Alijonova guljahon ilhomjon qizi
Download 293.1 Kb.
|
TUGALLANGAN MDI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ziddiyat turlari
Ziddiyat (mantiqda) — muhokama yuritishda, matnda va nazariyada biri ikkinchisini inkor etadigan ikki mulohazaning mavjudligi :
Ziddiyat qonuni (dialektikada) — predmet va hodisalarga obektiv ravishda xos boʻlgan bir butunning qarama - qarshi , musbat va manfiy, tugʻilayotgan va oʻlib borayotgan, yangi va eski tomonlari, belgilari, yoʻnalishlari oʻrtasidagi muhim munosabatlar. Shu munosabatlar kurashi tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining manbaini, harakatga keltiruvchi kuchini va ichki mazmunini tashkil etadi. Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. Ziddiyatlar har xil boʻlib, ular narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol oʻynaydi.5 Ziddiyat turlari Ziddiyatlar turlicha xususiyatiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi Namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra: ichki va tashqi ziddiyatlar. Rivojlanishdagi roliga ko‘ra : asosoy va ikkinchi darajali ziddiyatlar. Vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra: zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar. Jamiyatdagi tipiga ko‘ra: antogonistik va noantoganistik ziddiyatlar Ichki ziddiyat. — narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, "oʻz oʻzidan harakatlanish" ning manbai, rivojlanishning asosiy sababidir. Tashqi ziddiyat bu narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabatlarning ifodasidir. tabiat bilan jamiyat, organizm bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyatdir. Ichki va tashki ziddiyatlar rivojlanish jarayonida bir xil rol oʻynamaydi. Rivojlanishning mohiyati, asosan, ichki ziddiyatlarning hal qilinishi bilan belgilanadi. Ammo tashqi ziddiyatlarni ham eʼtibordan chetda qoldirish mumkin emas. Tashqi ziddiyatlar rivojlanishga bilvosita, yaʼni ichki ziddiyatlarni hal qilishga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Narsa va hodisaning mohiyatini, holatini, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar asosiy ziddiyatlar deb ataladi. Asosiy ziddiyatlar taraqqiyotda hal qiluvchi rol oʻynaydi va barcha boshqa ziddiyatlarga taʼsir koʻrsatadi. Asosiy boʻlmagan ziddiyatlar ham mavjud. Bosh ziddiyat deb rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan asosiy ziddiyatga aytiladi. Narsa va hodisalar rivojlanishining muayyan bosqichidagi bosh ziddiyat, asosiy ziddiyatning aniq koʻrinishi yoki ifodasidir. Antagonistik ziddiyatlar. jamiyatdagi manfaatlari bir biriga tubdan zid boʻlgan kuchlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o‘rtasidagi ziddiyatlardir Antagonistik bo‘lmagan ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir - biriga mone keladigan yoki manfaatlarini oʻzaro kelishtirish mumkin boʻlgan ijtimoiy guruhlar va tabaqalar oʻrtasidagi ziddiyatlardir. Shoʻrolar davrida sotsialistik jamiyatda antagonistik ziddiyatlar yoʻq, unga faqat antagonistik boʻlmagan ziddiyatlar xos degan mafkuraviy fikr targʻib qilingan. Aslida bunday ziddiyatlar mavjud boʻlsada, shoʻrolar saltanati zoʻrlik bilan bu ziddiyatlarning namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan. Sobiq shoʻrolar davlatining baʼzi mintaqalarida sodir boʻlayotgan qonli toʻqnashuvlar, fuqarolar urushi oʻsha hal qilinmay qolgan ziddiyatlarning oqibatidir. Jamiyatdagi ziddiyatlar turli shakl va usullar bilan bartaraf qilinadi. Ulardan baʼzilari eskining yemirilishi va yangining qaror topishi asosida hal qilib borilsa, boshqalari shu ziddiaytni tashkil qilgan qaramaqarshi tomonlarni oʻzaro kelishtirish, murosayu madoraga keltirish, hamjihatlik va hamkorlikka erishish yoʻli bilan bartaraf etilishi mumkin. Keyingi vaqtda jamiyatdagi ziddiyatlarni hal qilishda qoʻllanilayotgan samarali usullardan biri konsensus (oʻzaro kelishuv) dir. Ilgari ziddiyatlarni hal qilishning bu usuliga yetarli eʼtibor berilmagan. Yangicha tafakkurning qaror topishi bilan jamiyatdagi ziddiyatlarni xal qilishda Gegel qayd qilib oʻtgan konsensus usulidan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlib chiqdi. Uzoq yillar davomida birbiriga qarama -qarshi boʻlib kelgan davlatlar, jamiyatdagi qaramaqarshi tomonlar, kuchlar, ijtimoiy guruhlar, harakatlar va partiyalar oʻrtasidagi ziddiyatlarni jamiyatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishda konsensus usuli juda qoʻl kelmoqda. Ziddiayatlarni bartaraf etishdagi bu usul jahon xalqlarining milliy totuvlikka, oʻzaro hamkorlikka va birdamlikka, barqarorlikka erishishida muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda. Yuqorida tilga olingan ziddiyatning turlarini bir- biridan farq qilish zarur, lekin ular oʻrtasida mutlaq chegara yoʻq. Voqelikda ular oʻzaro chirmashib ketadi, bir -biriga oʻtadi va taraqqiyotda xilmaxil rol oʻynaydi. Shuning uchun, ziddiyatlarning har biriga aniq yondashish, ziddiyatni namoyon boʻladigan sharoitni, muhitni, vaziyatni, u oʻynaydigan rolni toʻgʻri hisobga olish 6 Yana shuni qo‘shimcha qilishim mumkinki, pragmatik munosabatda bo‘lgan lingvistik birliklar muayyan birlashtiriruvchi semaga ega bo‘lish birga, o‘zaro farqlovchi semaga ham ega bo‘ladi. Ana shu farqlovchi semalar pradigma a’zolarining o‘zaro ziddlanishi uchun asos bo‘ladi. Sistemaviy tilshunoslikda paradigma a’zolarining ana shunday farqlovchi semalar asosida ziddlanishni belgilash markaziy o‘rinni egallaydi.Chunki lingvistik biliklarni ma’lum sinflarga birlashtirish qanchalik muhim bo‘lsa, sinf a’zolarining bir-biriga ziddlash ham shunchalik ahamiyatlidir. Sinflarga birlashtirishda lingvistik birlik mazmuniy munarijasidagi birlashtiruvchi sema xizmat qilsa, bir- biridan ajratishda farqlovchi sema asosiy ro‘l o‘ynaydi.Shuning uchun sistemaviy tilshunoslik asoschilari ziddlanish tushunchasiga katta e’tibor berib, tilda ziddlanishda boshqa hech narsa yo‘qligini ta’kidlaydilar.7 Download 293.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling