Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashgan "Bunyodkor"


mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishining oqibatlari


Download 325.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana16.04.2023
Hajmi325.66 Kb.
#1358380
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fuqarolikdan kazusga toliq javoblar new

mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishining oqibatlari
 
2
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (
https://lex.uz/uz/docs/-111189#-152941




Agar garov to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo‘lmasa, garovga qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkning tasodifan nobud 
bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini o‘z zimmasiga oladi. 
Agar garovga oluvchi ushbu kodeksning 333-moddasiga muvofiq 
javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, u o‘ziga topshirilgan 
garov narsasining butunlay yoki qisman yo‘qolganligi yoxud shikastlanganligi 
uchun javob beradi. 
Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chog‘ida qancha summaga 
baholangan bo‘lishidan qat’i nazar, garovga oluvchi garov narsasi yo‘qolganligi 
uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasiga shikast yetkazilganligi 
uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan bo‘lsa, shuncha summa 
miqdorida javob beradi. 
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita o‘z vazifasi 
bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lmaydigan darajada o‘zgargan bo‘lsa, garovga 
qo‘yuvchi undan voz kechishga va uning yo‘qolganligi uchun haq talab qilishga 
haqli. 
Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzdor bo‘lgan garovga 
qo‘yuvchi garov narsasining yo‘qolishi yoki shikastlanishi tufayli yetkazilgan 
zararni to‘lash to‘g‘risidagi talabni garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni 
qoplash uchun hisobga olishga haqli.”
Endi ushbu moddani ko’rib chiqadigan bo’lsak, garovga qo’yuvchi shaxs 
garovga qo’yilgan mol-mulkni tasodifan nobud bo’lishi yoki tasodifan shikastlanishi 
xavfini o’z zimmasiga oladi. Bu yerda garovga qo’yuvchi “Bunyodkor” agrofirmasi 
bo’lsa, u garovga qo’yilgan mol-mulkka javobgar hisoblanar ekan. Biroq ushbu 
moddaning ikkinchi qismida keltirib o`tilganki, agar garovga oluvchi ushbu 
Kodeksning 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini 
isbotlay olmasa, u o‘ziga topshirilgan garov narsasining butunlay yoki qisman 
yo‘qolganligi yoxud shikastlanganligi uchun javob beradi. 
Endi 333-moddada nima aytib o’tilganini ko’rib chiqamiz. Fuqarolik 
Kodeksining 333-moddasida keltirib o’tilganki, Qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda 
majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar 
qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob 
beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan 
hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Aybning yo‘qligi 
majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi. 




Download 325.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling