ota-ona toʼlovini belgilangan miqdorda va muddatda amalga oshirmasa.
V. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun tomonlarning javobgarligi amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
VI. Nizolarni hal qilish tartibi
6.1. Shartnoma yuzasidan tomonlar oʼrtasida kelib chiqadigan nizo va ziddiyatlar oʼzaro kelishuvga koʼra hal qilinadi.
6.2. Tomonlar oʼrtasidagi nizo va ziddiyatlar oʼzaro kelishuvga koʼra bartaraf qilinmasa, tegishli tartibda qonun normalari asosida sud tartibida hal qilinadi.
VII. Fors-major holatlari
7.1. Fors-major holatlari - bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bogʼliq boʼlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʼchki, boʼron, qurgʼoqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʼzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʼlmaydigan va kutilmagan holatlardir.
7.2. Аgar fors-major holatlari paydo boʼlsa “Tomonlar” bir-birlarini oʼz vaqtida yozma ravishda ushbu holatlar va ularning kelib chiqish sabablari toʼgʼrisida fors-major holatlari paydo boʼlgan kundan boshlab 3 (uch) kun ichida ogoh qilishlari shart. “Tomonlar” bir-birlariga yozma xabarnoma yuborib, shartnoma shartlarini bajarishning boshqa usullarini qidirib, fors-major holati toʼsqinlik qilmayotgan majburiyatlarni bajarishda davom etadilar.
VIII. Shartnomaning amal qilish muddati
8.1. Shartnoma tomonlar imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va nomuayyan muddatgacha ]\amalda boʼladi. Ushbu shartnoma ikki nusxada ____________tilida tuzildi va ular bir xil yuridik kuchga ega.
“Barkamol avlod” bolalar maktab
Hisob raqami - 40 15 22 86 02 22 01 70 96 10 00 72 00 2
Do'stlaringiz bilan baham: |