Алишер Навоийнинг "Насойимул муҳаббат"


* МАЗКУР МАҚОЛА “МАСНАВИЙИ МАЪНАВИЙ”НИНГ АСҚАР МАҲКАМ ТАФСИРЛИ ТАРЖИМАСИ БИРИНЧИ ЖИЛДИГА УСТОЗ НАЖМИДДИН КОМИЛОВ ЁЗГАН МУҚАДДИМАДИР


Download 41.47 Kb.
bet4/6
Sana06.02.2023
Hajmi41.47 Kb.
#1171335
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mumtoz asarlarni sharhlab oqitish

* МАЗКУР МАҚОЛА “МАСНАВИЙИ МАЪНАВИЙ”НИНГ АСҚАР МАҲКАМ ТАФСИРЛИ ТАРЖИМАСИ БИРИНЧИ ЖИЛДИГА УСТОЗ НАЖМИДДИН КОМИЛОВ ЁЗГАН МУҚАДДИМАДИР.
Jaloliddin Rumiy o‘zining barcha qarashlarida islom falsafasi, Qur’on g‘oyalariga tayanadi. Payg‘ambarimiz hadislaridan ko‘plab misollar keltiradi. Umuman olganda, chuqur o‘ylagan odam Rumiy ta’limoti islomning o‘zagidan kelib chiqishini yaxshi anglab yetadi. Nega? Chunki islom dini nisbatan yangi din bo‘lganligi sababli oldingi dinlarning irfoniy jihatini mustahkamladi, zotan, islom butparastlikka qarshi kurashib shakllangan din.
RUMIYNI ANGLASH ISHTIYOQI*
Najmiddin Komilov
filologiya doktori, professor


Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida keltiriladikim, Jaloliddin Rumiy o‘z zamondoshi Mavlono Sadriddin Qazviniyni xushlamas edi. Bir kuni suhbat asnosida gap islomdagi mazhablar haqida borganda, Rumiy Qazviniyga qarab: “Men yetmish uch mazhab bilan birdirman” deydi.
Mavlono Sadriddin shogirdlaridan biriga “Sen katta bir izdihom ichida Rumiydan mazkur gapni aytganmidingiz, deb so‘ra. Agar iqror bo‘lsa, og‘zingdan kelgancha so‘k va ranjida qil”, deb buyurdi. Shogird paytini topib, haligi savolni berganda, Rumiy: “Ha, aytganman”, deya tan oladi. Shunda u qabih so‘zlar aytib, Rumiyni haqorat qila boshlaydi. Ammo Jaloliddin Rumiy hech bir jahli chiqmay, tabassum qilib: “Men sening aytganlaring bilan ham birdirman”, deydi. Mavlono Sadriddinning shogirdi o‘zi uyalib majlisni tark etadi.
Ushbu hikoya nimaga ishora etadi? Nega Jaloliddin Rumiy o‘zini yetmish uch mazhab bilan birgaman deb e’lon qilgan va nima sababdan bu Mavlono Sadriddin Qazviniyga yoqmagan?
Bu savollarga javob berishdan oldin, qisqacha bo‘lsa-da, o‘quvchilarga yetmish uch mazhab nimaligi haqida ma’lumot berishimiz lozim. Yetmish uch mazhab—bu islomdagi siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy kurashlarni ifodolab kelgan har xil oqimlar, guruh va firqalardir. Avvalo, shuni ham qayd etmoq joizki, bu ibora ba’zi manbalarda “yetmish ikki mazhab” shaklida ham uchraydi. Sababi yetmish uchinchi mazhab islomning asosiy an’anaviy yo‘li hisoblangan sunna va jamoa mazhabidir, qolgan yetmish ikki mazhab ana shu sunna va jamoadan ajralib chiqqan, deb qaraladi.
Endi yetmish ikki mazhabning o‘ziga kelsak, ularni dastlab olti guruhga ajratadilar. Chunonchi: rofiziya (o‘z qavmini, safini tark etganlar), xorijiya (ajralib chiqqanlar), jabariya (taqdiri azal hukmini qat’iy deb biluvchilar), qadariya (insonning erki o‘zida deb biluvchilar), jahimiya (Jahm bin Saffon tarafdorlari—barcha masalalarni do‘zax va jannatga bog‘lab tushuntiruvchilar), murjiya (Xudo bandasini noumid qilmaydi deguvchilar).
Mazkur olti guruhning har biri yana o‘n ikki firqaga ajraladi. Masalan, rofiziya oqimi firqalari: alaviya (hazrati Ali ham payg‘ambar edi deguvchilar), abadiya (Ali payg‘ambarlikka sherik deguvchilar), shia (kimki Alini barcha sahobalardan afzal deb bilmasa, kofirdir deguvchilar) is’hoqiya (payg‘ambarlik tamom bo‘lgan emas deguvchilar), zaydiya ( imomlikka faqat Ali avlodi munosib deydiganlar), abbosiya (Abbos ibn Abumutallibdan boshqa imomni tan olmaydiganlar), imomiya (g‘oyibdan keluvchi imom yer yuzida doim bor deguvchilar), norisiya(kimki o‘zini boshqalardan afzal deb hisoblasa, kofirdir deydiganlar), mutanosixiya (jon chiqqandan keyin yana boshqa vujudga kirishi mumkin deb ishonuvchilar), lo’iniya (Sahobalardan Talxa, Zubayr va bibi Oishani la’natlovchilar), roji’iya (Ali yana dunyoga keladi deguvchilar), murtaziya (musulmon podshosi bilan jang qilish ravo deydiganlar).
Albatta, barcha mazhablar haqida bu maqolada batafsil to‘xtashning iloji yo‘q. Faqat shuni aytmoqchimizki, rofiziya va xorijiya firqalari shiachilik aqidalariga asoslansa, ya’ni hazrati Ali va uning avlodini ulug‘lashni maqsad qilib olsa, qadariya va jabariya firqalari sunna oqimiga mansub bo‘lib, ilmi kalomning nazariy sxolostik aqidalari atrofida bahs qilganlar. Murjiya, jahimiya firqalari ham shia ham sunna mazhabiga tortadigan maslaklardan iborat. Bularning ba’zilari fiqh masalalarida,ba’zilari namoz, ibodat tartiblari, ba’zilari iymon mazmuni ustida tortishadilar. Ammo ular orasida islom dini ahkom va aqidalarini inkor etadiganlari ham bor. Chunonchi, mo‘tazila mazhabiga ko‘ra, yomonlik ilohiy taqdirdan emas, balki insonlarning o‘zidandir; fosiq kishining imomligi harom; iymon esa bandasining tajribasi(o‘zlashtirganidan) hosil bo‘ladi, oldindan belgilanmaydi; Qur’on yaratilgandir, vahiy emas, Me’roj Quddus shahrigachadir va bu faqat ruhga tegishli,jismga emas; qiyomatda gunoh- savobning hisob kitobi, tarozi yo‘q, avliyolarning karomati yolg‘on, qiyomatda Haq taoloni ko‘rish mumkin emas,jannat ahli ham uxlaydilar, ovqatlanadilar va vafot etadilar… Sirojiya ahli fikricha, o‘lib ketgan odamlarning so‘zi hujjat bo‘lolmaydi, ularni inkor etish mumkin (demak, payambar hadislarini ham).
Muhkomiya oqimi bo‘yicha esa, Xudoyi taoloning bandalariga hech bir hukmi yo‘q. Xudo olamni va odamni yaratgan, ammo odam barcha faoliyatda ixtiyor o‘zida. Lafziya ahli deydilarki, Qur’on ish Kalomidir, ilohiy so‘z emas, biroq Qur’onning ma’nosi ilohiydir. Riyoziya bo‘yicha iymon sunnat, xolos, ya’ni ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu niyatdir.
Shunday qilib yetmish ikki mazhab bo‘lsa, yetmish ikki xil qarash mavjud. Ular orasida yuqorida ko‘rganimizday, an’anaviy sunniy mazhabi aqidalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan qarashlar ko‘zga tashlanadi. Bu mazhablar har biri o‘zinikini ma’qullab, o‘zini “chin musulmon” deb o‘ylar, boshqa mazhab tarafdorlarini esa kofir, dushman hisoblardi. Natijada, bu mazhablar faqat nazariy-mafkuraviy maydonlarda olishib qolmay, balki qattol urushlarni ham vujudga keltirdilar, orada yuz minglab odamlar qirilib ketardi. Endi yuqoridagi rivoyatimizga qaytadigan bo‘lsak, ma’lum bo‘ladiki, Mavlono Sadriddin Qazviniy sunniy mazhabining ashaddiy himoyachisi bo‘lganligi sababli boshqa mazhablarni yoqtirmagan va shu bois Rumiyning “men yetmish uch mazhab bilan birdirman” degan so‘zini kufr deb hisoblagan. Ammo Jaloliddin Rumiy nazarida unday emas. Rumiy uchun bu mazhablarning o‘zaro bahsu munozaralari hali balog‘atga yetmagan odamlarning dinu diyonat, islom va iymonning mohiyatiga yetmay, zohiriy narsalar, atamalar ustida ma’nisiz va maqsadsiz tortishuvlari bo‘lib tuyulgan. Nega? Chunki biror mazhabda ham Xudoning O‘zi, Uning biru borligi inkor etilgan emas. Mazhablar Xoliq haqida emas, balki maxluqot, ya’ni yaratilgan narsalar, odamlar o‘zi o‘ylab topgan rasm- rusumlar, qoida -qonunlar, aqidalar haqida bahs-munozara qiladilar. Tasavvuf ahli esa Haq ta’oloning O‘zi, uning zoti va javhari, ya’ni mohiyatlar mohiyatiga yetishish uchun intilganlari sababli bu rasm-rusumlar, qoidalarga e’tibor qilmasdilar. Ular shariatni qattiq hurmat qilganlar. Biroq shariat shariat uchun emas, shariat haqiqat uchun vosita deb qaralgan. Shunday bo‘lgandan keyin vosita turlicha bo‘lishi mumkin, maqsad esa bitta—Haqqa yetishmoq, deb uqtiriladi Jaloliddin Rumiy asarlarida. Mana shu ma’noda Rumiy, men barcha mazhablar bilan birdirman, degan. Bugina emas, Jaloliddin Rumiy fikricha, dunyo dinlari mohiyatan birdir. Chunki ularning hammasida ham tavhid g‘oyasi bor.
Parvardigori olamga sig‘inish, Undan madad olish, U sari intilish mavjud. Rumiyning “Ichindagi ichindadir” (“Fiyhi ma fiyhi”) asarida keltiriladi: “Bir kun bir yig‘inda va’z o‘qilardi. Musulmonu kofir hamma yig‘lar, turli ahvolga tushardi. Birov: “Kofirlar nega yig‘lashadi, ustiga ustak tilni bilishmaydi. Musulmonlarning ham mingdan biri arang tushungan va’zdan ular nimani anglayaptiki, bu qadar yig‘lab siqtashadi? —deb so‘radi. Mavlono buyurdiki: “So‘zning o‘zini tushunishga hojat yo‘q. Ular mohiyatini, maqsadni anglashmoqda. Ular ham Ollohning birligini e’tirof etishadi. Uning Yaratguvchi, Razzoq, hamma narsani o‘z tasarrufida tutuvchi ekanini, nihoyat hamma Unga qaytajagini, avfu jazo undan bo‘lajagini anglashadi”.
Jaloliddin Rumiy buni yana soddaroq qilib tushuntirish uchun misol keltiradi: ko‘rmayapsanmi, Ka’baga Shimolu Sharq, Janub va G‘arbdan, Iroqu ajam, Hindu Yamandan odamlar yo‘lga chiqadi. Ularning yo‘llari har xil, ammo maqsadlari bir. Yo‘lda ixtiloflar, tortishuvlar bo‘ladi, ammo Ka’baga yetgach, bahslar to‘xtaydi, ixtiloflar barham topadi. “Yo‘lda bir- birlariga: “Kofirsan, falonsan- pistonsan” deganlar Ka’baga kelishlari bilan maqsadlari bir ekanini anglaydilar”, deydi Rumiy. Kelishmovchiliklar ma’noda emas, shaklda, so‘zdadir. Ma’noga yetishganlar orasida nizo yo‘q. Rumiy ta’kidlaydiki, Xudoni chin dildan sevish, Undan umidvor bo‘lish, Unga suyanish har bir inson qalbi tubida balqigan muqaddas bir hisdir.
Xudoni hamma ham mutlaq Qudrat va abadiy- azaliy zot deb biladi. Bu ma’no inson qalbida shunday o‘rnashganki, uning na inkor, na tasdiq ko‘rinishi bor. Uning ismi ham ifodasi ham yo‘q. Ammo ma’no so‘zga aylanishi, shaklga kirishi bilan kufr yoki iymon, inkor yo tasdiq paydo bo‘lib, muhokamalar, ixtiloflar boshlanadi. Zero, Parvardigor Buyuk bir g‘oya, mavhumiyat. U biror shaklga,suvratga sig‘maydi, garchi jami shakllar, suvratlar Undan bo‘lsa ham. Farqlar shakllarda ifodalanadi, shu bois maxluqiyat dunyosi, bizning o‘zimiz va bizni o‘rab ko‘rinib turgan moddiy dunyo behisob shakllar, o‘zgarishlar, almashinishlardan iborat. Parvardigor olamida bu xususiyatlar yo‘q. Parvardigor diydoriga oshiq insonlar ham qaysi din, mazhab va millat yoki irqqa mansub bo‘lishidan qat’i nazar, qalban bir maslakdagi odamlardir.
Shu uchun Rumiy deydi:

Download 41.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling