Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
16 
library.ziyonet.uz/ 
 
Chiqorgʻa yovushur joni xarobi.  
Malakdur kelgan inson suratida,  
Malakvashliq mubarhan hay’atida.  
Bu holat ichra har nav’i Kimondin  
Emas mumkin xayoli fosid ondin.  
Bukun qilgʻay xilofi pokligʻ ul,  
Emas bermak ravo imkongʻa ham yoʻl.  
Anga koʻzu koʻngul juz pok emasdur,  
Nazarda pok koʻzdin bok emasdur.  
Kuyar shavq oʻtidin joni asiri,  
Erur yerida boʻlsam dastgiri.  
Bu muhlik gʻamda chiqsa joni oning,  
Yaqin boʻynumgʻa boʻlgʻay qoni oning.  
Dedikim: «Xoʻblar shohigʻa ayting,  
Malohat avjining mohigʻa ayting  
Ki, bir dam mizbonliq rasmi tutsun,  
Yuzidan mehmon koʻzin yorutsun!  
Labidin jongʻa qilsun mizbonliq,  
Yuzidin koʻzga etsun mehmonliq!»  
Sumanbar
(12)
 xud eshitur erdi oni,  
Boʻlub bu nuktadin osuda joni.  
Xiromon bazm aro boʻldi ravona  
Ki, qoʻzgʻoldi xiromidin zamona.  
Yuzinda mehr oʻtidin asarlar,  
Koʻzida ashk selidin xabarlar.  
Koʻzidin hajr apokim ashki borib,  
Bori mujgon sinonlarin suvorib.  
Qilib Farhod metini kibi tez,  
Boʻlub ul xorarez, ammo bu xunrez.  
Ogʻizdin ohikim kam boʻlmayin hech,  
Bu yel zunnori zulfidin ochib rech  
Ki, har tori yuz imon aylagay band  
Ki, qilgʻay kufr zunnorigʻa rayvand.  
Uzori oʻtigʻakim ashk urub suv,  
Ulusning kuymagin koʻrrak qilib bu.  
Qoshindakim girih zohir qilib gʻam,  
Yangi oy fitnaliq andoq kelib kam.  
Jamolidin qoʻyub davrongʻa minnat,  
Tutub davron bu ishdin jongʻa minnat.  
Uzoridin qilib davronni ravshan,  
Qoshidin toq ila ayvonni ravshan.  
Solib oʻt jongʻa la’li otashini,  
Jahongʻa chehrai burqa’nishini.  
Chiqargʻach rardalarning keynidin chehr  
Nechukkim toʻrt burqa’ ostidin mehr
(13)
.  
Qupub bazm ichra el qoʻzgʻoldilar bot,  
Aningdekkim quyosh chiqqonda zarrot.  
Bir oʻt Farhodi besomongʻa tushti  
Ki, jismin pok oʻrtab, jongʻa tushti.  
Koʻzi tushgach ul oyga, chekti bir oh  
Ki, dudidin qorordi yetti xirgoh
(14)
.  
Yaqin erdiki tarki hush qilgʻay,  
Yana behushlar yangligʻ yiqilgʻay.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling