Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Abstrakt va konkret otlar


Download 293.1 Kb.
bet29/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Abstrakt va konkret otlar

Insoniyat o‘zini qurshab turgan olamni doimiy bilishga intiladi. Insoniyatni qurshab turgan olamga ikkiga – botiniy va zohiriy olamga bo‘linadi. Inson botiniy olamni idroki bilim orqali, zohiriy olamni hissiy bilim orqali biladi. Inson o‘zini qurshab turgan olamni muayyan belgi(“kod”), so‘zlar, nomlar yordamida o‘z ongiga ko‘chiradi, o‘z ongida in’ikos ettiradi. So‘zlar qaysi olamning unsurlarini ifodalashiga ko‘ra, botiniy olam unsurlarini ifodalasa, abstrakt(mavhum), zohiriy olam unsurlarini ifodalasa, konkret(aniq) so‘zlarga bo‘linadi. Demak, insonni qurshab turgan olam narsalardan iborat bo‘ladi, inson ongiga “shartli” , so‘zlar vositasida ko‘chadi.


Konkret(narsa) otlar insonning beshta hissiy organi – ko‘rish , eshitish, hid bilish, ta’m va teri – orqali inson ongiga ko‘chsa, konkret ot hisoblanadi:
ko‘rish orqali - oq, qizil, yumaloq, to‘rtburchak, katta, yupqa;
eshitish orqali – otning kishnashi, itning xurishi, xo‘rozning chaqirishi, bo‘rining uvullashi;
hid bilish – xushbo‘y, qo‘lansa, achimsiq, xushxo‘r, achchiq;
ta’m bilish – nordon, shirin, sho‘r, tuzsiz;
teri – issiq, qattiq, momiq, silliq, dag‘al.
Hissiy bilish maydoniga tushgan so‘zlar (narsalarning “kod”lari) konkret so‘z yoki konkret otlar hisoblanadi.
Ot so‘z turkumidan boshqa turkum so‘zlarini konkret so‘z (ot) deyilishida ularning otlashishi nazarda tutiladi. Silliq (mato), tuzsiz (ovqat), qattiq (non), dag‘al (kiyim)...

Konkret otlar so‘zning birlamchi ma’nosi denotativ, so‘zlar ikkilamchi konnotativ, uchlamchi pragmatik ma’no hisoblanadi.




Otning grammatik kategoriyaldari

O‘zbek tilida otning grammatik kategoriya elementlari uchta – kelishik,egalik va son kategoriyalaridir.Grammatik kategoriya elemenlari ikki xil vazifani bajaradi, birinchi – mustqil otlarga (ayni paytda, otlashgan so‘zlarga ham) qo‘shilib, semantik funksiya – ma’no yuklaydi, egalik kategoriyasi shaxslardan biriga tegishlilik, taalluqlilik, xoslik, qarashlilik kabi ma’nolarni ifodalash bilan birga sintaktik vazifa bajaradi, gapda biror gap bo‘lagi - ega, kesim va boshqa vazifalarni bajaradi. Oq ko‘ylagim bor deysan, ajab-ajab, nega kiyib yurmaysan, ajab-ajab (Qo‘shiq) . Ko‘ylakka egalik qo‘shimchasining qo‘shilishi ko‘ylakning boshqa ko‘ylaklardan oqligi bilan ajralib turishi va boshqalaridan yaxshiroq va bu ko‘ylak “men”ga tegishli ekani ifoda etilyapti. Kelishik kategoriyasi ot yoki otlashgan so‘zlarga qo‘shilib o‘zi qo‘shilgan so‘zga sintaktik(grammatik) ma’nodan tashqari semantik ma’no ham yuklaydi.



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling