Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
52 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yorutti yerni chun xurshedi lome’.  
Base sa’y aylabon bechora qoʻrti,  
Yangi oydek xam aylab qad, yer oʻrti.  
Dedi: «Yey tiyra shomim ravshan etgan,  
Oʻlar holatda faryodimgʻa yetgan.  
Ne boʻlgʻay rahm etib jonimni olsang,  
Ul oyning koʻyi tufrogʻigʻa solsang.  
Boʻlurdektur adam sori xiromim,  
Anga yetkursang oxir dam salomim».  
Solur erdi nazar koʻklarga bir-bir  
Ki, nogah koʻzlariga uchradi Tir6.  
Dedi: «K-ey doʻstlar holin raqamzan,  
Sirehr avroqida doim qalamzan.  
Qarogʻim aylasang netgay siyohi,  
Bitisang holatim sharhin kamohi.  
Qachon nur ul quyosh tobidin olsang,  
Qoshigʻa chirmabon nomamni solsang».  
Koʻrungoch Zuhra, un tortib damo-dam,  
Qadin afgʻondin aylab changdek xam.  
Debon: «K-ey yer uza koʻkdin tarabrez,  
Unung jonbaxshu nagʻmang ishratangez.  
Zamone tori xunyogarligʻing uz,  
Oʻlarmen navhagarlik sozini tuz7.  
Ul oy bazmida boʻlsang nagʻmarardoz,  
Halokim navhasin ham aylagil soz».  
Kupub toʻrtunchi manzarni chu xoli,  
Debon: «K-ey mehrsiz garduni oli.  
Quyoshingni quyoshimdek yoshurdung,  
Manga hijron tunin haddin oshurdung.  
Yorut olamni, mehring zohir ayla,  
Mening bu shomi hajrim oxir ayla».  
Kupub beshinchi qoʻrgʻon qahramonin,  
Debon ul tunda holining yamonin.  
Anga deb: «K-ey shioring kinu novard,  
Qilurda qatl tigʻingdek javonmard.  
Qiliching aylabon qonimgʻa rangin,  
Tiriklikdin yetur jonimgʻa taskin.  
Tanim ul koʻyning boshigʻa tashla  
Boshimni itlari qoshigʻa tashla.  
Boqib oltinchi koʻkta Mushtarigʻa.  
Qilib arz ul saodat axtarigʻa8.  
Ki: «Yey burji sharaf masnadnishini,  
Saodat taxtu tojining amini.  
Duoye qilki, Haq bersun murodim,  
Bu mehnat shomidin boʻlsun kushodim.  
Boshimdin hajr shomi dudi ketsun,  
Koʻzumga vasl subhi nuri yetsun».  
Yettinchi qullagʻa aylab guzora  
Zuhalgʻa der edi aylab nazora  
Ki: «Yey bahri viqoru koʻhi tamkin,  
Shioru shevang oʻlgʻay hilmu taskin.  
Vujudung hajr togʻidek garonsang,  
Ayogʻing sabr shaxsidek kuhanlang.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling