Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 47 library.ziyonet.uz/ Yetib oʻz boʻyni tavqidin hikoyat. Debon hudhudgʻa soz aylab figʻonlar, Boshigʻa oʻt tutoshqondin nishonlar. Qilib bulbulgʻa ul soʻz ichra bir-bir, Ani ishq oʻti kul qilgʻonni taqrir. Chu faryod aylabon murgʻi shabovez, Chekib ul dogʻi oʻz afsonasin tez. Berib yuz lahn ila qaqnusgʻa raygʻom, Yetib hijron oʻti soʻzini e’lom. Saharkim sharqdin koʻrguzdi anvor, Yaqo chok aylabon subhi Xoʻtanvor. Boqib mashriq sori boshlab fasona, Chekib tong qushlari yangligʻ tarona. Debon: «K-ey subh, men ishq ichra gʻamnok, Ne ma’nidin sen aylabsen yaqo chokgʻ Bor oʻxshar men kibi mehri nihoning Ki, sorigʻ yuzdadur ashki ravoning. Meningdek oʻrtanur oʻxshar iching ham Ki, sovugʻ oh erur ogʻzingda har dam. Magar joninggʻa yetting hajr elidin Ki, mendek oh urarsen tong yelidin. Tanimdek kuymasa jismi nizoring, Tunu anjum nedur dudu sharoringgʻ Chu sohibdardsen, dardimga rahm et, Tarahhum aylabon faryodima yet. Saharkim gulshan ichra gul ochilgʻay, Gul uzra turrai sunbul sochilgʻay. Chu gul termakka ul sarvi gulandom, Qoʻyar gulshanda gulruxlar bila gom. Sovugʻ ohimni bilgurtub damingdin, Koʻzum yoshini anglat shabnamingdin». Tulu’ aylab chu mehri olamafroʻz, Debon: «K-ey rartaving bazmi gʻamafroʻz. Magar mehr oʻtidin mendek hazinsen, Nedin, yoʻq ersa, mundogʻ otashinsengʻ Magar mendek muroding qildi radrud Ki, tebrab har yon ashkingdin borur rud. Falakdindur magar mendek azobing Ki, oʻrtanmak biladur iztirobing. Agar yoʻq hajr aro oʻzdin boribsen, Nedin men notavondek sorgʻoribsengʻ Junun mendek oʻtunggʻa quymasa yogʻ, Maqoming nega subhu shom erur togʻgʻ Meningdek boʻlmasang qaygʻu ichinda, Nedin gah oʻtdasen, gah su(v) ichindagʻ Bari holatda chun hamdardim oʻldung, Anisi joni gʻamrarvardim oʻldung. Chu oʻtsang mahvashimning maskanidin, Tushub iqbol yangligʻ ravzanidin. Tariqi mehribonligʻni fan ayla, Qoshida kuymagimni ravshan ayla. Yuzum lavnini rangingdin ayon qil, gʻamim xaylini dardingdin bayon qil». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling