Alimova Marjona "Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti"
Download 20.14 Kb.
|
GFU Alimova Marjona tezis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Rejapov Xayrillo Xikmatullayevich Geologiya fanlari Universiteti, Iqtisodiy geologiya kafedrasi dot.v.b. Alimova Marjona “Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti” 3-kurs talabasi IQTISODIY XАVFSIZLIKNI TА’MINLАSHDА MOLIYA TIZIMIDA KАDRLАR TАYYORLАSHNI RIVOJLАNISHI Hozirgi kunda iqtisodiy xаvfsizlikni tа’minlаshdа O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatiga katta ahamiyat qaratilmoqda. Umuman olganda kadrlar bilan istiqbolli va muvofiqlashtirilgan ishlarning butun tizimini qamrab oladigan maqsadli siyosatining ahamiyati oshdi. Adabiyotlarda keltirilishicha davlatning kadrlar siyosatiga kadrlar salohiyati rivojlanishining umummilliy strategiyasi sifatida qaraladi. Davlat iqtisodiy xаvfsizlikni tа’minlаsh uchun o‘zining boshqa yo‘nalishlardagi siyosatini tegishli kadrlar ta’minotisiz to‘liq amalga oshira olmaydi. Bu muammoning muhimligini belgilaydi va barcha sektorlarni xususan, moliyaviy sektorni yaxshilab o‘rganishni taqozo etadi.Moliya organlarida kadrlar siyosati nafaqat mahalliy moliya organlari balki umumdavlat darajasidagi moliya-iqtisodiyot sektorlarida ham namoyon bo‘ladi.Moliya organlarida to‘g‘ri va samarali kadrlar boshqaruvini amalga oshirish, bu sohada kadrlar malakasini doimiy oshirib borish va sektorni malakali kadrlar bilan ta’minlash moliya organlarinig ish samaradorligini oshiradi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishiga zamin yaratadi. Iqtisodiy xаvfsizlikni tа’minlаshdа sharoitida kadrlar siyosati, xususan moliya organlari kadrlar siyosati qator olimlar va izlanuvchilar tomonidan o‘rganilgan. Misol uchun rus olimi Litov B.V ning “Davlat xizmati: boshqaruv munosabatlari”[1] o‘quv qo‘llanmasi davlat moliya boshqaruvida kadrlar siyosatiga katta ahamiyat qaratgan. Uning fikriga ko‘ra moliya boshqaruvida eng malakali kadrlarni ishga qabul qilish korxona samaradorligi va kapitalning oshishiga ta’sir qiladi. Moliya va moliyaviy munosabatlar iqtisodiyotda, xususan, aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida keng qo‘llaniladigan pul mablag‘lari harakatining ko‘p jabhali shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Moliya tizimida asosiy ishchilar muayyan mutaxassislik talablari qo‘yiladigan va juda katta mas’uliyat yuklatiladigan xizmatchilardan iboratdir.Ular shug’ullanayotgan faoliyat intellektual, mas’uliyatli va yuqori professional bo‘lib davlat moliyaviy huquqi asoslariga asoslanadi.Bu esa moliya sektorida kadrlar siyosatiga alohida ahamiyat berish zarurligini anglatadi. Boshqa sohalar kabi moliya organlari ham kadrlar boshqaruvida ular bilan bog’liq barcha ishlarni tegishli kadrlar bo‘limlari orqali amalga oshirishadi.Moliya tashkilotlarida kadrlar siyosati xuddi boshqa aktivlar singari o‘ziga hos boshqaruvni talab qiladi.Moliya organlariga ishga qabul qilishda kadrning ma’lumoti, uning xulq-atvori,mehnatkashligi va albatta moliyaviy bilimlarni qanchalik chuqur egallaganligiga katta ahamiyat qaratiladi Moliya hodimlari mehnatining faollashuvi, yangi mahsulot va texnologiyalarning o‘zlashtirilishi, mutaxassislarning vakolat va mas’uliyatlarining kengayishi hodimlarni boshqarish tizimining yangi maqsad va ustuvor yo‘nalishlarini belgilashni taqozo etadi.Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi moliya hodimlarining malakasini yanada oshirish, sektorning strategik rivojlanish maqsadlariga javob berishga qodir professionallar jamoasini yaratishdan iborat. Moliya organlarida kadrlar siyosatining asosiy vazifalari: Moliya organlarini zarur bo‘lgan mutaxassislar bilan ta’minlashga qaratilgan hodimlarni izlash va tanlab olishning samarali va shaffof tizimini yaratish; Yangi xodimlarni samarali joylashtirish va moslashishini ta’minlash; Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirishning korporativ tizimini yaratish va takomillashtirish; Xodimlarni baholash va mukofotlash tizimini takomillashtirish orqali faoliyat samaradorligini boshqarish; Korporativ madaniyatni va xodimlarni jalb qilishni boshqarish; Sifatli HR tahlillarini amalga oshirish Moliya sohasida ham kadrlar siyosatinig muhim o‘rin egallashi Prezidantimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 31 oktayabrdagi PQ-4503-son “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi[2; 3] qarorlarida davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yagona tizimini shakllantirish belgilangan. Hozirda Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Bank-moliya akademiyasi, Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlash Milliy markazi, O‘zbekiston taraqqiyoti Xalqaro moliya-iqtisodiyot markazi va qator Oliy o‘quv yurtlari hamda o‘quv markazlari moliya organlari uchun malakali kadrlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqdalar. Bugungi kunda Toshkent moliya instituti bakalavriat bosqichida jami 23 ta, magistratura bosqichida esa 4 ta yo‘nalishda moliya organlari uchun kadrlar tayyorlaydi.Jumladan:Moliya va moliyaviy texnologiya, moliya-bank tizimida axborot tizimlari va texnologiyalari, iqtisodiyot, budjet nazorati va g‘aznachilik, menejment, bank ishi va audit, birja ishi, soliqlar va soliqqa tortish,sug‘urta ishi kabi yo‘nalishlarda kadrlar yetkazib beradi. 2022-yil holatiga ko‘ra Toshkent moliya institutini 500 nafardan oshiq moliya sektorida ishlashga tayyor kadrlar tamomlagan va yana 1700 ta yangi talabalar o‘qishga qabul qilingan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham moliya va moliya texnologiyalari, bank ishi va audit, iqtisodiyot, iqtisodiy xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot,budjet nazorati kabi 26 ta yo‘nalishda bakalavr va 4 ta yo‘nalishda magistr darajasidagi kadrlarni tayyorlaydi. 2022-yilda iqtisodiyot universitetini 600 nafardan ortiq talabalar tamomlab yana 1605 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi. Bank-moliya akademmiyasi moliya, soliq, bank ishi va loyihalarni moliyalashtirish kabi yo‘nalishlarda ta’lim beradi. Undan tashqari ushbu akademiya moliya va iqtisodiyot sohasida ishlovchi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini ham taklif qiladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlrdan ko‘rinib turiptiki moliya organlarini kadrlar bilan bilan ta’minlashda Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yetakchi o‘rinlarni egallaydi[4; 5]. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki moliya organlariga kadrlar yetkazib berish, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va samarali kadrlar boshqaruvini amalga oshirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan shu sektor vakillarining to‘g‘ri tanlanilishi va keyinchalik ular bilan olib boriladigan siyosat iqtisodiyot va moliya sohasida ro‘y beradigan o‘zgarishlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Moliya organlarida kadrlab tanlab olishning yagona belgilangan qoidalar bilan tartibga solinib turuvchi tizimning mavjud emasligi, yetishib kelayotgan kadrlarning yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emasligi va ma’lum muddat davomida ushbu sohada ishlab kelayotgan kadrlarning shiddat bilan rivojlanib kelayotgan zamonning o‘zgarishlariga to‘liq moslashmaganligi boshqa sektordagi kadrlar siyosati kabi ushbu sohaning ham eng og‘riqli nuqtalaridan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Лытов Б.В. Государственная служба: управленческие отношения:учебное пособие. – М.: Изд-во. РАГС, 2005.-С.42. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktayabrdagi PQ-4503-son “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. 4. https://tfi.uz/uz-Latn 5. https://tsue.uz/ru/courses/bakalavriat 6. https://bfa.uz/viewmenu/69 Download 20.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling