Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan
shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa,
shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
2
Bu holatda ko`rib turimmizki, “Bunyodkor”
agrofirmasi va tayyorlovchi o`rtasida shartnoma tuzildi va ikki tarafga birdek
huquq va majburiyatlar vujudga keldi. Ushbu holatga yana bir moddani keltirib
o`tsak, Fuqarolik Kodeksining 465-moddasida Kontraktatsiya shartnomasi
keltirib o`tilgan. Yani, Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi
mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish
uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan
muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu
mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda
muayyan bahoda to‘lash (to‘lab turish) majburiyatini oladi.
Ikkinchi muaamoga javob beradigan bo`lsak, “Bunyodkor” agrofirmasi
shartnoma ijrosini ta’minlash uchun “Qishloqqurilishbank” bilan moliyaviy bitim
tuzdi va 200.000.000 so’m moliyaviy mablag’ oldi. Agrofirma garov sifatida
mevali daraxtlarni garovga qo’ydi. Fuqarolik Kodeksining 267-moddasida keltirib
o`tilganki, Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar
(talablar) garov narsasi bo‘lishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk,
kreditorning shaxsi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan talabnomalar, xususan hayoti va
sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablar, alimentlar
to‘g‘risidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan
boshqa talablar bundan mustasno.
Bu yerda biz ko’rib turimmizki har qanday mol-mulk, shu jumladan
ashyolar va mulkiy huquqlar garov narsasi bo’lishi mumkin ekan. Mevali daraxtlar
agrofirmaning shaxsiy mulki va ularning garovga qo’yilishi asosli hisoblanadi.
Muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bog’liq
bo’lgan talabnomalar, xususan hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararni qoplash
to’g’risidagi talablar va boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa
talablar garov predmeti bo’lishi mumkin emas hisoblanadi.
Bu kazusimizning eng asosiy muammosidan biri bu uchinchi muammo yani
garovga qo’yilgan mahsulotni nobud bo’lishi va ushbu holatdan keyin kelib
chiqadigan oqibatlar qanday ekanligi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksida garovga qo’yilgan mol-mulkning yo’qolishi yoki
shikastlanishi oqibatlari keltirib o’tilgan. “275-modda. Garovga qo‘yilgan mol-
Do'stlaringiz bilan baham: |