Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet27/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Modal so‘zlar turkumi

So‘zlovchining o‘zi aytyotgan fikrga shaxsiy munosabatini ifodalovchi so‘zlar modal so‘zlar deyiladi27. Modal so‘zlar so‘zlovchining o‘zi bildirayotgan fikrga favqulotda munsabatini, tinglovchining fikridan qat’iy nazar, ifodalaydi. Modal so‘zlar hech qanday sintaktik vazifa bajarmaydi, gapning qayerida yoki qanday shaklda kelishidan qat’iy nazar ikki tomondan vergul bilan ajratiladi, ifodalanayotgan gapning umumiy mazmuniga qo‘shimcha, ustama ma’no yuklaydi, gap tarkibida modal so‘zlar kirish, kirish birikma va kiritma konstruksiya bo‘lib keladi. Mazkur modal ma’nolar gapda anglashinayotgan ish-harakatning bajarilish yoki bajarilmaslikning ketma-ketligini, tartibini, aniq yoki noaniqligini, gumon yoki tusmoligini, inkor yoki tasdiqni va boshqalarni ifodalaydi. Modal so‘zlarga dastlab, haqiqatan, darvoqe, albatta, shubhasiz, ehtimol, chamasi, aftidan, balki, ha, yo‘q, menimcha, eshitishimcha, fikri ojizimcha va boshqalar kiradi.


Undov so‘zlar turkumi

So‘zlovchi nutqida turli xil his-hayajon, hissiyot, undov, xitob, chaqiriqlarni ifodalash uchun ishlatiladigan so‘zlar turkumi undov so‘zlar turkumi deyiladi. Undov so‘zlar inson ruhiy holatining ifodasi hisoblanadi. Undov so‘zlar sof undov so‘zlarga va buyruq- xitob undov so‘zlariga bo‘linadi. Sof undov so‘zlar insonning ruhiy holati natijasida, kuchli his-hayajon, qo‘rquv natijasida inson og‘zidan favqulodda va beixtiyor otilib chiqqan tovushlarning ifodasi hisobanadi. Oh, voh, voy, uf, eh, ey, o‘h, uh, hah...


Buyruq-xitob undovlari insonlarga nisbatan buyurish, chaqirish, xitob qilish, diqqatini tortish, ogohlantirish (hoy, hey, xov, ey...)kabi ma’nolarni ifodalasa, hayvonlarga (paranda, gazanda, jonivor...) nisbatan haydash, chaqirish, tinchlantirish(xo‘sh, beh, tak, chip, kisht, chuh... ) kabi ma’nolarda ishlatiladi.


Taqlid so‘zlar turkumi
Bizni qurshab turgan olam, tabiat hodisalari, tabiiy-sun’iy jarayonlar, narsa-buyum, texnika, hayvonlar, jonivorlardan chiqayotgan tovushlarning inson ongiga ko‘chishi va shartli tovush butunligiga ega bo‘lishi taqlid so‘zlar turkumi deyiladi. Taqlid so‘zlarni turli millat vakillari o‘z tillariga xoslab shartli ravishda qabul qilinadi. O‘zbek tilidagi taqlid so‘zlar bilan rus tilidagi (yoki boshqa tillardagi) taqlid so‘zlar o‘zaro farqlanadi. It xov-xov - gov-gov, xo‘roz qu-qu - ku-ku, g‘oz g‘a-g‘a – ga-ga, stol taq-taq - tuk-tuk, soat - chiq-chiq - tik-tik...
Taqlid so‘zlar tovushga (ovoz chiqishi bilan bog‘liq sharpa, shovqin, g‘ovur, jaz...) taqlid so‘zlarga – taq-tuq, qars, duk, shilp, paq, dir... va obrazga (tasvir, ko‘rinish bilan bog‘liq holat, harakat, jilva...) taqlid so‘zlarga – alang-jalang, pildir-pildir, yalt-yult, miltir-miltir...- bo‘linadi.


Ot
Bizni qurshab turgan turgan olamdagi inson, hayvon, tabiat,narsa, joy, voqea-hodisa nomlarini bildirib, k i m?, n i m a?, q a ye r? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladigan so‘zlar turkumi ot deyiladi. Inson, baliq, gul, tog‘, shahar, to‘y, yomg‘ir ...
Otlar lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra va grammatik tuzilishiga ko‘ra turlarga bo‘linadi.
Lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra:
1.Atoqli va turdosh otlar.
2.Abstrakt va konkret otlar.
3.Yakka va jamlovchi otlar.



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling