Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
69 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ne sahv ettim raqam, astagʻfurulloh.  
Xato, afv et qalamgʻa bu raqamdin  
Ki, majnunlar boʻlur ma’fu qalamdin.  
Qalamgʻa chun tugondi safhada sayr,  
Soʻz itmomi edikim «tamma bilxayr!»
(4)
  
Pari raykar oʻqugʻuncha bu maktub,  
Nihodidin chiqib yuz qatla oshub.  
Tanida noma chirmar ir kibi tob,  
Vale ul irga tob ul jismi betob.  
Qoʻyub yerga shagʻabdin har zamon yuz,  
Qadi gʻamdin dame xam, bir zamon tuz.  
Chekib gardungʻa ohining sharorin  
Ki, oʻrtab ul sharar sabru qarorin.  
Boʻlub bir lahza koʻngli ishratanduz,  
Tirik erkonga Farhodi jigarsoʻz.  
Zamone nola tortib furqatidin,  
Chekib vo hasratolar hasratidin.  
Qilib Bonugʻa arz ul turfa maktub  
Ki, boshtin to ayogʻi erdi margʻub.  
Qilib Bonu dogʻi koʻp nomadek rech,  
Davoye tormayin ul dardigʻa hech.  
Bilib ul xasta holotin kamohi  
Ki, bor ermish duri daryoi shohi.  
Ikisi koʻz yoshidin koʻp sochib dur,  
Aning holigʻa yeb har dam tahassur.  
Qilib Shorur izzu ehtiromin,  
Burungʻidin biyik aylab maqomin.  
SOʻpub Farhodning holini bir-bir,  
Ikov yigʻlab bu qilgʻon soyi taqrir.  
Ne xushtur torsa bir mahjuri jovid,  
Birovdin noumid oʻlgʻonda ummid.  
Navoiygʻa talab, yo Rab, shior et,  
Necha navmid esa, ummidvor et!  
Ketur, soqiy, mayu bir dam oyilma!  
Meni ham darddin navmid qilma.  
Umidimgʻa meni xursand etgil,  
Umidim buki, ummidinggʻa yetgil!  
XLVII 
Farhod koʻngli jarohatlari Shirin nomasi navardidagʻi kalomi Masihi
(1)
 Maryam
(2)
, balki ul 
kogʻazgʻa chirmab yiborgan marhamlaridin oʻngalmoqqa yuz qoʻygʻoni va Shirin bagʻri 
haroratlari Farhod bitigi mazmunidin, balki Maryam rishtasigʻa chirmab yiborgan isitma ta’vizi 
afsunidin taskin torqoni va bu silsilai muhabbatni Shorur mutaharrik qilgʻonin Xusrav anglab ani 
salosili mehnatqa tortqoni va Farhod halokigʻa charx zolidek tadbir qilgʻoni va aning umri zavoli 
tadbiri topilgʻoni 
Bu maxfiy nuktaning mushkilkushoyi,  
Bu yangligʻ boʻldi ma’ni rahnamoyi  
Ki, chun Shorur ul ikki notavondin  
Shikasta jism ila ozurda jondin  
Yeturdi bir-biriga nomai shavq,  
Qiziq boʻldi yana hangomai shavq.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling