Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet21/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Grammatik kategoriyalar

Kategoriya so‘zi gruppalashtirish, birlashtirish ma’nolarini ifodalaydi va tilda “maydon” haqida tasavvur beradi.


Kategoriya tushunchasi birinchi bo‘lib ( Aristotelda) falsafaga, logikaga kiritilgan va hozirgi kungacha qator o‘zgarishlarga uchragan bo‘lsa ham yashab kelmoqda. Qizig‘i, logik-falsafiy kategoriya Aristotel tomonidan til grammatik qurilishiga predikativ formasi sifatida kiritilgan.
Grammatik kategoriya, avvalo, morfologiya va sintaktik-semantak kategoriyalarga bo‘linadi. Grammatik kategoriyalarning bunday turlari bir biriga tobe bo‘lmagan va teng huquqli, bir birini to‘ldiruvchi kategoriyalar hisoblanadi.
Morfologik kategoriyaga otlarning kelishik, son va egalik , fe’llarning shaxs-son, zamon, nisbat, mayl, sifat va ravishlardagi qiyoslash darajalari xosdir.
Sintaktik-semantik kategoriyaga sintaktik aloqa va uni ta’minlovchi vositalar,so‘z birikmasi va uning turlari, gap va gap paradigmasi, gapdan yirik birliklar sintaktik – semantik qurilish qonuniyatlari xosdir.
Grammatik kategoriya elemenlari grammatik paradigmani hosil qiladi. Masalan, kelishik paradigmasi, zamon paradigmasi, so‘z birikmasi paradigmasi, gap paradigmasi va boshqalar.
Ikki yoki undan ortiq teng qimmatli birliklarning o‘zaro bir birini taqazo va inkor qilishiga grammatik kategoriya deyiladi. Masalan, kelishik kategoriyasi, son kategoriyasi, zamon kategoriyasi...
O‘zbek tilida kelishik kategoriyasi elementlari oltita, birdan ortiq, grammatik shakli katta-kichikligidan qat’iy nazar (bosh kelishik “nol”, chiqish uchta, jo‘nalish ikkita tovush, harf) bir xil funksiya bajaradi, teng huquqli, ot yoki otlashgan so‘zlarga qo‘shilib ularni boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasini ta’minlaydi, bosh kelishik qaratqich kelishigini taqazo qiladi, chunki boshqa kelishiklar bo‘lmasa, bosh kelishik ham bo‘lmaydi, ayni paytda bosh kelishik qaratqich kelishigi emas, birlik shuning uchun birlikki, ko‘likning borligi uchun, ayni paytda birlik ko‘plik emas, birinchi shaxs shuning uchun birinchi shaxski, ikkinchi shaxsning boligi uchun, ayni paytda birinchi shaxs ikkinchi shaxs emas va hakazo.
Har qaysi kategoriya doirasidagi formalarning ma’nosi o‘zaro qarshilantirish asosida aniqlanadi. Kategoriya ma’nosi shu kategoriyani hosil qiluvchi formalarning chog‘ishtirilishidan tashkil topadi.
Kategoriya elementlari o‘zaro bir – biriga qarama-qarshi turadi: kitob-kitoblar, yozdi- yozmadi.
Grammatik kategoriyaga xos xususiyat zidlanish, birlik-ko‘plik, o‘tgan zamon-kelasi zamon, jo‘nalish-chiqish, shaxsi aniq gap-shaxsi noaniq gap, sodda gap-qo‘shma gap...

Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling