Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet23/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

So‘z yasalishi

Har qanday tilning markaziy birligi so‘z, shu tilning leksik fondi bo‘lishi bilan birga tilning boshqa tarmoqlariga nisbatan doimo harakatda, o‘zgarish va yangilanishi bilan farqlanadi. Tilning sistema,” ochiq sistema” ekanligi tilning markaziy birligi bo‘lgan so‘zda o‘z isbotini topadi. Tilimizdagi mavjud so‘zlar vaqtlari o‘tishi bilan eskirib til sistemasi “ochiq sitema”sidan tushib qolishi, tilga yangi so‘zlarning kirib kelishi yoki tilda o‘z imkoniyat doirasida yangi so‘zlar yasalishi mumkin. Tilda so‘zlarning yasalishini tilshunoslikning so‘z yasalishi bo‘limi, so‘zlar eskirib eski qatlamga o‘tishini yoki boshqa tillardan yangi so‘zlar olinishini tilshunoslikning leksik qatlamlar tarmoqlari o‘rganadi25.


Ijtimoiy hayotda, ilm-fan, texnika, siyosat, iqtisodiyot, sport, madniyatda ro‘y berayotgan har qanday yangilik, o‘zgarish, kashfiyot tilda so‘zlar ifodasida in’ikos etadi. Yangilik muallifi millat vakili o‘z kashfiyotini o‘z tilida nomlaydi, boshqa tillarda shu yangilikka mos so‘z bo‘lsa, shu so‘z bilan, agar mos so‘z bo‘lmasa, muallif til so‘zi bilan qabul qiladi. Kompyuter, parovoz, velosiped, baydarka, agronom, radio...(kompyuter – bilim qazoni, poyezd – otash arava, velosiped – shayton arava,agronom – ekin bilgich, radio – uzoq nigor deyilsa, bilingvistik qonuniyatlar buziladi.)
Tillar hamkorligi, bilingvistik qonuniyatlar asosida qabul qilingan so‘zlar keyingi bosqichda yangi so‘zlar hosil qilishda asos bo‘lishi mumkin. Kompyuterchi, paravozchi, velosipedchi, baydarkachi, agronomshunoslik, radio usta...
So‘z yasalishi atamasi tilshunoslikda ikki ma’noda qo‘llaniladi: a) so‘z yasalishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi tilshunoslikning bir tarmog‘ining nomi; b) so‘z yasalishi jarayonining nomi.
So‘z yasalish usullari, so‘z yasalish turlari, so‘z yasovchi vositalar umumlashib so‘z yasalishi so‘z yasalish tarmog‘ining nomini anglatadi.
So‘z o‘zagiga so‘z yasovchi vositalarning qo‘shilishi vositasida so‘z yasalishi(affiksatsiya, morfologik usul) , so‘zga so‘zlarning qo‘shilishi vositasida so‘z yasalishi (kompozitsiya, sintaktik), so‘zga hech qanday vositalar qo‘shilmasdan so‘z yasalishi ( semantik) so‘z yasalish jarayonini anglatadi.


So‘z turkumlari

Tildagi mavjud so‘zlar muayyan va mavhum tushunchani (ma’noni) ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu tushunchalar narsa, odam, hayvon, parranda, gazanda, jin, farishta, o‘simlik, voqea, hodisa, tabiat, koinot va boshqalar haqida bo‘lib, “fonetik qobiq”, “akustik obraz” yordamida inson ongida in’ikos etadi.


Tilimizdagi mavjud so‘zlar, dastlab, uch turkumga – ot turkumiga, fe’l turkumiiga va yordamchilar turkumiga ajraladi.



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling