Alijonova guljahon ilhomjon qizi
Leksikologiya va semasiologiya
Download 293.1 Kb.
|
TUGALLANGAN MDI
Leksikologiya va semasiologiya
Leksikologiya grekcha - lexikos – so‘z, lug‘at, logos- ta’limot ma’nosinini bildirib, so‘z , so‘z ma’nosining kengayishi, torayishi, yo‘qolishi, o‘zgarishi, ma’no ko‘chishi, so‘z ma’nosining taraqqiyoti, so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, o‘z va o‘zlashgan, eski, hozirgi, yangi qatlam, frazeologiya, terminologiya, etimologiya, leksikografiya kabi hodisalar haqida ma’lumot beruvchi tilshunoslikning bir bo‘limi hisoblanadi. Ob’yektiv borliqdagi mavjud, nomavjud narsa, voqea, hodisa, mazmun-mohiyat ifodasi asosiga qurilgan, ular haqidagi mavhum tushunchani ifodalovchi tovush yoki tovushlar majmui, fonetik butunlik so‘z deyiladi. So‘z ob’yektiv borliqdagi narsa, voqeaning atash ifodasiga ko‘ra leksik sath birligi, ob’yektiv borliqdagi narsa-voqeaning grammatik ma’no ifodasiga ko‘ra morfologik yoki sintaktik sath birligi hisoblanadi. Masalan, kitob so‘zining o‘quv manbai, o‘qiladigan narsaligini ifodalashi bilan, ya’ni so‘zning leksik ma’no ifodalashi uning leksik sath birligi ekanligini ko‘rsatsa, uning ot, sodda, birlik, bosh kelishik ekanligini ko‘rsatishi, grammatik (morfologik) ma’no ifodalashi morfologik sath birligi, gapda biror gap bo‘lagi vazifasini bajarishiga ko‘ra sintaktik sath birligi ekanligidan dalolat bermoqda. So‘zning leksik ma’nosi deyilganda umumiste’moldagi barcha uchun tushunarli bo‘lgan so‘z ma’nosi tushuniladi. Kitob so‘zini talaffuz qilish barobarida tinglovchi, inson ongida o‘quv quroli (o‘qiladigan narsa) haqidagi umumiy va mavhum narsa haqidagi tushuncha uyg‘onadi. Kitobning qanday kitob ekanligi, nima haqidagi kitob ekanligi va boshqa-boshqa ma’lumotlar dastlabki nutqiy vaziyatda mavhum bo‘ladi. Nutqiy muloqotning keyingi bosqichlarida kitob haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar asosida kitob ma’nosi aniqlanib, mavhum ma’nolardan tozalanib, konkretlashib boradi. Denotativ ma’no har qanday emotsional-ekspressivlikdan, ijobiy va salbiylikdan, so‘zlovchining subektiv munosabatidan holi, mo‘’tadil munosabatni ifodalaydi. Konnotativ ma’no esa “ustama” ma’no bo‘lib, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘ladi, emotsional-ekspressiv bo‘yoq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Konnotativ ma’no denotativ ma’noning ustiga qo‘yiladi, so‘zlovchining o‘zi bildirayotgan fikriga sub’yektiv munosabatini ifodalab, so‘z ma’nosining keyingi bosqichi hisoblanadi. Yuz – qosh, ko‘z, burun, og‘iz joylashgan joyning nomi, yoki kallaning oldi qismi, yoki o‘ng quloqdan chap quloqqacha, soch chiqqan joydan iyakkacha bo‘lgan joyning nomi yuz – denotat, mazkur denotatning sinonimik shakllari – chehra, jamol, oraz... yoki turq, bashara, shixt – konnotat hisoblanadi, ijobiy yoki salbiy bo‘yog‘i bor, so‘zlovchi mazkur vaziyat uchun munosib deb bilgan variantini tanlaydi.. Pragmat ma’no ijtimoiy, amaliy ma’no hisoblanib, asrlar davomida qo‘llanib kelinayotgan denotat yoki konnotat to‘ldira olmayotgan bo‘sh o‘rinlarni, o‘zi qoniqmayotgan jihatlarni qondirish uchun millat tomonidan o‘ylab topilgan amaliy ma’no bo‘lib, shu millatning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy, geografik-areal, diniy-etnografik, tarixiy-adabiy, psixologik-ruhiy va boshqa jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Yuz belgisining istara, farishta(li), azroil (tuki bor) shakllari pragmat ma’nosi hisoblanadi. Muayyan bir belgining bir millatdagi pragmat shakli boshqa millatda bo‘lmasligi yoki shu millatning o‘z muqobil varianti qabul qilingan bo‘lishi mumkin. Masalan, Sibir xalqlarining qor bilan bog‘liq bo‘lgan pragmat tushunchasi arab xalqlariga, arab xalqlarining tuya yoki sahroliklar bilan bog‘liq pragmat tushunchasi Sibir xalqlariga, yapon, xitoy xalqlarining ilon, ajdarho bilan bog‘liq pragmat tushunchasi, bizning qo‘y bilan bog‘liq pragmat(iftixor) tushunchamiz ruslarning qo‘y – “baran” tushunchasiga mos kelmaydi yoki muayyan so‘zning denotativ, konnotativ ma’nolari boshqa millatlarda ham bo‘lishi mumkin, pragmativ ma’nosi bo‘lmasligi mumkin. Demak, pragmativ ma’no muayyan bir tilda mavjud barcha so‘zlarda ham bo‘lmasligi mumkin. Shakl Bir shakl bir ma’noni taqozo qiladi, albatta, bu aksa- = so‘z. riyat hollarda insoniyat hayotining sodda turmush tar - ma’no zi davriga ko‘proq mos keladi va bu masala tilshunoslik tarixida juda ko‘p tortishuv va bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Dunyo tamaddunining rivojlanishi tilning barcha sath birliklarida, jumladan, leksik sathida ham emotsional o‘zgarishlarni taqozo qiladi. Qadimgi Yunon va Rim tilshunosligidagi so‘zning dastlabki shakl va ma’no dialektik yaxlitligining buzilish – sh(shakl)= m(ma’no); sh = m; sh < m; sh > m; sh ≠ m; sh ± m – jarayoni qadim davrlardan boshlab tilshunoslar diqqat markazida bo‘lgan va har bir davr ushbu til hodisasiga o‘z munosabatini bildirgan. Download 293.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling