Alimbekov asadbek
Download 81.07 Kb.
|
ALIMBEKOV ASADBEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot vazifalari
- Tadqiqotning obyekti. O`zbek oilalarida farzand tarbiyasi masalalari hisoblanadi. Tadqiqot predmeti.
Tadqiqot maqsadi. O`zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o`rtasida muloqot xususiyatlarini ilmiy pedagogik jihatdan tahlil qilish, xulosalar umumlashtirish va muayyan tavsiyalarni ishlab chiqish, oilada farzandlar bilan muloqotni amalga oshirishda milliy mana’viy merosni o`rni, to`g’ri muloqotni amalga oshirishni ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari. -tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash, shu ish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish. -adabiyot va tahlil. -tadqiqot metodlarini belgilash. -tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish. -oilada farzandlar bilan muloqotni amalga oshirish bo`yisha pedagogik-psixologik ko`rsatmalar ishlab chiqish. -farzandlar bilan muloqotni amalga oshirishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish bo`yicha tavsiyalar berish. -oila a’zolarining o`zaro munosabatlari va manfaatlari, ular orasidagi muloqotni to`g’ri tashkil qilishni ilmiy asoslash. Tadqiqotning obyekti. O`zbek oilalarida farzand tarbiyasi masalalari hisoblanadi. Tadqiqot predmeti. Oilada ota-ona va farzand o`rtasida muloqot xususiyatlari. 1 bob .Bolalar xulqining rivojlanishi bosqichlari . 1.1 . Bolalar xulq atvorlarining umumiy tasnifi Ommaviy maktab o‘quvchilari orasida psixopat bolalar deb atatadigan bolalar uchrab turadi. Psixopatiya yo potologik irsiyat yo‘li bilan yoki bolaning bachadonda bo‘lgan (embrional) davrida, yohud chaqaloqlik vaqtida unga tashqi faktorlarniig noqulay ta’siri natijasida vujudga keladi. Nasliy (irsiy) psixopatiya masalasi xususida turli nuqtai-nazarlar bor. Ba’zilar psixopatiya xarakter patologiyasi tariqasida nasldan-naslga o‘tadi, deb hisoblaydilar. Ba’zilari esa psixopatiyani psixik kasalliklarning boshlang‘ich yoki o‘sib ulgurmagan formalari deb hisoblaydilar. Ko‘pgina avtorlar nasl-nasabida psixik kasalliklar bo‘lgan oilalarda psixopatik shaxslar ko‘proq uchraydi, deb ta’kidlaydilar. Tug‘ish vaqtidagi og‘ir jarohatlar, bolaning bachadondagi rivojlanish davrida yoki ilk bolalik yoshida ta’sir qiladigan miya infeksiyalari, uzoq davom etgan me’da-ichak kasalliklari yoki boshqa somatik kasalliklar natijasida paydo bo‘lgan taksikoz, shuningdek, homilaga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlar (sifilis, spid, alkogolizm, nur energiyasi, onaning surunkali kasalligi, taksoplazmaz, endokrin buzilishlar va shu singarilar) psixopatiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan tashqi noqulay faktorlar jumlasiga kiradi. Bolalarning psixopatik holatini kuzatishda ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, psixopatiya kasallik emas, balki bolaning kamol topib borishidagi o‘ziga xos anomal jarayondir. Psixopatiya ayrim psixik funksiyalar va sistemalarning notekis (disgarmonik) rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Masalan, psixopat bolalarda to‘la qimmatli aqliy o‘sish bilan bir qatorda emosional-irodaviy sohada еtarli darajada rivojlanmaslik va o‘ziga xos o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Bunday bolalarning ba’zilari ortiq darajada ta’sirchan, jizzaki bo‘ladi, u oilaning boshqa a’zolariga befarq qaraydi, ammo yaqin kishilaridan biriga (ko‘pincha onasiga) nihoyat darajada yopishib olgan bo‘ladilar. Boshqa bir xil bolalar esa, aksincha bo‘ladilar, hech kimga mehr qo‘ymaydilar, indamas bo‘lib qoladilar, bir oz egoist (xudbin) bo‘ladilar. Ba’zi bir hollarda psixopat bolatar xarakteridagi xususiyatida egosentrizm, o‘z imkoniyatlariga ortiqcha baho berish, o‘zini hammadan yuqori qo‘yish singari qiliqlar namoyon bo‘ladi, bu esa ko‘pincha atrofdagilar bilan konfliktga olib keladi. Psixopat bolalarda ko‘pincha ortiqcha ta’sirlanish, ba’zi vaqtlarda esa affektiv jizzakilikka moyillik seziladi, ularda iroda uncha rivojlanmagan bo‘ladi, buning oqibatida beqaror kayfiyat vujudga keladi. Ularning xulq-atvori impulsiv xarakterda bo‘ladi. Bunday bolalarning ish qobiliyati pasaygan bo‘ladi, ular еtarli darajada diqqat-e’tiborli emaslar, diqqat-e’tiborlarini bir joyga to‘play olmaydilar, maktab topshiriqlarini bajarishdagi qiyinchiliklarni еnga olmaydilar. Maktab rahbari va pedagoglar uchun psixopatiyaning klassifikasiyasini o‘rganishda psixopat bola shaxsi strukturasining xususiyatlari, uning xulq-atvoridagi o‘ziga xos jihatlari, uning kamol topib borishidagi qonuniyatlarni hamda bolalar psixopatiyasini tug‘diradigan sabablarni bilish muhimdir. Psixopatiyaning ba’zi bir formalarini bayon qilishga o‘tishdan oldin shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, xulq-atvor va xarakterdagi har qanday buzilishni ham psixopatiyaning ifodasi deb o‘ylash yaramaydi. Xarakter va xulq-atvorda patologik irsiyatdan kelib chiqadigan yoki xomiladorlik davrida va bola hayotining ilk davrlarida miya sistemasining muayyan qismlari organik jihatdan zararlanishi (bu hol ko‘proq uchraydi) natijasida vujudga keladigan kamchiliklargina chinakam psixopatiya jumlasiga kiradi. Download 81.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling