Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Til va nutqning o‘zaro farqlanishidagi ziddiyatlar


Download 293.1 Kb.
bet6/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

1.3 Til va nutqning o‘zaro farqlanishidagi ziddiyatlar
Tilshunoslikda til va nutq o‘zaro farqlangandan buyon ularning birliklari ham bi- biri o‘zaro doim aloqada bo‘lan alohida- alohida birliklar sifatida ajratiladigan bo‘ldi.
N.A.Slyusareva ta’kidlaganidek, F.de Sossyur ta’limotining mohiyati, eng qisqa shaklda ifodalaganda, til (lang) va nutq( parol) farqlanishidir. Uning boshqa barcha nazariyalari mantiqda shu asosiy tezisdan elib chiqadi.8
V.Y. Zveginsev, F. de Sossyurning til- nutq qarama-qarshiligi asosida mazkur hodisalarningnquyidagi farqli belgilari ko‘rsatilgan9
1. Nutq individual, til umumiy xodisadir. Umumuxalq tili doimo va albatta alohida nutqiy ko‘nikmalarida til sistemasi chegarasida ma’lum o‘zgarishga uchraydi.
2. Nutq pisixik xodisa, til sotsial xodisa
3. Nutq harakatchan , dinamik, til esa stabillikka, statiklikka intiladi.
4. Nutq tarixiy, til esa axronik xususiyatga ega.
5. Nutqiy elemantlar o‘rtasida sababiy tobelilik, til elementlari o‘rtasida funksional tobelik mavjud.
6. Til lingivistik qonuniyatlarga bo‘ysunadi. U lingivistik “ regulyar”, nutq esa lingivistik noregulyar, sporodik xarakterga ega.
7. Nutq doimo moddiylikka xos. U o‘zining funksiyasini real moddiy sifatga ega birliklar sifatida bajara oladi. Til abstrakt sistema sifatida mavjud. Bunday farqlanish substansiya va forma o‘rtasidagi faqlanish kabidir.
N.A.Slyusareva shu kunga qadar til va nutq qarama- qarshiligiga bag‘ishlangan ishlarni umumlashtirgan holda, til va nutqning qutbiy ziddiyat ( binar oppozitsiya) asosida uch xil yo‘l bilan aniqlash mumkin ekanini ko‘rsatadi:
1) bilish nazariyasi nuqtayi nazarida – gnoseologik aniqlash ;
2) til va nutqning predmetlik nuqtayi nazaridan- ontologik aniqlash;
3) qo‘llanish doirasi va foydalanish tarzi nuqtayi nazaridan- pragmatik aniqlash;
Gnesologik jihatdan til va nutq quyidagi belgilar asosida farqlanadi;
Til Nutq
1) umumiylik; 1) xususiylik;
2) abstraktlik; 2) konkretlik;
3) muhim; 3) nomuhim;
4) mohiyat; 4) hodisa ;
5) zaruriylik; 5) tasodifiylik;
6) sifat; 6) miqdor;
Til bizning ongimizda imkoniyat, umumiylik, munosabatlar, belgilar sistemasi sifatida mavjud. U nutq orqali yuzaga chiqadi, nutqda muayyan moddiy shaklga, ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Ontologik jihatidan yetti belgi asosida farqlanishi va har qaysi belgi o‘z ichida yana mayda belgilarga bo‘linishi mumkin;

  1. psixik- fizik- fiziologik; vertual- aktual; imkoniyat- akt va boshqalar;

  2. sistema- tekst; sistema-funksiya; paradigmatik- sintagmatik;

  3. bir xillik- har xillik;

  4. invariantlilik- variantlilik; o‘zgarmaslik- o‘zgaruvchanlik; barqarorlik- daqiqalik va h.z;

  5. butun- qism;

  6. jarayon- kvant jarayon;

  7. ong- tafakkur.

Pragmatik jihatidan quyidagi uch belgi asosida farqlanadi;

  1. sotsial- individual; aloqa vositai- aloqa jarayon; vositalar sistemasi- bu vositalarga amaliy egalikqilish; avtomatizm- erkinlik;

  2. uzual- akkozional;

  3. kod - xabar10

Til bizning ongimizda imkoniyat, umumiylik, munosabatlar, belgilar sistemasi sifatida mavjud. U nutq orqali yuzaga chiqadi, nutqda muayyan moddiy shaklga, ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tilshunoslikda lingvistik birliklar til va nutq oppozitsiyasiga ko‘ra ikki xil – “ emik” ( til sathiga mansub) va “ etik” ( nutqiy birlik) birliklarga bo‘linadi.. Bu birliklarning o‘zaro munosabatini o‘zaro Yu. S.Stepanov quyidagicha ko‘rsatadi 11
Tilshunoslik tarixida til va nutq o‘zaro farqlanishi bilan tilning turli sathlarida mazkur zidlanishningb namoyon bo‘lishi tadqiq etish e’tibor kuchayadi. Buning natijasida til va nutq birliklarini ajratishga ehtiyoj kuchayadi.
Til murakkab hodisadir. Qaysi tomomdan yondashishiga muvofiq, u turlicha ta’riflanishi mumkin.

  1. Vazifasi nuqtayi nazaridan: a) til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, fikrni shakllantiruvchi, ifodalovchi; b) bilimlarni to‘plab, keyingi avlodga yetkazuvchi; d) tinglovchiga ta’sir qilivchi vositadir12.Bularning birinchisi tilning kommunikativ, ikkinchisi kommulyativ, uchunchisi esa ekspressiv funksiyasini e’tiborga oladi.

  2. Qurilish mehanizimi nuqtayi nazaridan: til ayrim birliklar va bu birliklardan foydalanish yig‘indisidir.

  3. Semiotik nuqatyi nazaridan: til belgiolar sistemasi.

  4. Axborot uzatish nuqtayi nazaridan: til mazmuniy axborotni kodlashtirish uchun xizmat qiladigan kod sanaladi.

  5. Gnesalogik nuqatyi nazaridan: til ma’nolar dunyosi bilan tovushlar dunyosi o‘rtasida vositachilik qiluvchu murakkab sistema13

A.Gardinerning fikricha, har qanday lug‘at va har qanday sintaktik modellar yig‘indisi tildir. Qisqa muddatli, tarixan betakror so‘zdan foydalanish faoliyati nutqdir. Nutq konkret zamon va makon bilan bog‘liq. U betakrorlik xususiyatiga ega.Bir sistakdik model asosida yuzaga chiqqan har bir jumla konkret bir makon va zamonda muayyan shahs tomonidan yuzaga chiqariladi.
Shunday qilib, “ til”, va “ nutq” zidlanishi o‘zida mohiyat- hodisa dialektiksini namoyon etadi va til sistemasidagi barcha sathlarni qamrab oladi.14
A.Gardiner “ til”, va “ nutq” o‘zaro farqlanishi bilan birga ,ularni bir- birisiz mavjud emasligini, ular o‘zro uviy bog‘liq ekanligini ham alohida ta’lidlaydi. Nutq tilsiz yuzaga chiqmasligi, til nutq orqali funksiyalashuvi, tilning ana shu maqsadni amalga oshirish uchungina mavjud bo‘lishini bayon qiladi. “ Agar men muayyan matndagi malum hodisani tilga emas, nutqqa xos desam, u holda matndan til elementi deb hisoblangan barcha an’ anaviy elementlar chiqarib tashlangandan keyin, so‘zlovchining o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan qoldiq nutq elementi sanaladi”.
U til va nutqni o‘zaro izchillik bilan farqlagan xolda lingvistik atamalrni ham ana shunga mos xolda zidlash zarurligini bayon qiladi. Xususan, u tilshunoslarning “ gap” terminini bir vaqtning o‘zidaham til, ham nutq fakti uchun qo‘llanilishini tanqid qiladi. Uning fikricha til va nutq atamalarni bir- birini rad qiladi.U yoki bu terminyo tilga, yo nutqqa xos bo‘lishi lozim.Bir vaqtning o‘zida ikki yo‘ldan ketish mumkin emaL.YEmeslev ham F.de Sossyur til va nutq dixotomiyasiga yuqori baho eradi.Uning fikricha, Sossyur ta’limotining mohiyati til v nutqni farqlashdir. Boshqa barcha nazariyalar mantiqan ana shu asosiy tezisdan keltirilib chiqariladi.
Shunday qilib, F.de Sossyurnig “ til- nutq” dixotomik bo‘lishining noaniqligi, nomukammaligini e’tiborga olib, o‘zining to‘rt a’zoli bo‘linishini tavsiya etadi.To‘rtinchi a’zo sifatida nutqni e’tirof etadi va uni nutq akti xisoblaydi. Sxema, me’yor, uzuslar til birliklari sanalib, nutq birligi sanaluvchi nutq aktiga qarama- qarshi qo‘yiladi.

Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling