Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashgan "Bunyodkor"
Download 325.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolikdan kazusga toliq javoblar new
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga huquqiy baho bering Javob
- Issue: Birinchi muammo
- Ikkinchi muammo
- Uchinchi muammo
1 Kazus: Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashgan “Bunyodkor” agrofirmasi va tayyorlovchi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yuzasidan shartnoma tuzildi. Mazkur shartnoma taraflar vakillari tomonidan imzolandi. Shartnomada shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari bo‘yicha) shartlar kiritilishi taraflarning e'tiboridan chetda qolib ketdi. Biroq, taraflar bu holatni o‘xshash vaziyatdan kelib chiqqan holda kelishib ketishini belgilab olishdi. Mazkur shartnomani ijro qilish maqsadida “Bunyodkor” agrofirmasi va “Qishloqqurilishbank” o‘rtasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida bitim tuzildi. Mazkur bitimga asosan “Bunyodkor” agrofirmasiga 200.000.000 so‘m moliyaviy mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘larni qaytarilishini ta'minlash maqsadida mevali daraxtlar garovga qo‘yildi. Ob-havoning noqulay kelishi natijasida mevali daraxtlar nobud bo‘ldi. Bundan xabardor bo‘lgan bank “Bunyodkor” agrofirmasidan garov predmetini almashtirishni talab qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering? Javob: Biz ushbu kazusga IRAC usulida javob beramiz. Eng avvalo IRAC usuli haqida ma’lumotlarni ko’rib chiqsak. IRAC usuli bu Issue (muaamo), Rule(qoida), Application (ariza), Conclusion (xulosa) qismlardan iborat. Yani muammoli vaziyatlarni shu qismlardan foydalangan holda muammoga izchillik asosida javob berish tushuniladi. Issue: Birinchi muammo, “Bunyodkor” agrofirmasi va tayyorlovchi o`rtasida mahsulot yetkazib berish bo’yicha shartnoma imzolandi. Shartnomada shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari bo‘yicha) shartlar kiritilishi taraflarning e'tiboridan chetda qolib ketdi va shartnoma imzolandi. Shartnomani ushbu ma’lumotlarsiz ham tuzish mumkinmi? Ikkinchi muammo, “Bunyodkor” agrofirmasi va “Qishloqqurilishbank” o’rtasida qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirishni moliyalashtirish to’g`risida bitim tuzildi va garov sifatida mevali daraxtlar qo`yildi. Ushbu vaziyatda Fuqarolik kodeksida garov turlari qanday va mevali daraxt garov ashyosi bo’lishi mumkinmi? Uchinchi muammo, Garovga qo’yilgan mol-mulk yo’qolsa yoki shikastlansa, undan kelib chiqadigan oqibatlar qanday bartaraf etiladi? 2 Download 325.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling