Alimbekov asadbek
Download 81.07 Kb.
|
ALIMBEKOV ASADBEK
Epileptoid psixopatiya. Organik doiradagi psixopat bolalar guruhi bilan bir qatorda epileptoid psixopatiyali bolalar ham uchraydi. Bu psixopatik holatlarning etiologik faktori – patologik irsiyatdir. Masalan, epilepsiya hodisasi bo‘lgan oilalarda xarakterida epileptoid xususiyati bo‘lgan psixopatik shaxslar uchraydi. Bu guruhdaga psixopatlarning asosiy xususiyatlari – emotsional his-tuyg‘ularning sekin va qiyinchilik bilan namoyon bo‘lishidir. Shu sababli epileptoidlar uchun kechinmalarning barqarorligi ma’yuslik, badgumonlik, norozilik, ko‘pincha keskin affektiv jahildorlikka ba’zan esa o‘ch olishga moyillik, yovuzlik, baxillik va g‘arazgo‘ylik xarakterlidir. Albatta, bu simptomlarning hammasi hamisha ham bir yo‘la bir shaxsda uchrayvermaydi, bu simptomlarning ifodalanish darajasi ham g‘oyat har xil – juda еngil formadan to patologik keskin formagacha bo‘lishi mumkin. Epileptoid psixopatiyani kishilarda ko‘pgina ijobiy xususiyatlar ishga yaxshi qobiliyatlilik, topshiriqlarni bajarishda puxtalik, bir maqsadga qaratilganlik, ishga e’tiborni to‘play bilish va qiyinchiliklarni bartaraf etish kabi xususiyatlar bo‘ladi. Epileptoid psixopatiyali bolalarning rivojlanishida o‘ziga xos qonuniyatlari bor. Ilk bolalik paytidayoq ularda ortiqcha asabiylik vujudga keladi, bu hol aftida, vegetativ va tomir sistemalarning еtarli darajada o‘smaganligining oqibati bo‘lishi mumkin, chunki umumiy somatik holatida hech qanday kamchiliklar bo‘lmaydi. Balog‘atga еtish davrida bunga kayfiyatdagi beqarorlik, pismiqlik, badgumonlik va atrofdagilarga shubha bilan qarash qo‘shiladi. Bu bolalarda patologik xususiyatlar paydo bo‘lishini ularning shaxsidagi ijobiy xususiyatlarga tayanib, ularga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya ta’siri bilan ancha yumshatish mumkin. Korreksion tarbiyaviy ishdagi eng muhim narsa – epileptoid bolalardagi o‘z kechinmalari bilan “o‘ralashib qolish”ga moyillikni bartaraf qilishga intilishdan iborat bo‘lishi kerak. Buning uchun ularni faoliyatning har xil turlariga jalb qilish va uni bajarish jarayonida zarur. O‘jarlik, negativizm yoki bir oz jahldorlik paydo bo‘lganida pedagog bolaga hukmronlik va buyruq bilan ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Yaxshisi bolaning e’tiborini bemalol eplay oladigan faoliyatga burib yuborishdir. Noqulay sharoitlarda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan affektiv asabiylik vaqtida yaxshisi bolani yolg‘iz qoldirish, ya’ni unga osoyishta vaziyatni vujudga keltirish hamda shifokorning maslahatini so‘rab, asabini tinchlantiradigan kerakli davolash vositalaridan foydalanish kerak. Bunday bolalar, hatto pedagogga nisbatan ham adovatda bo‘lishadi. Shu boisdan bola bilan aloqada bo‘lish va pedagogning unga yordam berishga intilayotganligiga bolada ishonch hosil qilish juda muhimdir. Albatta bolaning xarakteridagi patologik xususiyatlar keskinlashgani sababli ba’zan uni davolash muassasasiga joylash lozim bo‘lgan vaqtlar ham bo‘ladi. Ammo davolanib bo‘lganidan so‘ng, bolani maktabga qaytarish kerak va maktab davolash samarasini mustahkamlash uchun hamma choralarni ko‘rishi zarur.
Xarakterida shizoid belgilari bo‘lgan bolalar. Xarakterida shizoid belgilari bo‘lgan bolalar ko‘pincha nasl-nasabida ruhiy kasalliklar (shizofreniya) bo‘lgan oilalarda uchraydi. Ammo shuni esda yaxshi saqlash kerakki, bola xarakterida shizoid belgilarning bo‘lishi shizofreniya singari ruhiy kasallik borligidan aslo darak bermaydi. Bunday bolalarning xulq-atvorida konstitusional shartlangan bir qancha xususiyatlar va qiyinchiliklar bo‘ladiki, ularni pedagog nazarga olishi zarur. Shizoid psixopatiyali bolalarning kamol topishidagi o‘ziga xos belgilari ilk maktabgacha tarbiya yoshidayoq namoyon bo‘ladi. Ularning ba’zilari juda ham ta’sirchan bo‘ladilar, hamma yangiliklardan qo‘rqadilar, ikkinchi turlari – jonsarak bo‘ladilar, uchinchi xillari esa bo‘shang va passiv bo‘ladilar. Ammo ularning hammasi “odamovi” bo‘lib, kattalar bilan suhbatda bo‘lishni afzal ko‘rmaydilar, o‘z tengdoshlaridan ajralib qolgan bo‘ladilar. Mahmadonagarchilikka moyil bo‘ladilar. Maktab yoshiga еtganda ularda aqliy o‘sish jadal boradi-yu, ammo motorika еtarli darajada rivojlanmaydi: ular harakatda bir muncha besunaqay, qo‘pol bo‘ladilar, ovqatni isqirtlik bilan еydilar. Ularda emotsional-irodaviy soha ham o‘ziga xos ravishda rivojlanadi. Ulardan ba’zi birlarining emotsional tuyg‘usi sovuq bo‘ladi, boshqalari esa kimgadir nihoyatda mehr qo‘yadilar. Bu guruhdagi bolalar haddan tashqari jizzaki, o‘ziga ishonmaydigan bo‘ladi. Bu bolalar o‘z muvaffaqiyatsizliklaridan og‘ir iztirob chekadilar. Ularning xususiyatidagi eng asosiy belgi odamlarga aralashish ehtiyojining kamayganligidir; shu sababli ular ko‘pincha o‘zlarini boshqa bolalardan chetda tutadilar va jamoa bilan yashashni xohlamaydilar. Emotsional sustkashlik, biqiqlik, amaliy ishga moslashmaganlik va yaxshi rivojlanmagan motorika tafakkurning, asosan abstrakt fikr yuritishning yuksak darajada rivojlanmaganligi, nasl-nasabida og‘ir dardlar bo‘lganligi – bu holni shizoid psixopatiya jumlasiga kiritish uchun asos bo‘la oladi. Emotsiyalarning bo‘shlig‘i shizoid bolalar uchun eng xarakterli xususiyatdirki, u eng ilk bolalik chog‘laridayoq namoyon bo‘ladi. Ularda boshqa bolalar bilan faol muomala bo‘lishga talab, o‘yinchoqlarga qiziqish bo‘lmaydi, amaliy faoliyatga intilish yo‘q. Bu esa ularning motorikasining yanada rivojlanishiga to‘siqlik qiladi. Bu bolalarda voqelik bilan aloqaning bevosita formasi o‘rnini ko‘proq gaplashib oladi, shu sababli ularda abstrakt mavzularda ko‘p savollar berish va fikr yuritish, kitobga barvaqt qiziqish paydo bo‘ladi. Ular kitob o‘qishni ancha erta boshlaydilar. Bu esa abstrakt fikr yuritishning yaqqol ustun bo‘lishiga olib keladi. Bu bolalar bilan korreksion-tarbiyaviy ishni juda yoshligidan boshlash zarur. Bu ish birinchi navbatda motorikani rivojlantirishga qaratilishi lozim; bolalarni kiyinishga, еchinishga, botinka ipini bog‘lash, buyumlarni yaxshilab tanlashga, kubiklar, piramidalar, mozaykalar yasashga, rasm chizishga, rasmlarni bo‘lishga va boshqa shu singari ishlarga o‘rganish zarur. Bolaning еtarli bo‘lmagan motorikasini butun choralar bilan o‘stirib borish o‘rniga ota-onalar, ko‘pincha unga haddan ziyod vosiylik qiladilar, bolaning bajarishi lozim bo‘lgan hamma ishlarni o‘zlari qilib, uning harakatlarini takomillashtirishga yanada ko‘proq xalaqit beradilar, amaliy ishga moslashmaganligini kuchaytiradilar. Bunday bolalar maktabda o‘qiy boshlaganlarida pedagog, yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlardan tashqari, ularda maktab ko‘nikmalarini, ayniqsa, yozuv ko‘nikmalarini o‘stirishga alohida e’tibor berish lozim. Bu bolalar odatda yaxshi o‘qiy olishlari, o‘qilgan matnni yaxshi tushunishlariga qaramay, yozuvni yaxshi egallay olmaydilar: motorika еtarli o‘sib bormaganligi hisobiga xunuk yozadilar, ular e’tiborsizlik oqibatida orfografik xatolar qiladilar. Pedagog dars vaqtida bunday o‘quvchiga doimo e’tibor berib turishi, uning ishini doimo nazorat qilib borishi, uni aktiv faoliyatiga jalb etishi lozim. Bunda u bilan aloqa o‘rnatishi juda muhimdir. Download 81.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling