bola “Maktab”dagi bir necha toʼgarakka qatnasa, har bir toʼgarak uchun mazkur shartnomaning
2.1-bandida belgilangan miqdorda alohida toʼlash;
farzandini “Maktab”da taʼlim-tarbiya olishi uchun olib kelish va olib ketish;
farzandining mashgʼulotga uch kundan ortiq ketma-ket kela olmasligi yuzaga kelgan holda, bu haqida yozma ravishda “Maktab” maʼmuriyatini ogohlantirish;
farzandining “Maktab”ning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va uni asrab-avaylashini taʼminlash.
3.2. “Maktab”ning majburiyatlari:
toʼlov tartibi va miqdori oʼzgarganida bu haqida ota-onaga xabar berish choralarini koʼrish;
“Maktab”da bolaga toʼgarak oʼquv rejasini yakunlagandan soʼng bepul guvohnoma berish;
“Ota-ona”dan har oyda joriy oy uchun ota-onalar toʼlovini mazkur oyning 10-sanasidan kechikmasdan toʼlashni talab qilish;
toʼlov mazkur shartnomaning 2.2-bandida koʼrsatilgan muddatdan soʼng toʼlov ikki hafta mobaynida belgilangan miqdorda va uzrli sabablarsiz toʼlanmagan taqdirda, bolaning oʼqishini toʼxtatish;
toʼlov boʼyicha qarzdorlik u yuzaga kelgan kundan boshlab 30 kalendarь kun mobaynida qoplanmasa, bola belgilangan tartibda “Maktab”da taʼlim oluvchilar safidan chiqarish;
bola “Maktab”dagi bir necha toʼgarakka qatnasa, “Ota-ona”dan har bir toʼgarak uchun toʼlovni mazkur shartnomaning 4-bandida belgilangan miqdorda alohida toʼlashni talab qilish;
“Ota-ona”dan mazkur shartnomada belgilangan talablarni bajarilishini talab qilish.
IV. Shartnomani oʼzgartirish va bekor qilish tartibi
4.1. Shartnomaga tomonlarning kelishuviga koʼra yozma ravishda oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilishi mumkin.
4.2. Shartnoma bekor boʼlishining umumiy asoslaridan tashqari quyidagi hollarda bekor boʼlishi mumkin:
tomonlarning oʼzaro roziligi;
tomonlarning biri shartnoma shartlarini bajarmaganida;
Do'stlaringiz bilan baham: |