo bo’lishiga tilning ikki tomonlama mohiyat eknligining ta’kidlab o’tishlik, shakli va mazmuniy tomonlarining har biri o’ziga xos ichki uzvlarda iborat ekanligi, har biri kichik bir sistema ekanligi, har bir til sathi sistemalar ichidagi sistema deb qarashimiz maqsadga muvofiqdir. Har bir kichik sistema chegaralangan miqdordagi elementlardan tashkil topadi va bu elementlar shu kichik sistema nuqtayi nazaridan mayda bo’laklarga bo’lunuvchanlik husisiyatiga ega ekanligini e’tiborga olishdir.Bo’lingan mayda sistemalar o’z ichida ichki elementkarni bir biri bilan bog’lanish qonun- qoidalariga ega ekanligini e’tiborga olish zarur. Sath tushunchasi til ontologiyasida hamda tilning sistemalashtirish va tavsiflash usuliga mansubdir. Masalan: V.V.Lopatin va I.S.Ulxanovalar til sathlarini belgilashning til satlarini belgilashning tayanch nuqtasi sifatida til sistemasidan ajratadigan asosiy til birliklari olinishi, til sathi bilan til birliklarini muayyan yig’indisi o’rtasida muvofiqlik bo’lish lozimligi bayon qiladi. Bunday qarashga muvofiq til sistemasida muayyan til birligining ajratilishi, o’z- o’zidan, shu birlikka muvofiq keladigan til sathining ham ajratishga olib keladi. Yuqoridagi tilshunos olimlarning fikricha, fonemaning til birligi sifatida e’tirof etilishi fonologik sathning ajratishga sabab bo’lganidek, so’z yasalish birligining ajratilishi so’z yasalish sathining ajratishga asos bo’ladi. . Shu o’rinda sath tushunchasining ma’lum til birliklari yig’indsi bilan aloqasi borligi shubhasiz, lekin sathni belgilashda qanday lingvistik belgilarga tayanish masalasini aniqlash katta ahamiyatga ega. Til birliklarini muayyan birliklarga turli belgilar asisida birlashtirish mumkin. Shunga muvofiq ravishda sath tushunchasi nisbiy bo’lib qoladi va bu tushuncha ayrim birliklarning ma’lum belgi asosida birlashga guruhlarning oddiy nomiga aylanib qoladi. Til birliklarning birlashtirruvchi barqaror birliklarga ajratishda pog’onaviylik belgisini tanlashlik maqsadga muvofiq deb topilgan.. Bu qarashni deskereptiv tilshunoslk vakillari tomonida tilning sathlarga ajratishning asosiy belgisi deb e’tirof etilgan.Bir sath birlklarining boshqa sath birliklariga mansub ( o’zidan kichik yoki katta) sath birliklari bilan pog’onaviy munosabatda bo’lad. Til sathalri quyidagilar: Fonetik sath.: fonem. allofon fon . Morfemik sath: morfema, morf allmorf Leksik sath. leksema, leksema varianti. Frazeologik sath : farzema Konstruksiya sathi. so’z shakli, so’z biirkmasi. jumla.18 2.2 Fonetik va morfemik sathda ziddiyatning ifodalanishi Download 293.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling