Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 104 library.ziyonet.uz/ Aning sultonligʻin chun shohi Bahrom, Nechukkim istabon aylab saranjom, Toʻkub Chin ahligʻa koʻp naqd ila ganj, Qoʻlub koʻp uzrlarkim, koʻrdunguz ranj. Yeting ahlu ayolingizga yonib, Diyoru mulku molingizgʻa yonib. Alar ham chun Koʻrub bu nav’ surat, Base yigʻlab, vale yonib zarurat. Dedi: «Xoqongʻa elting boʻyla e’lom Ki, torti bir-birin Farhodu Bahrom». Alar chun tuttilar xushluq sori yoʻl, «Qayonkim bor esang sen dogʻi xush boʻl». Sirahni chun bu soʻz birla uzotti Taayyun band ila qaydin ushotti. Yetib Farhodning qabrini zohir, Ulu Shorur boʻldilar mujovir. Fano tufrogʻigʻa chun boʻldilar rast, Baqo fayzi yeta boshlodi rayvast. Qoʻyub shahliq, chu qildi xoki rahliq, Chu yaxshi boqti, xud ul erdi shahliq. Navoiy foniy oʻl, istar esang kom, Nechukkim boʻldilar Farhodu Bahrom! Ketur soqiy, manga jomi fano ber, Nechakim oni sirqorsam, yano ber! Magar qilgʻay meni bu jom rayvast, Alar yangligʻ fano tufrogʻigʻa rast! LIII Saltanat shajarasining samarasi va xilofat bogʻining shajarasi, hidoyat avjida manzil etgan, tamalluqning nihoyatigʻa yetgan, riyo qasri bunyodin qoʻnqorgʻon, balogʻat ayvonida ot chiqorgʻon, ya’ni sultonzodai olam Abulfavoris Shohgʻarib (1) Bahodir xallada davlatuhu (2) madhida bir necha soʻz surmak va nasihatomiz nuktalar arzgʻa tegurmak, umid ulkim bu shohvor durlarni tufrogʻdin olgʻay va adosida quloq solgʻay, balki ul garonmoya gavharlarni quloqqa solgʻay Jahon bogʻiki, rashki naqshi Chindur, Qayu Chin, gʻayrati xuldi barindur. Bu bogʻ ichra kishi qilsa taammul, Topar har bir chaman sahnida yuz gul Ki, boʻlgʻay har birida rangu boʻyi Vale yoʻq rangu boʻdek guftu-goʻyi. Guli xandonda gar boʻlsa tabassum, Vale bulbul kibi yoʻqtur tarannum. Gulekim boʻlsa rangu boʻyi oning, Ham oʻlsa nuktai diljoʻyi oning. Namudor ichra gulkirdor boʻlsa, Takallum ichra bulbulvor boʻlsa. gʻarib oʻlgʻay nihoyatdin ziyoda, Bu yangligʻ gulkim oʻlgʻay shohzoda. Qayu shahzoda ul koni malohat, Takallum vaqti daryoyi fasohat. Fasohat bobida shahgʻa qarib ul, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling