Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
50 
library.ziyonet.uz/ 
 
Qalin moʻru malaxdek tun sirohi.  
Hayotin tark etib mehri humoyun,  
Qilib davron ani tufroqqa madfun.  
Azo tutmoq uchun aylab bahona,  
Uzorin chun qaro aylab zamona.  
Firoq ahligʻa har kavkab qilib tez,  
Shuoi xatti noʻgin tigʻi xunrez.  
Koʻziga subh shoʻxi surma tortib  
Ki, oning oqini dogʻi qarortib.  
Muazzin xalqikim3 chiqmay navosi,  
Boʻlub bu surmadin oning gʻizosi.  
Aningdek surmadin koʻzlar kelib tang,  
Koʻrunub koʻzga olam surmairang.  
Qarongʻudin koʻrunmay koʻzga olam,  
Koʻrunub koʻzga olam oʻzga olam.  
Falakda yoʻq taharrukdin namuna,  
Agar fahm oʻlsa dogʻi bozguna.  
Keturmay subh ul oqshomgʻa ayyom.  
Qiyomat subhiga ul nav’kim shom.  
Qanot rarvozidin xuffosh yormay,  
Tilab koʻk gunbazi darzini tormay.  
Boʻlub zulmatdin andogʻ rardalar fosh  
Ki, istab pardasin toshlarni xuffosh.  
Qoʻnub koʻk sabzasida yuz tuman bum,  
Nima yoʻq koʻzlaridin oʻzga ma’lum.  
Borining jismi tun dudi aro Kim,  
Ochuq koʻzlar qolib andoqki anjum.  
Yoʻq erkandur bu yangligʻ zogʻ hargiz  
Ki, boʻlgʻay changida ming bum ojiz.  
Demon tun onikim, zindoni anduh,  
Bu zindongʻa qolib ul koni anduh.  
Ani hijron gʻami rajmurda aylab,  
Ne tunkim, jonidin ozurda aylab.  
Yamon holigʻa zolim charxi bebok,  
Yaqosin Kahkashondin aylabon chok.  
Qilib har lahza qasdi joni ul tun,  
Kishiga kelmay andoq bir qaro kun.  
Boʻlub boshi mashaqqat toshidin resh,  
Mashaqqat toshi, balkim boshidin resh.  
Qonab anduh togʻidin ayogʻi,  
Ayogʻidin dogʻi anduh togʻi.  
Usholib ilgi hijron ranjasidin,  
Ayogʻdin boshi gʻam ishkanjasidin.  
Tani za’fiki yoʻl bermay demakni,  
Ayon aylab teri uzra soʻngakni.  
Ichinda sham’ oʻtluq joni ma’yus,  
Teri birla soʻngok andoqki fonus.  
Falak toshu oʻti aylab siteza,  
Qilib teshuk-teshuk, bal reza-reza.  
Solib gʻam togʻi ichra rechu tobi,  
Oʻzin yerlarga urmoq iztirobi.  
Oʻlarda jon taloshur notavondek,  
Kamarda boshi yonchilgʻon yilondek.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling