Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet4/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Ayniyat qonuni. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda, ularga xos bolgan barcha muhim belgilar, qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega boladi. Tafakkurga xos bolgan bu aniqlik xususiyati Ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi. Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida “A—A” formulasi bilan ifodalanadi.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bolishi ham odatiy hol Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h.k. qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo
etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bola olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bolmasa, u holda ushbu narsa magnit bololmaydi. Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman bolmasin, ular o‘rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o‘rtasida o‘xshash
tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil materialdan yasalganligi yoki bolmasa, vazni o‘xshash bolishi mumkin va h.k. Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bolgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi
ba’zi jihatlarga ega. Hech bolmaganda, ular bir-biridan makondagi
o‘rni bilan farq qiladi. Hayotdan misol keltiradigan bolsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o‘xshash bolgan Hasan va Husanlarda ham juda ko‘p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe’l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bolishi, ya’ni ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa-hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning birbirini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o‘zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi.
Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo
bolishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir. Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko‘proq e’tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar
va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bolibdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bolgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan, barqarorlik ustuvor bolgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.
Ana shunday intilishlar fanda Konfliktologiya (konflikt — ziddiyat, logos — ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish paydo bolishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yollari va usullari ustida bosh
qotirishadi. Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga sabab boladi. Olam turli-tuman bolganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bolmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq bolgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga o‘tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari mumkin.3 Ziddiyat - falsafiy tushunchasi konfliktologiyaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib qarama-qarshiliklarning o‘zaro bir-biriga ta’siri, bir-birini istisno qiluvchi narsa va hodisalarning tomonlari va tutilgan yo‘llari, yo‘nalishlarini, ular ichki birlikda va o‘zaro bir-biriga o‘tishda kirishishida, ob’yektiv olamning va bilishning o‘z-o‘zidan harakati va taraqqiyotida namoyon bo‘ladi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunida ziddiyat kategoriyasi markaziy o‘rinni egallaydi.Ziddiyat to‘g‘risida falsafa tarixida xilma-xil qarash va naz-yalar mavjud. Dialektika tarixida ziddiyatlar konsepsiyasi Geraklitga taalluqlidir. Geraklit qarama-qarshiliklar kurashini borliqning umumiy qonuni sifatida tushunadi.
Alohidalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari o‘rtasidati o‘zaro birlik va alohidalik tabiat va ijtimoiy hayotning taraqqiyot tendensiyasining anglashda, turli voqealar sistemasida yangilikni ajrata olish va unga yo‘l ochishda muhim ahamiyatga ega. Hayotda har qanday yangilik, yangi tashabbus va harakatlar, yangicha odat va an’analar dastavval alohidalik tarzida vujudga keladi, so‘ngra xalq nazaridan o‘tib, mustahkamlanib, o‘ziga yo‘l ochadi. Bugungi kunda mustaqillikni mustahkamlash uchun faollar harakati xuddi shu tariqa juz’iy tarzda vujudga kedi hamda ommaviy harakat tarzida umumiylikka aylana boshladi. Demak, alohidalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalar olamda amal qiluvchi qonuniy jarayon va shu jarayonning inson tafakkuridagi in’ikosi bo‘lib, u olamga xos yashash va rivojlanish jarayonining muhim tomonlaridan birini to‘g‘ri tushunishga imkoniyat yaratadi. Alohidalik, xususiylik va umumiylik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni to‘g‘ri tushunish narsa va hodisalarning muhim belgilarini ochish orqali amalga oshadi. Bu kategoriyalar rivojlanishning asosiy yo‘l va yo‘nalishlarini belgilab olish, voqelikning u yoki bu jihati haqida ilmiy xulosalar chiqarish uchun imkon beradi. Umumiylik esa alohidalikning muhim, asosiy ichki belgisi, munosabatlarini ko‘rsatadi. Alohidalik va Umumiylik olam taraqqiyotining bosqichlari va ifodalanish shakllari sifatida ichki aloqadorlik munosabatida namoyon bo‘ladi. Alohidalik umumiyliksiz yashashi mumkin bo‘lmaganidek, umumiylik ham alohidaliksiz mavjud bo‘lmaydi. Demak, olamdagi har bir aniq narsa hodisa, umumiylik, xususiylik va alohidalikning birligi sifatida mavjud va namoyon bo‘ladi. Ushbu kategoriyalarning mohiyatini va ularning o‘zaro bog‘liqligini ilmiy asosda tushunish fan va amaliyot uchun nihoyatda muhim. Mazkur kategoriyalar bilish jarayonining bosqichlari sifatida ham namoyon bo‘ladi.4 Hissiy bilish (alohidalik) va abstrakt mantiqiy bilish (umumiylik) o‘rtasidagi aloqadorlik bilishning oddiy, alohida shaklidan umumiylikka qarab borishini ko‘rsatadi va ushbu jarayonni to‘g‘ri tushunishga imkon yaratadi. Masalan: Vrach bemorni davolashga kirishishdan avval, undagi kasallikning belgilari (alohidalik)ni o‘rganadi, bu belgilardan qaysi biri qanday kasalliklarga taalluqli ekanligini (xususiylik) — ayni vaziyatda ulardan qaysi biri muhim, ichki qonuniyat (umumiylik) ekanligini aniqlagach, mazkur kasallikni davolashda kirishishi mumkin. Mazkur kategoriyalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini faylasuflar turlicha izohlaganlar. Gegel fikricha, umumiylik aniq narsalarga bog‘liq bo‘lmagan holda, qandaydir mustaqil shaklda mavjud bo‘lib, alohidalikdan avval vujudga keladi va uni belgilaydi: xumumiylik ayrimlikning negizi va zaminidir, tomiri va substansiyasidir. J.Lokk: “Umumiylik va universallik haqiqatan mavjud narsalarga mansub emas, balki uni aql-idrok o‘z iste’moli uchun ixtiro qilgan va yaratgandir hamda belgilarga, so‘zlarga yoki ideyalargagina taalluqlidir, degan fikrni ilgari suradi”. Umumiylikni ayrimlikdan ajratib, uni voqelikda mavjud bo‘lmaydigan narsalarni ifodalaydi, degan nominalistik ta’limot ham bor. Aslida esa alohidalik, xususiylik va umumiylik ob’yektiv va sub’yektiv xususiyatiga ega ekanligini e’tirof etish ular o‘zaro aloqadorlikda mavjud bo‘ladi, degan qoidaga asoslanadi. Alohidalik umumiylikka nisbatan mazmunan boy bo‘lib, o‘zida umumiylikka xos belgilardan tashqari yana muayyan belgilarni ifodalaydi. Alohidalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari voqelikdagi aniq, narsa, hodisa, jarayonlar orqali mavjuddir. Olamdan ajralgan alohida yoki umumiy tushuncha bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Mas., har qanday o‘tish davri eski jamiyatdan yangisiga o‘g‘ish muammolarini hal etilish shakli bo‘lib, uning mazmuni mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabat, tartiblarni tubdan o‘zgartirishdan iboratdir. Xususan, O‘zbekistondagi hozirgi o‘tish davrida ham ana shunday o‘zgarish amalga oshmoqda, ammo bu jarayonda faqat bizning mamlakatimizga xos xususiyatlar ham bor. Xullas, umumiylik ayrimlikka nisbatan keng mazmunga ega, u ayrim narsa, hodisa va jarayonlarga xos bo‘lgan ichkiqonuniyatni, umumiy asosni, o‘xshashlikni anglatadi. Alohidalik va U.ni bog‘lovchi halqa xususiylik kategoriyasidir. Umumiylik alohidalik mazmunini anglatadigan kategoriyadir. Mas.; vodorod — alohidalik, gaz xususiylik, ximiyaviy element umumiylikni ifodalaydi. Alohidalik, xususiylik, umumiylik o‘rtasidagi munosabat dialektik xarakterga ega bo‘lib, ularning tafovuti nisbiydir. Dunyoda va bilish jarayonida mazkur tushunchalar aniq shart sharoitga ko‘ra bir-biriga o‘tishi, o‘rin almashishi ham mumkin. Ammo falsafada yana boshqa bir qator eng umumiy tushunchalar ham borki, ular nihoyatda keng mazmunni ifodalaganligi sababli xususiylik kategoriyasiga misol bo‘lishi mumkin emas.
Masalan, har bir millatga xos madaniyatning til, urf-odat, an’ana milliy xarakter, psixologiya kabi belgilari ayni shu shakl va mazmunda boshqa xalqlarda takrorlanishi mumkin bo‘lmagan ayrimlikdir. Shuningdek, meditsinada infarkt miokardi yurak-tomir kasalliklari sistemasida o‘ziga xos belgi va xususiyatlariga ko‘ra ayrimlikni ifodalaydi. Alohidalik kategoriyasi moddiy olam mavjudligi va undagi munosabatlarning faqat bir tomonini ifodalaydi, xolos. Ayrim olingan voqea hodisa, alohida predmet va jarayonlar, ularga xos
belgilar bilan, ayni paytda materiyaning konkret ko‘rinishlari, predmet voqea va protsesslarni aynan o‘xshash tomonlarini bildiruvchi umumiy belgilari ham mavjud. Umumiylik kategoriyasi narsa, hodisa, jarayonlarga xos asosiy, doimiy takrorlanadigan belgilar va xususiyatlar yig‘indisini bildiradi. Bu kategoriya narsalarni kelib chiqish jihatidan umumiy ekanligini, ular taraqqiyot umumiy zanjirining uzviy bog‘liq halqalari ekanligini, bir xil qonuniyatlarga bo‘ysunishi mumkinligini antlatadi.

Alohidalik va umumiylik — narsa va hodisalar, ularning bir-biriga o‘xshash va farq


qiluvchi tomonlarini ifodalaydigan kategoriyalar; olamga, xos munosabat va aloqadorlikni, olam taraqqiyotining xususiyati, uning makon va zamondagi mavjudlik shakllariga, har bir narsa yoki hodisaning ayrim belgilari hamda o‘zaro birlikni ifodalovchi umumiy tomonlarini ifodalaydigantushunchalar. Alohidalik kategoriyasi bu olamdagi narsa, voqea va jarayonlarga xos bo‘lgan aniq, yagona, takrorlanmaydigan belgilar hamda xususiyatlarni ifodalaydi.
Mazkur kategoriya tabiat va ijtimoiy hayotdagi narsalarning inson tafakkurida aniq aks etishi, har bir fikr, mulohazaning aniq-ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Alohidalik qonuni predmet va hodisalarning nisbiy barqarorligini ifoda etgani holda tafakkurning rivojlanishini, tushunchalar va bilimimizning o‘zgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Bu qonun fikrning mazmuni, predmet va hodisalarni to‘liqroq bilib borishimiz bilan o‘zgarishini e’tirof etadi. Alohidalik qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakllariga hos bo‘lgan, umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakkurning har bir shakliga xos bo‘lgan, aniq qoidalarda o‘z ifodasini topgan. Tafakkurning tushuncha, hukm (mulohaza) yoki xulosa chiqarish shakllarining har birida fikrlar o‘rtasidagi munosabat bog‘lanishi, shu qonunga asoslangan holda amalga oshadi.
Ziddiyat tamoyili — dialektik tamoyil; narsalarning real ziddiyatlarining asosi. Ziddiyat tamoyili quyidalari asosiy talablar natijasida shakllanadi: a) amaliy ziddiyatlarni aniqlash, ochish; 6) mavjud ziddiyatlarning qarama-qarshi tomonlarini har tomonlama tahlil qilish; v) boshqa qarama-qarshiliklarni tadqiq etish; g) predmetdagi qarama-qarshiliklar birligining har birini alohida bilish asosida boshqa predmetning ziddiyatlari tizimida ziddiyatning o‘rnini aniqlash; d) mavjud ziddiyat rivojlanishi bosqichlarini tekshirish va kuzatish; ye) ziddiyatni hal etish mexanizmini jarayon siftida qabul qilish.



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling