Alijonova guljahon ilhomjon qizi
Download 293.1 Kb.
|
TUGALLANGAN MDI
Leksikografiya
Leksikografiya (yun. Lexikos – lug‘at, grapho - yozaman) tilshunoslikning bir sohasi hisoblanib, leksikologiya bo‘limida o‘rganiladi. Leksikografiya tilshunoslikning eng qadimiy sohalaridan biri hisoblanadi. Jahon tilshunosligi tarixida arab tilshunosligi tilshunoslikning barcha sohalarida, xususan, leksikografiya sohasida juda katta yutuqlarga erishdi.O‘zbek tilshunosligi arab tilshunosligidan nazariy va amaliy bahra oldi va shakllandi. Bizga ma’lumki, arab tilshunosligi o‘rta asrlarda shunday yutuqlarga erishdiki, Yevropa tilshunosligida birorta tilshunoslik XIX asrning ikkinchi yarmigacha arab tilshunosligi erishgan darajaga yeta olmagan, ayniqsa, leksikografiya sohasida erishgan yutuqlarini juda ko‘plab tilshunoslik maktabi vakillari e’tirof etishgan. Buyuk bobokalonlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, , Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Zamahshariy, Alisher Navoiy, Abulg‘oziy Bahodirxon va boshqalar o‘zbek leksikografiyasining rivojiga barakali hissa qo‘shdilar. Tildagi mavjud so‘zlar muayyan maqsad asosida to‘planb, ma’lum mazmun mundarijasi asosida tartiblanib butun holiga keltirilishi lug‘at deyiladi. Tilshunoslikda lug‘at, lug‘at tuzish va lug‘at bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha leksikografiya deb yuritiladi. Leksikografiya ikkiga nazariy leksikografiyaga va amaliy leksikografiyaga bo‘linadi. Nazariy leksikografiya lug‘atchilikning nazariy masalalari bilan shug‘ullanadi, jahon leksikografiyasining ilg‘or yutuq va metodlaridan foydalanadi. Amaliy leksikografiya nazariy leksikografiyaning ko‘rsatmalariga asosan, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga ko‘ra material to‘plash bilan, emperik bosqich bilan shug‘ullanadi. Lug‘atlarga xos asosiy mohiyat ob’yekt qamroviga kirgan materiallarni alfavit tartibiga solish, tartiblash va mundarijalashdan iborat. Alfavit tartibiga solish ikki xil: 1) tashqi alfavit tartibi; 2) ichki alfavit tartibi. Tashqi alfavit tartibida ob’yekt materiallari alfavitdagi harflarning tartibi asosida tartiblanadi. A.B.V.G.D... Ichki alfavit tartibida ob’yekt materillari alfavitdagi har harfdan keyin alfavitdagi barcha harflar yana tartiblanadi. 1.) A. Aa. Ab. Av. Ag. Ad... 2) ABa. ABb. ABv. ABg. ABd... 3) ABVa. ABVb. ABVv. ABVg. ABVd... 3)ABVGa. ABVGb. ABVGv. ABVGg. ABVGd... 4)ABVGDa. ABVGDb. ABVGDv. ABVGDg. ABVGDd... Lug‘atlar maqsad mohiyatiga ko‘ra Ensiklopedik, qomusiy lug‘atlarga va lingvistik, filologik lug‘atlarga bo‘linadi. Download 293.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling