Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Bir umumiy ma’noga birlashuvchi, ma’no nozikligi bilan farqlanuvchi so‘zlar sinonimlar deyiladi


Download 293.1 Kb.
bet13/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Bir umumiy ma’noga birlashuvchi, ma’no nozikligi bilan farqlanuvchi so‘zlar sinonimlar deyiladi.
Kulmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq, iljaymoq, tirjaymoq... xursandchilikni ifodalovchi bir umumiy ma’no ostida yig‘lamoq, ingramoq, sixtamoq, bo‘kirmoq, dodlamoq... xafachilikni ifodalovchi bir umumiy ma’no ostida birlashuvchi ma’nodosh so‘zlar guruhi bo‘lib, o‘zaro ma’no nozikligi, ma’no jilosi bilan farqlanadi. Guruhning markaziy elementi bosh so‘z – kulmoq, yig‘lamoq – dominant so‘z bo‘lib, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdan xoli, neytral yoki mo‘’tadil so‘z hisoblanadi.
.
Emotsional-ekspressivlik sinonimlar, asl mohiyatan so‘z sinonimlar, grammatik va situatsion sinonimlar yordamida amalga oshiriladi. So‘z sinonimlar yuz, bet, aft, bashara yoki chol, qariya, keksa, oqsoqol kabi bo‘lsa, grammatik sinonimlar fonetik – dedi- deydi (ye-yey), tamosho – tomosha (o-a), ikki – ekki (i-e), morfemik – beaql –noaql (be- no), aqlsiz (be-, -siz), puldor – serpul (-dor, ser-), situatsion sinonimlar yoshlar, o‘quvchilar, bolalar va boshqa. h.k.
Holat situatsion sinonimlarida individ o‘zining noqulay holatini ifodalash uchun “men o‘zimda emas edim, men hushimda emas edim, kayfiyatim yomon edi, shayton yo‘ldan adashtirdi... o‘zim bilmayman” kabi sinonimik birikmalarni qo‘llaydi. Psixologik situatsion sinonimlarida ishoralar, jestlar, xatti-harakatlar, yurishlar, mimikalar bilan turli ruhiy-psixologik holatlar ifodalanadi: 1) sevgi, baxt, 2) hayronlik, 3) qo‘rquv, azob, 4) nafrat, 5) g‘azab, 6) la’nat...
Ekspressiv javoblar, birinchi navbatda, mimik ifodalar yordamida muayyan maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi. Mimik ifoda vositalarini-bioliogik (lab burish, qosh uchirish) yoki individual (muayyan individ odati) turlicha bo‘lishi mumkin. Mimikalar yordamida emotsiyaning ifodalanishi biologik jarayon hisoblanib, so‘zlovchining yoki tinglovchining xarakterini, ifodalanayotgan fikrga u yoki bu jihatdan munosabati (g‘azab, nafrat, qo‘rquv, shodlik, hayrat,...)ni ifodalaydi. Muayyan millatning mentaliteti, urf-odatlari, rasm-rusumlari, milliy madaniyatini ifodalovchi tabu va evfemizmlarda ham so‘zlovchining o‘zi ifodalayotgan fikrga emotsional-ekspressiv munosabati (o‘ldi, yer tishladi, uxlab qoldi, qazo qildi, bandachilik qildi, bo‘lmay qoldi, uchib qoldi...) ifodalanadi.
Morfologik sinonimlar – ko‘makchilar bilan kelishiklar sinonimiyasi: qalam bilan yozdi – qalamda yozdi; ukasiga oldi – ukasi uchun oldi, maktabga ketdi – maktab tomon ketdi, akasini gapirdi – akasi haqida gapirdi va boshqa.
Sintaktik sinonimlar – kattalarning bittasi, kattalardan bittasi; bo‘sh vaqtlar kitob o‘qirdi – bo‘sh vaqtlarda kitob o‘qirdi; mehmonlar keldi – mehmonlar kelyapti, bu shubhasiz, (so‘zsiz, tabiiy) bizning yutug‘imiz – hammamizning yutug‘imiz va boshqalar.
Semantik sinonimlar – tasdiq-inkor, ijobiy-salbiy kabi ma’nolarning ifodalanishi: Handalagi tushmagur, handalagi tushgur, Bo‘yi yetgan yigitlar bor demaysizmi? Bo‘yi yetgan yigitlar bor desangiz. Yaxshi gapirdi ( Yomon gapirdi ma’nosida) – Yomon gapirdi (Yaxshi gapirdi ma’nosida), Dahshat gapirdi ( Yaxshi gapirdi ma’nosida) – yaxshigina gapirdi ( Salbiy gapirdi ma’nosida); Hazillashyapsiz!, Hazillashyapsizmi?(O’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon) va boshqa.
Antonimiya hodisasi deganda, tilda qarama-qarshi, zid ma’no va tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladigan so‘zlar tushuniladi21. Yaxshi – yomon, past – baland, qalin – siyrak, ... Antonim so‘zlar tilda zid ma’no va tushunchalarni muayyan bir belgi asosida qarshilantiriladi. Bu belgi o‘lchov, miqdor, hajm, jins, xususiyat va boshqalar bo‘lishi mumkin, bir belgi asosida qarshilantirilish antonimiyani yuzaga keltiradi. Masalan, unli – undosh, jarangli – jarangsiz, ota – ona, aka – uka, opa – aka, yoz – qish... Antonimiya hodisasi fonetik (tovush) antonimiya (ota – ona, aka – uka), leksik(so‘z) antonimiya (yaxshi – yomon, o‘ng – chap), grammatik (affiksatsiya, kategoriya ) antonimiya (beaql – boaql, birlik – ko‘plik, o‘tgan zamon – kelasi zamon, juda – sal)ga bo‘linadi. Antonimiya hodisasi ham juftlik, ikkita qarama-qarshi ma’noli so‘zdan iborat bo‘lish bilan birga bir so‘zning o‘zida ikkita qarama-qarshi ma’no ifodalanishi mumkin, bunday hodisa enantiosemiya hodisasi deyiladi (enantiosemiya – -in – ichki, anti – zid, semiya – ma’no). Ko‘rmoq so‘zining o‘zida ko‘rmaslik, zahar so‘zining o‘zida dori (davo), chiqish so‘zida kirish (xonadan chiqish koridorga kirish), yomon so‘zida yaxshi ma’nosi (yomon gapirdi). Enantiosemiya (ichki antonimiya) nutqiy hodisa hisoblanib, muayyan nutqiy vaziyatlar uchun xosdir. Musbat so‘zi ijobiy, tasdiqlangan ma’nosini ifodalaydi, kasallik tashhisining musbat ko‘rsatishi salbiy ma’no, manfiy so‘zi ijobiy ma’no ifodalaydi. O‘zimning yomonginam, tentakkinam, jinnivoyim, tillari chuchugim...so‘zlari ma’no jihatidan salbiy ma’noda, nutqiy vaziyatda ijobiy ma’no ifodalayapti.
Yor ko‘ziga yetishmak savdo ekan-ku dushvor, Yonib ko‘mir bo‘libdi bechora zor surma(E.V.)(Ko‘mir yonib kul bo‘ladi, ko‘mir esa yer ostidagi troflarning yonishidan hosil bo‘ladi.)
Til leksik sath birliklarining ichida yirik birliklardan biri frazema(ibora) hisoblanadi. Frazemalar shakllan gapga (tepa sochi tikka bo‘ldi) yaqin kelsa-da, ma’no jihatdan (achchiqlandi) so‘zga to‘g‘ri keladi, frazema ushbu jihati bilan ko‘p tortishuv va munozaralarga sabab bo‘lmoqda, hatto ba’zi bir tilshunosliklar (masalan, ingliz tilshunosligi) frazemani konstruksiya hisoblab, alohida sath birligi sifatida ajratadilar. Barcha til birliklarining (fonetik, leksik, morfologik, sintaktik) ma’no tomoni (ayniqsa, leksik sathning) birlamchi bo‘lganligi uchun frazemalarning leksik sathda, bir bo‘lim sifatida o‘rganilishi mutlaqo to‘g‘ri.
Ikki yoki undan ortiq so‘zlarning ma’no va grammatik jihatdan birikib yaxlit bir ko‘chma ma’no anglatishi frazema (ibora) deyiladi. Frazemalarning ko‘chma ma’no ifodalashi ular uchun bosh mezon hisoblanadi. Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, cholni ko‘rib buva demoq, sichqonning inini ijaraga olmoq. Frazemalar til hodisasi hisoblanadi, frazemalar yasalmaydi, yoki yasalishi juda oz va sekin (ketmoni uchmoq, paypoqqqa naxal qoqmoq, quloqqa lag‘mon ilmoq, maykaga galstuk taqmoq...), tilda tayyor holda bo‘ladi, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinmaydi, boshqa tildagi muqobil varianti tanlanadi, ular vaqt o‘tishi bilan sayqallanib, siqiq holga keladi, ulardan bir so‘zni olib ham, bir so‘zni qo‘shib ham bo‘lmaydi. Frazemaning tarkibidagi so‘zlarning hammasi yoki qisman (ba’zisi) ko‘chma ma’noda kelishiga qarab frazeologik butunlik (ko‘kka ko‘tarmoq – ikkala so‘z ham ko‘chma ma’noda), frazeologik chatishma (sichqonning inini ijaraga olmoq – sichqonning ini o‘z ma’nosida), frazeologik qo‘shilma (hordiq chiqarmoq – hordiq o‘z ma’nosida)ga bo‘linadi. Frazemalar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra frazeologik sinonimlar (tosh mehr – bag‘ri tosh), frazeologik omonimlar (boshiga ko‘tarmoq – hurmat qilmoq, boshiga ko‘tarmoq – to‘palon qilmoq), frazeologik antonimlar (ko‘kka ko‘tarmoq – maqtamoq – yerga urmoq – obro‘sizlantirmoq)ga bo‘linadi. Frazemaning tarkibidagi so‘zlar boshqa tildan kirgan bo‘lishi mumkin (gapning indollasini aytmoq). Gapning tarkibidagi frazema qismlari siqiq (kontakt) holda bo‘ladi, ularning orasiga boshqa so‘zlar kiritilmaydi, frazemalar nechta so‘zdan iborat bo‘lishidan qat’iy nazar bir gap bo‘lagi vazifasida keladi.



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling