Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet19/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

MORFEMIKA

Morfemika so‘zning tashkil etuvchi qismlarini, so‘zning strukturasini o‘rganuvchi tilshunoslikning bir bo‘limi hisoblanadi. So‘zning tashkil etuvchi qismlar morfemalar deb yuritiladi. Morfemalar ikkiga bo‘linadi: a) ma’noli morfemalar; b) ma’nosiz morfemalar. Ma’noli morfemalar a s o s (o‘zak) morfema, ma’nosiz morfemalar yo r d a m ch i (qo‘shimcha) morfema deyiladi. Asos morfema so‘zning eng kichik, boshqa morfemalarga bo‘linmaydigan ma’noli qismi sanaladi. Asos morfema so‘zdan anglashinayotgan asosiy tushunchani ifodalaydi, leksik ma’noga ega bo‘ladi. Yordamchilarimizga so‘zida asos morfema Yordam so‘zi hisoblanadi va so‘zdan anglashinayotgan yordam tushunchasini, madad, ko‘mak ma’nosini ifodalayapti. Mazkur so‘zdagi –chi, -lar, -imiz, -ga qismlari esa yordamchi morfemalar sanaladi, ular leksik ma’no ifodalamaydi, grammatik ma’no ifodalaydi va turli grammatik funksiyalarni bajaradi. Jumladan, -chi morfemasi so‘z yasash, shaxs otini yasash funksiyasini, -lar morfemasi ko‘plik funksiyasini, -imiz egalik funksiyasini, -ga jo‘nalish kelishigi funksiyasini bajaradi.


Asos morfema so‘zning asosiy ma’nosini ifodalash bilan birga shu so‘z asosida yangi so‘z yasash uchun asos bo‘ladi. Shunga ko‘ra asos morfema ikkiga o‘zak va negizga ajraladi. O‘zak morfema o‘z asosidan ikkinchi so‘zning yasalishiga asos bo‘ladi va negizni hosil qiladi, negiz ham, o‘z navbatida, o‘z asosidan uchinchi yangi so‘zning hosil bo‘lishiga asos bo‘ladi24. Yog‘ingarchilik, yong‘inchan, bilimdon, terimchi kabi so‘zlarda yog‘, yon, bil, ter so‘zlari o‘zak, yog‘in, yong‘in, bilim, terim so‘zlarini yasalishiga asos bo‘lyapti va bu so‘zlar ham , o‘z navbatida, yog‘ingarchilik, yong‘inchan, bilimdon, terimchi so‘zlarining yasalishiga negiz bo‘lyapti.
Yordamchi morfema so‘zning lug‘aviy manosini ifodalamaydi, grammatik funksiya bajaradi, yoki grammatik ma’no ifodalaydi. Bajarayotgan funksiyasiga yoki ifodalayotgan grammatik ma’nosiga ko‘ra: a)so‘z yasovchi yordamchi morfemalar, b)so‘z o‘zgartiruvchi yordamchi morfemalar, v)so‘z shakl yasovchi yordamchi morfemalarga ajraladi. . Yordamchi morfemalarni affiks (lot. affixis - birlashtirilgan) morfemalar yoki qo‘shimchalar deyiladi.

Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling