Alijonova guljahon ilhomjon qizi
Download 293.1 Kb.
|
TUGALLANGAN MDI
- Bu sahifa navigatsiya:
- oh, o, e, eh, voy , ey, o‘, uf, iye, voh, xax, xoh-ho‘, hey, him, be, obbo, ura, tuf, ayo
Modal so‘zlar
Nutqiy muloqotda anglashinilayotgan fikrga so‘zlovchining shaxsiy munosabatini ifodalovchi so‘zlar modal so‘zlar turkumi deyiladi. Modal so‘zlar gapda hech qanday sintaktik vazifa bajarmaydi, semantik vazifa bajaradi, kirish so‘z, kirish birikma vazifasida keladi. Modal so‘zlar asliy modal so‘zlarga va nisbiy modal so‘zlarga bo‘linadi. Asliy modal so‘zlar sof modal so‘zlar hisoblanib, ular mustaqil holda mustaqil ma’no ifodalamaydi. Bular albatta, ehtimol, shekilli, xullas, hamon, zero, xoyna-xoy, haqiqatan, darhaqiqat, darvoqe, aylanay, o‘rgilay, girgitton, qoqindiq kabi so‘zlardir. Nisbiy modal so‘zlar biror so‘z turkumiga mansub bo‘lib, nutqiy vaziyat taqazosi bilan leksik, morfologik, sintaktik va semantik vositalar yordamida modallashadi: Undov so‘zlar Insonlardagi his-tuyg‘u, ehtiros, shodlik, hasrat, buyruq, xitob, chaqirish kabi ma’nolarini ifodalovchi so‘zlar undov so‘zlar deyiladi. Undov so‘zlarning mustaqil leksik ma’nosi yo‘q, umumiy munosabat ma’nosi bor so‘zlar hisoblanadi. Masalan, oh, o, e, eh, voy , ey, o‘, uf, iye, voh, xax, xoh-ho‘, hey, him, be, obbo, ura, tuf, ayo kabi so‘zlarning mustaqil ma’nosi yo‘q, gaplarning tarkibida yoki nutqiy muloqotda umumiy munosabat – shodlik, hasrat, ehtiros, xitob kabi ma’nolaridan faqat bittasini ifodalaydi, boshqa nutqiy muloqotda yana boshqa ma’noni ifodalashi mumkin. – Men topdim, xax shayton! –dedi Karima otin, - qizil gulning ham o‘z oldiga, oq gulning ham o‘z oldiga isi bor, demakchi! (A.Qod.). Undov so‘zlar oh-oh, oh-voh, voy-vo‘y, xoh-ho‘, eh-he kabi juft va takroriy shakllarda va turli variantlarda, aksariyat, undov tarkibidagi unli tovushlar almashinib ishlatilishi mumkin. Undovlar tuzilishiga ko‘ra: a) bir uli tovushdan iborat undovlar – a, o, e, o‘ kabi; b) ikki tovushdan iborat undovlar – eh, ey, uh, oh, ho kabi; v) uch va undan ortiq tovushlardan iborat undovlar – dod, voy, ehe, ohe, hah, huv, hov kabi; g) qo‘shma va juft undovlar – hay-hay, bay-bay, voy-voy, ah-ha, ha-hu, hoy-hoy kabi undovlarga bo‘linadi. Undov so‘zlar ikkiga – his-hayajon undovlariga va buyruq-xitob undovlariga bo‘linadi. His-hayajon undovlari insonlardag his-hayajonni, shodlik, qo‘rquv, xafachilik, xursandchilikni ifodalaydi, buyruq-xitob undovlari esa hayvonlarni chaqirishni yoki haydashni, hayvonlarga munosabatni ifodalaydi. 1.His-hayajon undovlari: oh, o, e, eh, voy , ey, o‘, uf, iye, voh, xax, xoh-ho‘, hey, him, be, obbo, ura, tuf, ayo 2.Buyruq-xitob undovlari: mah-mah, beh-beh, chuh, chip, pisht, tu-tu, ish, kisht, ket, tir, tak, cho‘k, tu-tu, xo‘sh... Har bir millatning urf-odati, mentaliteti bilan bog‘liq xursandchilik, minnatdorlik, rag‘bat, taskin kabi tushunchalarni ifodalovchi salom, alik, rahmat, tashakkur, hormang, barakallo, ofarin, tasadduq, balli kabi so‘zlar ham undov so‘zlar hisoblanadi. Undov so‘zlar undalmalar bilan birga qo‘llanishi mumkin, ikkisining orasiga vergul qo‘yiladi. Ey, Navoiy, boda birlan xurram et, ko‘ngling uyin... Tushun dardimni ey, dilbar... Download 293.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling