Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 70 library.ziyonet.uz/ Xabar Xusravgʻa yettikim rasule, Rasule yoʻqki, josusi fuzule. Ham eltur telbadin ul oygʻa raygʻom, Hamul oydin bErur majnungʻa e’lom. Aningdek ishq bozori erur tez Ki, boʻlgʻudek durur yuz fitna angez. Hamono dashtdin devona Farhod, Hisori fitnadan huri Parizod. Debon bir-birga yuz afsunu nayrang, Aningdek aylagaylar bir yon ohang. Ki, Xusrav tormagʻay gardin alarning, Ne sud ul dam yemak dardin alarning. Agar ham torsa tortib koʻp uqubat, Saranjomida bordur koʻp suubat Ki, chu devona minsa devzode, Yonida ul sifat huronajode. Harifi ermas oning yuz ming odam Ki, boʻlgʻay har biri ish vaqti Rustam. Chu erdi maskani bu qal’a togʻi, Yalang majnun kibi boshtin-ayogʻi. Vujudi hajrdin zoru zabun ham, Qadi gʻam toshi tortardan nigun ham. Olib bir toshkim a’dogʻa otti, Ne Xusrav, bir cherik koʻnglin ushotti. Qachonkim minsa gardunraykari tez, Qoʻlida chekkan oʻlsa tigʻi xunrez. Erur Xusravgʻa bas andishai xom, Qayon ul borsa qoʻymoq ul taraf gom. Chu bu afsonani fahm etti Rarvez, Tafakkur oʻti tushti koʻngliga tez. Hamul yerdinki erdi xasta Farhod, Bu yerga tegrukim ul sarvi ozod (3) . Ne yoʻlkim bor edi aylab kaminlar, Kamingahlarda qoʻydi ahli kinlar Ki, tergab borgʻanu kelgan kishini, Tafahhus aylabon har kim ishini. Aningdek kimsa uchrab yoʻllarigʻa Ki, taqrir oʻldi kirsa qoʻllarigʻa. Keturgaylar ani Rarvez uchun tez, Oʻzi bilgay nechukkim qilsa Rarvez. Qazodin ul iki-uch kunda Shorur Topib Farhod roboʻsigʻa dastur (4) . Parivashdin yana bir noma olib, Borur erdi sabodek roʻya solib. Chu tortilar ul el, qilgʻonni matlub, Tafahhus qilgʻoch oni, chiqti maktub. Bitik birla oʻzin Xusravgʻa filhol, Tavaqqu’lar bila qildilar irsol. Chu bu nav’ ish ayon qildi zamona, Boʻlub Xusrav bagʻoyat shodmona. Qilib ul elga ulkim sharti ehson Ki, bu mushkil alardin boʻldi oson. Oʻqudi chun ochib ul turfa noma, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling