Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet10/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Fonetika va fonologiya
Fonetika va fonologiya o‘zaro farqlanadi, fonetikaning yuqori bosqichi fonologiya hisoblanadi. Fonetikaning ham, fonologiyaning ham o‘rganish ob’yekti nutq tovushlari va nutq tovushlari bilan bog‘liq tushunchalar va til hodisalari hisoblanadi. Nutq tovushining uch tomoni mavjud - 1) biologik(fiziologik, o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘igacha bo‘lgan davri), 2) fizik(akustik, og‘iz bo‘shlig‘idan chiqqan havoning tinglovchining qulog‘iga yetib borguncha bo‘lgan davri), 3) funksional (sotsial, tinglovchining qulog‘idagi o‘ta sezuvchan membirion pardaga o‘rilgan havo to‘lqinining miyada muayyan chastota, amplituda, tembr, intensivlikda in’ikos etish, tovushga aylanish davri), nutq tovushining biologik, fizik tomonini fonetika, funksional tomonini va nutq tovushlarining keyingi bosqichlarini fonologiya o‘rganadi, lekin ikkisi alohida-alohida bo‘lim emas, bir bo‘limning ikki etapi – fonetika nutq tovushlarining biologik va fizik tomonini o‘rganuvchi quyi etap, fonologiya nutq tovushlarining sotsial tomonini o‘rganuvchi yuqori etap hisoblanadi.
Jarangli va jarangsiz undoshlar faqat bir belgisi bilan “B” –“P”, “K” – “G”, “D” – “T”... , yuqori tor unlilar “I” – “U” faqat bir belgisi – lablanish va lablanmasligi bilan farqlanadi, bu farqlanish artikulyatsiya usuli yaqin tovushlar, yoki bir belgi bilan farqlanuvchi tovushlar(odinar) sanaladi, ikki(binar) va uch(tenar), undan ortiq(polinar) belgilar bilan farqlanuvchi tovushlar ham bo‘lishi mumkin, “ I” – “O‘” – oldi qator orqa qatorlik, lablangan lablanmaganlik, yuqori, tor o‘rta kenglik.
O‘zbek tili nutq tovushlari
Inson nutq organlarining harakat faoliyati natijasida bevosita va bilvosita hosil bo‘lgan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Bosh miyaning buyrug‘i asosida nutq tovushi hosil qilish uchun inson o‘pkasidan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘idagi holatiga (siqilishi, sirg‘alishi, portlashi...) qarab nutq tovushlari ikkiga – unli va undosh tovushlarga ajraladi.
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasdan, bevosita sof ovoz(un)dan iborat bo‘lsa, unli tovush deyiladi. Muayyan bir tildagi mavjud unlilar sistemasi vokalizm deyiladi.19 (Vokalis – lat, un, ovoz ). O‘zbek tilida oltita unli tovush mavjud – “I”, “E”, “A”, “U”, “O‘”, “O”. Mazkur unli tovushlarni talaffuz qilinishidagi nutq organlarining artikulyatsion faoliyati(nutq organlarining harakat-holati)ga ko‘ra ular to‘rt tamondan tasnif qilinadi. 1) Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra – oldi qator-orqa qator, 2)tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra – yuqori, o‘rta, quyi, 3)og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra – tor, o‘rta, keng, 4)lablarning ishtirokiga ko‘ra - lablangan, lablanmagan. O‘zbek tilida tilning ko‘tarilish darajasi passiv (nofaol) hisoblanadi. Oldi qator unlilar – “I”,”E”, “A”, orqa qator unlilar – “U”, “O‘”, “O”, lablanmagan unlilar “I”, “E”, “A”, lablangan unlilar “U”, “O‘”, “O”, tor unlilar – “I”, “U”, o‘rta unlilar – “E”, “O‘”, keng “A”, “O”, tasnifni soddalashtirsak, oldi qator, lablanmagan – “I”, “E”, “A”, orqa qator, lablangan, unlilar – “U”, “O‘”, “O”.






Oldi qator




Orqa qator

Lab -magan, tor,yuqori

I (Ӥ)

Lab-gan, tor,yuqori

U
(Ӱ)

Lab-magan,o‘rta,quyi

E (I)

Lab-gan, o‘rta,quyi

O‘
(Ӧ)

Lab-magan,quyi,keng

A (Ӓ)

Lab-gan , quyi,keng

O
( - )



O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchrab, bilvosita jilolanishidan hosil bo‘lgan tovushlar undosh tovushlar deyiladi. Muayyan bir tildagi mavjud undosh tovushlar sistemasi konsonantizm deyiladi. (Konsonant – lat. shovqin, undosh).O‘zbek tilida yigirma beshta undosh tovush mavjud bo‘lib. Ular uch tamondan – 1)hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra, 2)hosil bo‘lish usuliga ko‘ra, 3)ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra tasnif qilinadi. Undosh tovushlarning qaysi bo‘shliqda va qaysi nutq organida hosil bo‘lishiga qarab lab undoshlari, til undoshlari va bo‘g‘iz undoshiga bo‘linadi. Lab undoshlari lablarning lab undoshlarini hosil qilishdagi ishtirokiga ko‘ra lab-lab va lab-tish undoshlariga, tilning ishtirokiga ko‘ra til undoshlari va bo‘g‘iz undoshiga bo‘linadi. O‘pkadan chiqayotgan havo nutq organlarining ta’sirida portlab yoki sirg‘alib chiqishidan portlovchi, sirg‘aluvchi va sonor tovushlar hosil bo‘ladi. Unli tovushlar sof ovoz va un (ӰN)dan iborat bo‘lsa, undosh (undosh)tovushlar un(ӰN )dan tashqari turli shovqin va tovushlardan iborat bo‘ladi.
Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra: 1) lab undoshlari – lab-lab – b, p, v(w), m va – lab-tish – f, v (lab-tish tovushlari
o‘zlashma so‘zlarda ishlatiladi)
2)til undoshlari – til oldi – t,n,d,r,l.s,sh,j,dj,ch,s,
til o‘rta – y,
til orqa – k,g, ng,
chuqur til orqa – q, g‘, x,
3) bo‘g‘iz undoshi – h

Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:1)portlovchilar – sof portlovchilar – b, p, d, t, k, g, q ;


va qorishiq portlovchilar – j(dj), s(ts), ch(tsh)
(qorishiqlar ikki tovushdan iborat bo‘ladi,
birinchi tovush portlovchi, ikkinchi tovush sirg‘aluvchi );
2)sirg‘aluvchi – v, f. s, z, y, x, sh, j, g‘, h;
3)sonorlar – m, n, ng, l, r.
Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra: 1) shovqinlilar; 2) sonorlar.
Shovqinlilar: 1) jaranglilar – b, v, g, d, j, dj, z, y, g‘.
2) jarangsizlar – p, f, t, s, ch, k, x, h,


Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling