Alimbekov asadbek


Download 81.07 Kb.
bet4/13
Sana19.06.2023
Hajmi81.07 Kb.
#1612085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ALIMBEKOV ASADBEK

Organik psixopajiya. Diensifal, ya’ni po‘stloq osti miya sistemalarining organik еtishmovchiligidan kelib chiqadigan psixopatiya shaxsning aqliy o‘sishda ancha orqada qolganini ko‘rsatadi. Bunday bola avvalo o‘z xatti-harakatlariga, qilgan ishlariga, o‘z faoliyatiga to‘g‘ri baho bera olmaydi, hamda primitiv narsalarga ortiqcha berilgan bo‘ladi (ko‘p ovqat еyishga intiladi, seksual intilishlari birmuncha beparda bo‘ladi). Bunday bolalarda emotsional soha o‘ziga xos ravishda rivojlanadi. Masalan, ularda elementar emosional his-tuyg‘ular (shodlik, qo‘rquv tuyg‘usi, ota-onalariga mehr saqlangani holda murakkab emotsional his-tuyg‘ular) rivojlanmaydi, ya’ni atrofdagi hodisalarga differensial, chuqur munosabat vujudga kelmaydi, shu sababli ularning emotsiyalari beqaror va yuzaki bo‘ladi. Bundan tashqari, shu guruhdagi psixonatlarda chuqur kechinmalar vujudga kelmaydi, shu sababli ularda o‘ziga bino qo‘yish, jizzakilik, xafa bo‘lish hollari uchramaydi.
Organik doiradagi psixopat bolalarda irodaning еtarli darajada rivojlanmasligi shunda namoyon bo‘ladiki, ular o‘z xatti-harakatlarini tartibga sololmaydilar, ya’ni o‘z faoliyatlarini o‘z oldilariga qo‘yilgan talablarga moslashtira olmaydilar. Bunday psixopat bolalarning kamol topib borishidagi xususiyatlari ilk bolalik davridayoq namoyon bo‘ladi hamda jonsarakligi, behuda baqirib-chaqirishi va yaxshi uxlamasligi bilan xarakterlanadi. Maktabgacha tarbiya yoshida ular bo‘lar-bo‘lmasga mushtlashaveradilar, bolalar bilan chiqisha olmaydilar va o‘ynamaydilar, hech kimga yon bermaydilar. Maktabagacha tarbiya yoshning oxiriga borib, ularda ortiqcha primitiv intilishlar, o‘jarlik, affektiv jizzakilikka moyillik namoyon bo‘la boshlaydi. Intellekt, nutq va motorikaning rivojolanishi, odatda normal o‘tadi. Organik psixopatiya bo‘lganida maktab yoshi davrida, bolalarda shaxs rivojlanishi normal jarayoni buzilishga aniq ko‘rinadi. Ularda vaziyatga ichki munosabat vujudga kelmaydi, ular vaziyatni to‘g‘ri hisobga olmaydilar. Shu sababli ular kattalar, pedagogiga to‘g‘ri distant munosabatda bo‘lmaydilar, o‘z harakatlarini va ishlarini еtarli darajada anglab еtmaydilar. Ammo bunday bolalarda intellekt buzilmagan, tafakkur, xotira, ko‘rish qobiliyati va makonini idrok etish, nutq еtarli darajada o‘sgan. Organik psixopatiyali bolalarni o‘qitishdagi eng muhim narsa ularni topshiriqlarni puxta bajarishga qunt bilan o‘rgatishdir, avval osonroq topshiriqlar berib, keyin ularni asta-sekin murakablashtirib borish lozim. Bu guruhdagi psixopat bolalarga tarbiya berishdagi tadbirlar ularning o‘z xatti-harakatini tahlil qila olishga va to‘g‘ri baho berishga qaratilgan turlarini o‘z ichiga oladi. Pedagog doimo ularni eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan rejim sharoitida ushlab turishi va diqqat-e’tibordan chetda qoldirmasligi zarur. Organik doiradagi psixopat bolalar bilan ishlashda osoyishta va bir xil ohangda gapirish g‘oyat muhimdir, chunki ular juda ta’sirchan bo‘lganliklari sababli arzimagan gapdan jaxllari chiqib ketishi va affektiv jahldorlik darajasiga borib еtishlari mumkin. Pedagog shuni esda tutishi kerakki, affekt vaqtida bolaga nasihat qilishga va ayniqsa jazo berishga qaraganda uning e’tiborini boshqa biror faoliyatga qaratish yaxshiroqdir, chunki jazolash jahlni yanada kuchaytirishga olib kelish mumkin. Bunday bolalar bilan ishlashda mehnatning hamma turlari – eng elementar qo‘l ishidan tortib, to ustaxonada, maktab еr uchastkasidagi, uydagi ishgacha katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Mehnat mashg‘ulotlarida bolalarning faoliyatini yaxshi yo‘lga qo‘yish, ularda yo‘l-yo‘riqqa bo‘ysunish malakasini hosil qilish, boshlangan ishni oxiriga еtkazish, jamoada ishlash malakasini hosil qilish osonroqdir. Mehnat psixopat bolalarning umumiy hayajonlanishini kamaytiradi va ularning e’tibornni primitiv qiziqishlardan chalg‘itadi. Psixopat bolalar bilan ishlashda pedagogga ota-onalar juda katta yordam ko‘rsatishlari lozim. Shundagina bolaga bir xil munosabat ta’minlanishi mumkin. Bundan tashqari, zarur hollarda kerakli davolash tadbirlaridan foydalanmoq uchun psixonevrolog-shifokor bilan aloqa bog‘lab turish muhimdir.

Download 81.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling