Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashgan "Bunyodkor"


Download 325.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.04.2023
Hajmi325.66 Kb.
#1358380
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fuqarolikdan kazusga toliq javoblar new

To’rtinchi muammo, Ob-havo noqulay kelishi natijasida nobud bo`lgan 
garov predmetini bank tomonidan almashtirish kerak ekanligini talab qilish 
Fuqarolik qonunchiligida qanchalik asosli hisoblanadi?
Rules: 

Birinchi muammoga javob beradigan bo’lsak, Fuqarolik Kodeksida 
shartnoma nima ekanligi va uni tuzish shartlari keltirib o`tilgan. Fuqarolik 
Kodeksning 353- moddasida keltirib o`tilganki,
 
Ikki yoki bir necha shaxsning 
fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish 
haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
 
Shartnomalarga ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va ko‘p 
taraflama bitimlar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
 
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning 
qoidalarida va ushbu Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari to‘g‘risida bayon 
etilgan qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatlar 
to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi. 
Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday shartnomalarning 
ko‘ptaraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartnoma to‘g‘risidagi umumiy 
qoidalar qo‘llaniladi.
1
Fuqarolik Kodeksning 364-moddasida keltirib o’tilganki, agar taraflar 
o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab 
qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Shartnomaning narsasi to‘g‘risidagi shartlar, qonunchilikda bunday turdagi 
shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek 
taraflardan birining arizasiga ko‘ra kelishib olinishi zarur bo‘lgan hamma shartlar 
muhim shartlar hisoblanadi.
370-moddada, Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi 
javobi aksept hisoblanadi. 
Aksept to‘liq va pisandasiz bo‘lishi kerak. 
Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda 
ko‘rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni 
jo‘natish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to‘lash va h. k.), 
agar qonunchilikda yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi. 
1
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (
https://lex.uz/uz/docs/-111189#-152941
)  




Download 325.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling