Alijonova guljahon ilhomjon qizi


So‘zlar iste’moliga ko‘ra o‘zbek tili leksikasi


Download 293.1 Kb.
bet16/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

So‘zlar iste’moliga ko‘ra o‘zbek tili leksikasi

Tildagi mavjud so‘zlar iste’mollanish darajasiga ko‘ra, ya’ni nutqiy muloqot mohiyatiga ko‘ra iste’mol doirasi chegaralangan va iste’mol doirasi chegaralanmagan leksikaga bo‘linadi. Kundalik ijtimoiy hayotga oid tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar iste’mol doirasi chegaralanmagan leksika hisoblanadi. Iste’mol doirasi chegaralanmagan leksika deyilganda, tabiatga oid, uy-ro‘zg‘orga oid, ma’naviyat-ma’rifatga oid, ijtimoiy munosabatlarga va boshqa – boshqalarga oid tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar tushuniladi va bu so‘zlar millat nutqiy faoliyatida ishtirok etadigan faol so‘zlar deb yuritiladi.


Iste’mol doirasi chegaralangan leksika deyilganda, millat muayyan ijtimoiy hayotining ba’zi sohalariga oid tushunchalar, ya’ni, millat tarixiga doir, san’atiga doir, millat urug‘larining xududiy dialektlariga doir, muayyan soha yoki guruh vakillarining so‘zlashuviga doir so‘z va atamalar tushuniladi. Iste’mol doirasi chegaralangan leksikaga e s k i, t a r i x i y so‘zlar (istorizm va arxaizm), ya n g i so‘zlar(neologizm), shevaga oid so‘zlar(dialektizmlar), jargon va argonlar kiradi.


Yangi so‘zlar

Ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan har qanday o‘zgarish, yangilik va kashfiyot, birinchi navbatda, xalqning tilida, uning leksikonida o‘z aksini topadi. Ijtimoiy hayotdagi bunday yangiliklarni ifodalovchi so‘zlar yangi qatlam yoki neologizmlar deb yuritiladi, ularda yangilik bo‘yog‘i sezilib turadi, vaqtlar o‘tishi bilan yangilik bo‘yog‘i yo‘qolib boradi va bu so‘zlar zamonaviy qatlamga o‘tadi. Yangi qatlam jamiyat va tabiatining barcha jabhalaridagi – ilm-fan, madaniyat-sport, adabiyot-san’at, osmon-yer, o‘rmon-tog‘ – yangiliklarni qamrab oladi. Yangi qatlam so‘zlari, dastlab, umumiste’mol doirasi chegaralangan, passiv qatlamga mansub bo‘ladi, chunki yangi so‘zlar ijtimoiy hayotning muayyan tizimiga, masalan, ta’lim tizimiga, meditsina tizimiga, iqtisodiyot tizimiga, sport, kompyuter, ilm-fan va hakazo, vaqtlar o‘tishi bilan ijtimoiy hayotga ommalashadi, umumiste’mol qatlamiga o‘tadi. Shou, media, form, aksiya, intellekt, konvertatsiya, temir daftar, super, valyuta,





Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling