Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet40/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

UMUMIY XULOSA

Tilshunoslikning muhim masalalaridan biri til sistemasining funksiyalanish mehanizmni tatbiq etish va nihoyat, hozirgi zamon tillarining funksianal garmmatikasini tuzishdir. Tilshunoslikdagi til sathlarida dialektika qonunlari amal qiladi.Lingvistik birliklarning invariant- variant munosabati tilning barcha sathlarida amal qiluvchi universal munosabatdir.


Dialektik logikaning mag’izi “ ikkilik” ( qarama-qarshilik) asosiga qurilganligi sistem struktura yo’nalishining mohiyatini tashkil qilib, uning asosiy maqsadini ochib beradi. Falsafadagi bir qancha qonun- qoidalar tilshunoslikning mohiyatini ochib berishga hizmat qiladi. Invariant- variant atamalari falsafadagi substansiya- aksidensiya, umumiylik- hususiylik, mohiyat- hodisa dialektikasining tilda namoyon bo’lishini ifodalaydi.
Ma’lum umumiy belgi bilan birlashib, xususiy belgilari bilan farqlanadigan xususiyliklar, alohidaliklar invariant variantlar sanaladi. Tilning birinchi sathidagi fonologik birliklar hamda morfologik sathdagi morfemalar sintaktik sathga ham mansubdir. Bu esa ular o’rtasidagi variantdoshlik munosabati tilning barcha sathiga mansub deganidir. Ziddiyat tushunchasini mohiyatini avallo, falsafa fanidan o’rganildi..Uning tub mohiyatini tushunib, keyin tilshunoslikdagi ziddiyatli tomonlarini tahlil qilishga harakat qildim.
Fonetik sathdagi ziddiyatlar unli va undosh, harflarning qanday holatda bir biri bilan ziddiyat hosil qilshlari mumkinligini tahlil qilindi Leksemalar ma’no tomoni so’zlovchining xotirasida imkoniyat, umumiylik tarzida bevosita nutqiy jarayonda xususiyliklar holida voqealangani kabi, shakli tomoni ham ana shunday dialaktik farqlanishni o’zida namoyon qiladi. Til va nutq ham o’z o’rnida bir biridan farqlanadi. Qarama- qarshi qo’yilgan ikki predmet ham xatto bir tomchi suvdek o’xshasada qaysidir tomoni bilan farqlanadi. Ziddiyatning turlari ham o’z ichida yana kichik bir guruhlarga bo’linib ketadi.
Ziddiyatlar turlicha xususiyatiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi

  1. Namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra: ichki va tashqi ziddiyatlar.

  2. Rivojlanishdagi roliga ko‘ra : asosoy va ikkinchi darajali ziddiyatlar.

  3. Vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra: zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar.

  4. Jamiyatdagi tipiga ko‘ra: antogonistik va noantoganistik ziddiyatlar

Ziddiyatning namoyon bo’lishiga ko’ra turi yani ichki va tashqi ziddiyatlarni tilshunoslikdagi til sathlari misolida o’rgandik.
Til va nutqning ichida ham ichki ziddiyatlar mavjud. Til bizning ongimizda imkoniyat, umumiylik, munosabatlar, belgilar sistemasi sifatida mavjud. U nutq orqali yuzaga chiqadi, nutqda muayyan moddiy shaklga, ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tilshunoslikda lingvistik birliklar til va nutq oppozitsiyasiga ko‘ra ikki xil – “ emik” ( til sathiga mansub) va “ etik” ( nutqiy birlik) birliklarga bo‘linadi. Tilshunoslik tarixida til va nutq o’zaro farqlanishi bilan tilning turli sathlarida mazkur ziddlanishning namoyon bo’lishini tadqiq etishga e’tibor kuchaydi.
Har qanday tilning markaziy birligi so‘z, shu tilning leksik fondi bo‘lishi bilan birga tilning boshqa tarmoqlariga nisbatan doimo harakatda, o‘zgarish va yangilanishi bilan farqlanadi. Tilning sistema,” ochiq sistema” ekanligi tilning markaziy birligi bo‘lgan so‘zda o‘z isbotini topadi. Tilimizdagi mavjud so‘zlar vaqtlari o‘tishi bilan eskirib til sistemasi “ochiq sitema”sidan tushib qolishi, tilga yangi so‘zlarning kirib kelishi yoki tilda o‘z imkoniyat doirasida yangi so‘zlar yasalishi mumkin. Tilda so‘zlarning yasalishini tilshunoslikning so‘z yasalishi bo‘limi, so‘zlar eskirib eski qatlamga o‘tishini yoki boshqa tillardan yangi so‘zlar olinishini tilshunoslikning leksik qatlamlar tarmoqlari o‘rganad
Til leksik sath birliklarining ichida yirik birliklardan biri frazema(ibora) hisoblanadi. Frazemalar shakllan gapga (tepa sochi tikka bo‘ldi) yaqin kelsa-da, ma’no jihatdan (achchiqlandi) so‘zga to‘g‘ri keladi, frazema ushbu jihati bilan ko‘p tortishuv va munozaralarga sabab bo‘lmoqda, hatto ba’zi bir tilshunosliklar (masalan, ingliz tilshunosligi) frazemani konstruksiya hisoblab, alohida sath birligi sifatida ajratadilar. Barcha til birliklarining (fonetik, leksik, morfologik, sintaktik) ma’no tomoni (ayniqsa, leksik sathning) birlamchi bo‘lganligi uchun frazemalarning leksik sathda, bir bo‘lim sifatida o‘rganilishi mutlaqo to‘g‘ri.
Til so‘z, morfema va fonemalarning oddiy yig‘indisi emas. U bir butun sistemadir. Tilning sistemaliligi uning ichki tuzilishida namoyon bo‘ladi. Chunki u ham ichki tuzilishga ega bo‘lib, bu ichki tuzilishi pog‘onaviylik xususiyatiga ega. Har bir pog‘onaga xos birlik ikki va undan ortiq uzvlarining o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlikdir

Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling