Alijonova guljahon ilhomjon qizi
So‘z o‘zgartiruvchi morfemalar
Download 293.1 Kb.
|
TUGALLANGAN MDI
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z shakl yasovchi affikslar.
So‘z o‘zgartiruvchi morfemalar. So‘z o‘zgartiruvchi affikslar so‘zlarga qo‘shilib ularning ma’nosini o‘zgartirmasdan, boshqa so‘zlar bilan grammatik(sintaktik) aloqasini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi morfemalar hisoblanadi. So‘z o‘zgartiruvchi affikslar so‘zning o‘zak-negiziga qo‘shilishi mumkin, yoki so‘z yasovchi qo‘shimchalardan va so‘z shakl yasovchi qo‘shimchalardan keyin qo‘shilishi mumkin.
So‘z o‘zgartiruvchi affikslarga otning grammatik kategoriya elementlari – kelishik, egalik, son va fe’lning grammatik kategoriya elementlari – zamon, nisbat, mayl, shaxs-son qo‘shimchalari kiradi. Kitobga, Kitobim, Kitoblar – otning grammatik kategoriya elementlari. Bordi, Borishdi, Borsam, Bording – fe’lning grammatik kategoriya elementlari. So‘z o‘zgartiruuvchi affikslar bir so‘zga bitta o‘zi yoki bir necha so‘z o‘zgartiruvchi affikslar qo‘shilishi mumknn. Maktab – birlik, bosh kelishik, ikkisi ham “nol ” shaklda, maktablar – ko‘plik son, maktablarimiz – ko‘plik va egalik, maktablarimizga - ko‘plik qo‘shimchasi, egalik qo‘shimchasi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi Borgan – o‘tgan zamon, borgansan – o‘tgan zamon, shaxs-son, borishgansiz – birgalik nisbati, o‘tgan zaamon, shaxs-son. So‘z shakl yasovchi affikslar. So‘z shakl yasovchi affikslar so‘zlarga qo‘shilib, so‘zning asl ma’nosini o‘zgartirmaydi,so‘zning boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasini ta’minlamaydi, so‘z ma’nosiga qo‘shimcha – ustama ma’no yuklaydi. Qiz, qizaloq, qizcha, qizgina. So‘z shakl yasovchi affikslarga otning nogrammatik kategoriya elementlari otlardagi o‘xshatish – dek, –day (-dayin), akamdek, hurmat –lar, akamlar, chegara –gacha, Dubaygacha, xoslik –niki, akamniki, qiyos – cha, akamcha (bo‘yi), kesatiq-kinoya – lar, akamlar (o‘zlariga xon), kichraytirish – cha, kitobcha, erkalash – -xon, -jon, -bek, -oy, undash-chaqirish – ov, - uv,- e, akamuv va boshq., fe’llardagi funksional shakllar – harakat nomi – ish, -moq, -uv, o‘qishda uquv qilmoq kerak. Sifatdosh – yotgan, - digan, -ar,-vchi, o‘qiyotgan bola, bo‘ladigan yigit, qaytar dunyo. Ravishdosh – (i)b, -ay, -gani, -guncha. –gach,sifatning ozaytirma daraja shakllarini yasovchi –roq, - ish,- imtir shakli, sifatning kuchaytirmashaklini yasovchi qip-, sap-, qop-, sonlarning ma’no turlarini bildiruvchi taxmin –tacha, tartib – inchi, taqsim –tadan, olmoshlardagi gumon bildiruvchi – dir, so‘z yuklama qo‘shimchalari – so‘roq –mi,-chi, -a, - ya, ta’kid – ku, - da, -oq, - yoq, -yu shakllari so‘z shakl hosil qiluvchi affikslar hisoblanadi. Download 293.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling